Ma’ruza 1 Tarmoq iqtisodiyoti va menejmenti faning maxmuni, vazifalari, mohiyati. Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi
Download 365.27 Kb.
|
Iqtisod
6.Boshqaruv konsepsiyalari(40-60 yillar)
Boshqaruvning emperik ta’limi. Emperik ta’lim nazariyasi aniq boshqaruv tvjribasi asosida menejment usulini takomillashtirish, o‘rganish va uni amaliyotda qo‘llashdan iborat (emperik-tajriba). Bu ta’limning vakilalri E. Peterson, G. Saymon, P. Duruker, R. Devis, A. CHandler, E. Deyl. Ilmiy menejment va inson munosabalari ta’limlarining qoidalarini amalda qo‘llash natjasida emperik ta’lim vujudga keldi. Menejerlarni samarali o‘qitish usuli bo‘yicha katta izlanishlar olib boriladi. «Sloun ta’limi» hozirgi davrda dunyoga mashhur boshqaruv hodimlarini tayyorlovchi markaz hisoblanadi. A. Sloun «Jeneral motors» firmasining prezidenti bo‘lgan, u maxsus menejerlar tayyorlash markazini tashkil qilgan. Emperik ta’lim rahbar-xodimlar mehnatini tashkil qilish bilan shug‘ullangan. Emperik ta’lim tarafdorlari menejmentni kasblantirishni, ya’ni boshqaruv mehnatini muhim va alohida kasbga aylantirish kerakligini ta’kidladi. Boshqaruv nazariyasini amaliyotda «menejment», «menejer» terminlari vujudga keldi va keng tarqaldi. Bu ta’limga asos soluvchilar E.Peterson va E. Ploumenlarning fikricha menejment qo‘l ostidagilarga rahbarlik qilishdagi va u orqali insonning asosiy intilishini qoniqtiradigan jarayon deyiladi. 1950-1960 yillarda Amerika menejmentida elit, texnokratik va industrial jamiyat nazariyalari paydo bo‘ldi. Elit nazariyasi. Bu nazariyada jamiyatni hamma narsaga egalik qiluvchilarga va ularga bo‘ysunuvchi olomonga, boshqaruvda esa «malakali» rahbarlarga va «malakasiz» ko‘pchilikka taqsimladi. Texnokratik nazariyasi. Bu ta’limning asoschisi amerikalik sotsiolog G. Veblen. Bu ta’limda ko‘rsatilishi bo‘yicha kelajakda jamoa ishlab chiqarish taraqqiyotini oldindan belgilash vazifasi qo‘yilgan. Ta’lim asoschilarining g‘oyasi bo‘yicha kelajak davr muhandislar va texnik ziyolilar davri bo‘ladi, ya’ni kelajak menejmenti-bu texnokratik-fan va texnika vakillaridir. Industrial jamiyat nazariyasi. Bu nazariya vakili amerikalik iqtisodchi J. Gilbreyt. 1967 y. u «yangi industrial jamiyat» nomli kitob yozdi. Industrial jamiyat nazariyasining qoidalari elit nazariyasi va texnokratik nazariyasi vakillarining fikriga ancha o‘xshaydi. Industrial jamiyat nazariyasining asosiy belgilari: 1. J. Gelbreyt zamonaviy ishlab chiqarishni va undagi munosabatlarni yuqori darajada industrial jamiyat deb qaragan. Odamlar ma’lumoti bo‘yicha bo‘linadi. Ma’lumotlilik omili industrial jamiyatda, iqtisodiy va siyosiy hayotda poydevor hisoblanadi. Iqtisodiy tomondan ma’lumot insonning yaxshi maosh olib ishlashida asosiy rol o‘ynaydi. Ishsizlikka-odatda xalqning ma’lumoti past tabaqalari duchor bo‘ladi. 2. Industrial jamiyatda samarali boshqaruv muammosini echishda J. Gelbreyt e’tiborini guruhli qarorga qaratadi. Menejment tarkibiga firmaning rahbarlari va bosh ma’muriyatdan tashqari o‘rta va quyi boshqaruv qatlamlari ham kiritadi. Barcha boshqaruv tashkilotni u texnik tarkib deb nomlashni taklif qiladi. Download 365.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling