Ma’ruza 1 Tarmoq iqtisodiyoti va menejmenti faning maxmuni, vazifalari, mohiyati. Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi


Download 365.27 Kb.
bet9/36
Sana30.04.2023
Hajmi365.27 Kb.
#1410827
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
Iqtisod

2. Ilmiy menejment ta’limi
Ilmiy menejment ta’limi (ilmiy boshqaruv) yoki boshqaruvning klassik ta’limi. Klassik so‘zi-bu kapitalistik ishlab chiqarish boshqaruvning taraqqiyotida birinchi darajali rol o‘ynagan nazariya.
Ilmiy menejment ta’limi XIX asrning 80-90 yillarida AQSHda paydo bo‘lgan. Uning asoschisi amerikalik muhandis F.Teylor (1856-1915) bo‘ldi. F. Teylor 22 yoshda oddiy ishchi bo‘lib Midvel po‘lat quyish kompaniyasining zavodiga ishga kiradi. Olti yildan so‘ng shu zavodning bosh muhandisi qilib tayinlanadi. SHu olti yil davomida u ilmiy boshqaruv nomi bilan yuritilgan ta’limotga poydevor yaratadi. Bir necha kitoblar yozgan va bu kitoblarda F. Teylorning shaxsiy tajribasi umumiylashgan.
Teylor ishlab chiqqan tizimning mohiyati quyidagi uchta qismga kiritilgan va ular boshqaruvning umumiy prinsiplari va taraqqiyot nazariyasi hisoblangan:

  1. Mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish:

  2. Boshqaruvning rasmiy tarkibini yaratish:

  3. Boshqaruvchi va ishchilarning birga mehnat qilish tartiblarini belgilash.

1. Mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish-ba’zi bir alohida operatsiyalarni o‘lchash va hisobga olish, ishchilarni o‘qitish asosida joy-joyiga qo‘yish. Uning fikricha har qanday ishning eng yaxshi usuli va bajarish uslubi bor, ularni ishlatish hisobiga ishni tezroq va sifatli bajarish mumkin.
2. Teylor korxonada ishlayotgan ishchini xronometraj qiladi va uni tahlil qilib unumdor ishni ta’minlab beradigan qoidalar ishlab chiqadi. Teylorning mehnatni bajaruvchi va buyruq beruvchi turlariga bo‘lishi katta ahamiyatga ega. U ishchi mehnatning ularni boshqaruvchi mehnatidan keskin farqlanishini ko‘rsatadi.
3. F. Teylorning fikricha ishlab chiqarish tizimida har bir ishlovchi o‘z vazifasini bajarmog‘i kerak. Masalan, ma’muriyat vazifasiga ish rejalarini tuzish, har bir operatsiya uchun ilmiy asoslangan bajarish usulini tanlash, ishchilarni tanlab olish, o‘qitish kiradi. F. Teylorning nuqtai nazari bo‘yicha, ishchilarning asosiy vazifasi-bajaruvchilik. Uning vazifaviy tizimida alohida va muhim ahamiyat bevosita ishchilarni boshqarish vazifasini bajaruvchi-ustalarga berilgan. Bu ustalar maxsus tayyorlangan ishlovchilar bo‘lib, ish ustidan nazorat qiladilar, ishchilarni unumli mehnat qilish usullariga o‘rgatadilar. Ustalarning ko‘rsatmalari ularning vazifa doirasida hamma ishchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Ishlab chiqarish menejmentda F. Teylor nazariyasining etakchi qoidasi bu ma’muriyat bilan ishchilar orasidagi munosabatlar. Bu munosabatlar qarama-qarshilikdan boshqaruvchi va ishchilarning birgalikdagi faoliyatiga, o‘zaro manfaatlarining umumiyligiga asoslangan munosabatga aylanishi kerak. Bu do‘stlar orasidagi o‘zaro yordam, umumiy ish bajaruvchilar munosabati bo‘lishi kerak. Bu munosabatlarda menejment ishlab chiqarishni ilmiy tashkil qilish rolini o‘ynashi, ya’ni boshqaruvchilar ishlab chiqarishni tahlil qilishi, samaraliroq ish usullarini izlab topish, ishchilarning samarali ishiga yordamlashishi zarur. Boshqaruvchi bilan ishchi orasidagi munosabat, F. Teylorning fikricha, korxonaning gullab yashnashiga ko‘maklashishi va har bir ishlovchilarga maksimal farovonlik keltirishi kerak.
F. Teylorga ergashib Frenk Gilbert ishlarni bajarishining birdan bir ilmiy usulini ishlab chiqdi va uning uchun zaruriy shartlarni o‘rnatdi: ish joyini maqsadga muvofiq tuzish, materiallar etkazib berish usuli, hamda zaruriy moslama, asbob va uskunalar bunyod etdi. Uning Mehnatni ilm asosida tashkil qilish alifbosi va harakatlarni o‘rganish nomli kitoblari 1924 va 1934 yillarda Rossiyada bir necha marta nashr qilingan.
F. Gilbert qurilish ishlarida pudratchi bo‘lib ishlar edi. Uning qurilishiga kelgan F. Teylor, ishlar unumsiz borayotganini aytdi, F. Gilbert jahl bilan Teylorga e’tiroz bildirdi. Ishlar unumsiz ketayapti deb kim aytdi Mana ko‘rasiz kechqurun ishchilarning ko‘ylagi ho‘l bo‘lib ketadi-dedi. Bunga javoban F. Teylor-agarda ularning ko‘ylagi quruqligicha qolganda edi ish unumli bo‘lgan bo‘lar edi,-dedi.
Keyin F. Gelbert g‘isht teruvchilar mehnatini sinchiklab o‘rgangandan keyin, g‘isht terishda o‘rtacha 30-ta harakat qilinar ekan. F. Gelbert harakatlar sonini 5-tagacha kamaytirishga erishdi, g‘isht teruvchilarning bir soatli mehnat unumdorligi 120 tadan 350 ta g‘ishtga etkazdi. Buning uchun ish joyining yaxshi o‘rnatilishi, mehnatni engillashtiradigan asbob va moslamalar kiritish, ulardan samarali foydalanish va harakatlarni yaxshilash evaziga mehnat unumdorligi oshdi.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish masalasini keng yoritishda amerikalik G. Emersonning alohida o‘rni bor. G.Emerson boshqaruvni tashkil qilishga majmuali, tizimli yondashuvni ishlab chiqdi. Uning asosiy qoidalari “Ishlab chiqarish unumdorligining 12 prinsipi” nomli kitobda berilgan.
Ular quyidagilar:

  1. Aniq qo‘yilgan orzu va maqsad.

  2. Aqilli ma’no.

  3. Omilkor maslahat.

  4. Intizom.

  5. Insonlarga adolatli munosabat.

  6. Tezkor, ishonchli, to‘la, aniq va doimiy hisob-kitob.

  7. Dispecherlik faoliyat olib borilishi.

  8. Me’yorlar va jadval mavjudligi.

  9. SHaroitlarni normallashtirish

10. Operatsiyalarni me’yorlashtirish (ularga aniq bajarish
uchun vaqt belgilash).
11. You unumdorlik uchun rag‘batlantirish.


  1. Download 365.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling