Ma’ruza 1 Tarmoq iqtisodiyoti va menejmenti faning maxmuni, vazifalari, mohiyati. Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi


O‘zbekistonda menejment nazariyasining


Download 365.27 Kb.
bet13/36
Sana30.04.2023
Hajmi365.27 Kb.
#1410827
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Iqtisod

7. O‘zbekistonda menejment nazariyasining
shakllanishi
Menejmentning nazariy asoslari va uning tamoyillari XIII-XIV asrlarga kelib Amir Temur hukmronligi davridayoq shakllana boshladi. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarida sarkardaning hokimiyatni qanday qilib qo‘lga kiritgani, siyosiy va harbiy faoliyati haqidagi sirlar, uning boshqarish san’ati to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Bu asarning qo‘lyozmalar nushasi ko‘p davlatlarga tarqalgan. Bu asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismi A. Temurning o‘z davlatini barpo etishi va uni har tomonlama mustahkamlash, qudratli qo‘shin tuzish, qo‘shinning jangavor saflanish tartibi ko‘rsatilgan. Asarning ikkinchi qismida kuchli davlatni barpo etish, qo‘shin tuzish, dushmanni mag‘lubiyatga uchratish yuzasidan olib boriladigan harakatlar kiritilgan.
A. Temur tuzmoqchi bo‘lgan davlatning markaziy devoni va mahalliy hokimiyatining qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar, ularning sifatlari hamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan.
A. Temur o‘z faoliyatida 12 ijtimoiy-siyosiy guruhga tayanib ish olib borgan, bular quyidagilar:

  1. Sayidlar, ulamo va shayxlar;

  2. Bilimdon kishilar;

  3. Duogo‘y taqvodorlar;

  4. Amirlar, lashkar va qo‘shin boshliqlari;

  5. Qora xalq;

  6. Dona va ishonchli kishilar;

  7. Vazirlar va devon boshliqlari;

  8. Hokimlar, tabiblar va muhandislar;

  9. Hadis olimlari va tarixshunoslar;

  10. So‘fiy va oriflar;

  11. Hunar va san’at ahli;

  12. Turli mamlakatlardan kelgan sayyoh va tijorat ahli.

Amir Temur vazir, amir va viloyatni boshqaradiganlarni tanlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor bo‘lishi kerak.
Vazirlarni tayinlashda A. Temur ularning to‘rt sifatiga ega bo‘lishiga katta ahamiyat bergan:

  1. Asllik, toza nasllik va ulug‘vorlik;

  2. Aqlu farosatlilik;

  3. Xalq g‘amini eydigan;

  4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik.

Sohibqiron shunday katta mamlakatni etti nafar vazir yordamida boshqargan. Vazirlar va ularning vazifalari quyida keltirilgan:
1. Mamlakat vaziri. Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kundalik muammolarni, daromad miqdori, davlat xarajatlari, el-yurtning obodonchiligi va aholi farovonligi darajasi bo‘yicha hukmdorni xabador qilib turgan.
2. Soliq vaziri. Sipohiylarning maosh olishlarini boshqargan, ularning qiyinchilik holatga tushib qolmasligining chora-tadbirlarini ko‘rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni ogoh etib turgan.
3. Mol-mulk, daromad, xarajatlar vaziri. Turli sabablarga ko‘ra egasiz qolib ketgan er-suv va mol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig‘ishga mutasaddilik qilgan.
4. Sarkori xissa va saltanat ishlarini yurituvchi vazir. Podshohga qarashli er-suv va mol-mulk, shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan.
5. Qozi kalon Adliya muassasalarini boshqargan.
6. Jalol ul-islom. Podshohning favqulodda xuquqlariga ega bo‘lgan nazoratchisi.
7. Vaziri devoni. Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonining boshlig‘i.
El-yurtning obodonligi, saltanatning ustuvorligi ko‘p jihatdan mana shu vazirlarga bog‘liq bo‘lgan. Boshqaruv tizimining shunday tashkil etilishi uning negizida inson mafaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri buyuk davlat paydo bo‘lishiga olib keldi. Markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi boshqa yurtlarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo‘llanildi. Boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish borasida harakatlar “Temur tuzuklari”da o‘z aksini topib, hozirgacha ham o‘zining qimmatini yo‘qotmagan.

Download 365.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling