Ma’ruza 10. Amir temur davlatidagi madaniy va ma’naviy hayot. Reja
Download 44.89 Kb.
|
10- mavzu
Tasviriy va amaliy san’at.
Temurning mamlakatimizdagi va uning tashqarisidagi muxoliflari «Temur bosib olingan yerlaridan usta, me’mor va olimlarni ko‘chirib kelib, faqat Samarqandda kurilishlarni olib borgan. Boshqa yerlar yemu rva bo‘lmagan» degan safsatani aytadilar. Ammo shuni ta’kidlamoq joizki usta, me’mor va olim uning mehnatining qadri e’zozlanadigan, ularga shart sharoitlar yaratib berilgan joydagina o‘zining eng noyob talantlarini namoyon kiladi, go‘zal asarlar yaratadi. Fikrimizning isboti uchun bir misol, mo‘g‘ullar 1221 yilning bahorida buyuk Xorazmshohlar poytaxti Urganchni zabt etib, shahar aholisini kirg‘in qildilar va ular orasida yuz minglab eng mohir usta hunarmand va olimlarini Chingizxon imperiyasining poytaxti Qorakirimga olib ketadi. Shu voqealardan 30-40 yilcha keyin Qorakirimda bo‘lgan Italiya sayyohlari u yerda kariyb ikki milod turli millatga mansub hunarmand va donishmandlarni uchratganlar. Demak, mo‘g‘ullar o‘zlari bosib olgan barcha katta shaharlardan ziyo ahlini olib kelganlar. Lekin unga olimlar, hunarmandlar va donishmandlar biror bir hotira qoladira oldilarmi? Bu savolga ikkilanmasdan «Yo‘q» deb javob berish mumkin. Chunki, u olim hunarmandlar madaniyat markazlarida zo‘rlik bilan ko‘chirib ketilgan bo‘lib, sahro o‘rtasida joylashgan o‘tov va kapalardan iborat muvakkat bir «shahar» bo‘lgan.Qorakirimda ijod ahli uchun hech qandayy sharoit yo‘q edi. Shuning uchun u sho‘rlik bahtsizlar o‘zlaridan hech qandayy asorat qoladirmay beqorga sahroda o‘lib ketdilar. Temurning ustalar mehnatini qadrlagani uchun uning davlati qurilishida, xususan Amir Temur jom’esi va Bibixonim madrasasi kurilishlarida Ibn Arabshoh mashhur sangtarosh o‘z hunarida tengi yo‘q mo‘jizalar ustasi Oqtun va mashhur Abdulhay Al-Bog‘dodiy nomlarini tilga oladi. Bu davrda metall o‘ymaqorligi ham tarakkiy etdi. Bronza quyish san’atining yuksak namunasi bo‘lgan qirqkuloqli kozon o‘sha davr hunarmandlari mahoratidan dalolat beradi. Kozonning vazni 2 tonnadan ziyod, ustki doirasining diametri 2,5 metr. Uning baland oyoklari naqsh bilan qoplangan kozonning qorniga ikki kator yirik xat, ular orasida ingichkaroq xat belbog‘ bo‘lib tushgan. Pastki qismida esa naqshlar bor. Yuqoridagi yozuv naqsh ichidagi nash usulida bitilgan. Ushbu kozon Amir Temurning buyrug‘iga binoan Ho‘ja Ahmad Yassaviy masjidi uchun hijriy 801, ya’ni milodiy 1399 yilda ishlangan haj safari hadyasi sifatida berilgan. Mazkur kozonni usta Abdulaziz Sharafuddin al-Tabriziy yasagan. O‘ymaqor ustalar oliy toifaga mansub lashkarboshilarining harbiy qurol- aslahalar, dubulg‘a, qalqon va kilich sonlariga o‘yma naqshlar bilan zeb berishgan. Amaliy san’atning keng tarkalgan turlaridan biri bo‘lgan kulolchilikda ustalar o‘zlarining mohirona kasbini namoyish eta olganlar. Download 44.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling