Ma’ruza 10. Amir temur davlatidagi madaniy va ma’naviy hayot. Reja
Download 44.89 Kb.
|
10- mavzu
Me’morchilik.
Temurning ilm-fan, ma’rifatga e’tibori tufayli Samarqand ziyolilarni o‘ziga ohangrabodek tortib, yirik madaniy markazga aylandi. Temur hokimiyat tepasiga kelgan kundan boshlab, o‘z davlatida Chingiziylarning qonli izlariga barham bera boshladi. Bir yarim asr davom etgan mo‘g‘ullar istilosi paytida minglab qishloq va shaharlar, inshootlar vayron kilingan edi. Ularni qayta tiklash, mamlakatga qaytadan jon bag‘ishlash har kimning qo‘lidan kelaveradigan ish emas edi. Buning uchun o‘zida ajdodlari ruhi, tajribasi, orzu-umidlarini mujassam etgan chinakam daho kerak edi. Ana shunday daho Temur edi. U hokimiyat tepasiga kelgan kundan boshlab Movarounnahrda ti shvava obodonchilik ishlariga e’tibor karatdi. Amir Temur yurtni obod qilish ishi bilan bevosita shug‘ullanar ekan, bu sohaning o‘ziga xos qoidalariga qat’iy amal qildi. Bular kurilishning puxta o‘ylangan rejasi, joyning aniq va to‘g‘ri tanlanishi, isrofgarchilikka yo‘l ko‘ymaslik, shoshma-shosharlik kilmaslik, turli xil inshootlar-mudofaa devori, ark, hukumatga tegishli binolar, masjidlar, madrasalar, savdo rastalari, bozorlar, karvonsaroylar, maishiy inshootlarning o‘zaro munosibligi: mo‘tadil iklimni yaratuvchi kanallar, ariklar bog‘lar, hovuzlarning joylashishi. Hakikattan ham bugungi Samarqand me’morchilik obidalari, shahar qurilishi Temur me’morchilik sohasida hali noyob did egasi bo‘lganligini to‘la isbot eta oladi. Ana shuni alohida ta’kidlamoq joizki Amir Temur shaharsozlik madaniyati juda erta shakllangan, iqtisodi, san’ati, ilmu-fani ming yilliklar davomida gullab yashnagan, necha bor inkirozga yuz tutgan Turon zaminining farzandi edi. Shu sababdan ham shahar qurish ishtiyoki uning kon tomiriga singib ketgan edi, ginetak hotirasiga muhrlangandi. Shahar va qasrlar qurish, ularni obod qilish, el-yurt obodonchiligi bilan izchil shug‘ullanish sohibquron tabiiy ehtiyojining mahsulidir. Xususan bu davrda mamlakatning yirik viloyat shaharlari, Samarqand va Xirotda kurilish ishlari keng avj olib, binoqorlarning roli oshib ketadi. O‘sha vaqt binoqorlari orasida me’morlar, muhandislar, g‘isht teruvchilar, suvoqchi-ganchqorlar, ganchga naqsh ulovchi nakkoshlar, tosh yo‘nuvchi (sangtaroshlar) va duradgorlar mehnati qadrlangan va ular tomonidan go‘zal imoratlar kad ko‘targan. Temur yig‘ilgan mablag‘ni aysh-ishratga emas, balkim go‘zal binolar –qurishga sarflagan. «Temur har bir muvoffakiyatini, har bir sevinchli voqeani bir me’morlik asarini bunyod etish bilan nishonlashga ahd qildi. Shu maqsadda Hindistonning yuzlarcha mohir g‘isht teruvchilarini, Sheroz, Isfaxon va Damashkning mashhur ustalarini Movarounnahrga keltirdi. Ular go‘zal imoratlar kurdilar. Musulmon Osiyosi ikki yuz yil mobaynida turk qo‘shinlariga lashkargoh bo‘lganiga, bu qit’aga Temur saltanatida asarlari bilan bizni hayratga solgan rassomlar, me’morlar va boshqa san’at ahli doimo ijod qilgani mazkur imoratlar shohiddur. Naqadar aniq etib tasvirlagan jaxongirning dilida go‘zallik va yuksaklikka muhabbat shu qadar kuchli ediki, bunga uning davrida yaratilgan san’at va me’moriy asarlari dalildir». Amir Temur dastlab, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Keshda me’morchilik san’atining ajoyib namunalari-saroylar, masjidlar maqbaralar, madrasalar, karvon saroylar, turli muhtasham binolar kurdirishga alohida e’tibor bergan. Bu hakda Temurning nabirasi Bobur Mirzo shunday so‘zlarni yozib qoladirgan:» Daxolar sahrosi va shahri va tomi hub sabz bo‘lur uchun Shahrisabz ham derlar. Temurbekning zodi-budi Keshdin uchun, shahar va kilurga ko‘p sahiy va ehtimomlar qildi, oliy imoratlar Keshda bino qildi». Temur Keshning janubiy-sharqiy qismida ulkan maqbaralar kompleksini kurdirib boshlagan. U Dorussiyodat-baht yurti deb atalib, u Temuriylar avlodining dahmasidir. Bu yerda Temurning otasi Tarag‘ay Bahodur, Shayh Shamsiddin Kulol, bevaqt kazo qilgan o‘g‘illari Muhammad Jaxongir va Umarshayh Mirzolar dafn kilingan. Shuningdek, Temurning o‘zi uchun kurdirgan dahmasi ham shu yerda. Maqbara mahobat prizma shaklida bo‘lib, gumbazi uzunchoqdir. Ichki devorlariga toqchalar kilingan, mehroba g‘arb tomonda devorlar va gumbazlar changsuvoq kilingan, yorkin ko‘k va ba’zi joylarda qizil rangda naqshlar solingan. Yuqorida «Dono ezgu niyatlar ti shva kiladi, ahmoq ezgu niyatni umid qilib yotadi» degan arab maqoli o‘yib yozilgan. Temur sag‘anasi o‘z davrining noyob yodgorligidir. Sag‘ananing o‘ziga xos klafoni bor. Devor shifti, poli ohaktosh bilan qoplangan. Devorlarga Kur’ondan oyatlar yozilgan. 1379 yildan boshlab, Temurning amri bilan bosib olingan yurtlardan asirlar, Eron, Hindiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlardan noyob binoqorlik kasbining turli ihtisosligi bo‘yicha ustalar Keshdagi Oqsaroy qurilishiga jalb etilgan. Temurning fikricha, ushbu qasr takrorlanmas bo‘lishi, dunyodagi birorta me’mor uning qurilishi sirini bilmasligi, hullasi qasr jaxongirning kudratini o‘zida gavdalantirishi lozim edi. ti shvavaga ellik ming kishi jalb qilindi. Qasrning balandligi 16-18 kavatli uy singari bo‘lib, Arkning ravog‘i kariyb 22 metrga teng. Bu Samarqanddagi mashhur Bibixonim masjidi ark ravog‘idan 4 metrcha baland. Oqsaroyida o‘zi bilan kurgan 1404 yili Shahrisabzda Temur saroyida bo‘lgan Ispaniya qirolligining elchisi Rui Gonsales de Klavixo o‘z kundaliklarida quyidagiicha yozib qoladirgan: «Men podshoning amri bilan kariyb yigirma yildan beri kurilayotgan katta bir saroyni ko‘rdim. Bu saroyning kirish joyi juda uzun bo‘lib, peshtoqi juda baland edi. Kirish joyida o‘ng va chap tomonlarida turli xil naqshlar bilan bezatilgan g‘ishtdan sillik qilib kurilgan arklar kad ko‘tarib turibdi. Kengligi uch yuz kadam bo‘lgan katta hovlidan so‘ng, podshoning taxti o‘rnatilgan zalga kiraverishda baland va katta enlik ko‘rinadi. Eshik zarhal va zangori ranglar ila bezatilgan, koshinlarga juda ham nafis ishlangan sher tasviri tushirilgan, chetlarida ham huddi shunaka bu Samarqand shohining gerbidir. Bu eshiklar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida kurilgan salonxonaga kiriladi . Mazkur xonaning devorlari zarhal va zangori bo‘yoklar bilan bezatilgan, koshinlari silliklangan shifti ham butunligicha zarhallangan. Hovlida juda ko‘p mevali va manzarali davrahtlar mavjud. Unda ko‘pgina hovuzlar va bog‘lar bor. Rui Gonsales de Klavixo Oqsaroy haqida yana quyidagiilarni yozib qoladirgan:»Saroy ichi juda bejirim koshinlar bilan bezatilgan, bu shoh shu yerda bo‘lgan payti odamlarning o‘tirishi uchun kilingandir. Hakikattan ham Oqsaroy o‘zbek me’morchiligining, binoqorlarining gultojisidir. Go‘zal koshinlar, nodir naqshlar, tilla yugurtirilgan nafis va nozik eshiklar, naqshinqor shiftlarni kurgan Klavixo bu san’at namunalarini yasagan ustalar ishini, Parij ustalari ishidan ko‘ra ham go‘zal, deb tan olishga majbur bo‘lgan. Amir Temur 1370 yil Balxda Movarounnahr hukmdori deb saylangach, Samarqandni o‘z davlatiga poytaxt qilib tanladi va yangi shaharni barpo etishga kirishdi. Dastlab 1370-1373 yillarda shahar arki qurildi va so‘ng shahar qurishga mo‘ljallangan maydonning atrofi baland mudofaa devorlari bilan o‘raldi. Iktidorli va donishmand hukmdor bo‘lgan Amir Temur Samarqandni «yer yuzining saykali»-ga aylantirishda hech narsani ayamadi. Shu sababli bu shaharda sohibquron davrida ilmu-fan, san’at, madaniyat o‘ta rivojlanib, insoniyat tarixidagi nodir jarayon-renesans-uyg‘onish yuzaga keldi. Amir Temur zamonida Samarqandda eng rivojlangan soha, shaq-shubhasiz me’morchilikdir. Ulkan sarkarda va davlat arbobi Amir Temur me’morchilikning eng nozik tomonlarini ham yaxshi bilar edi. Me’morlarni qadrlar va ularga homiylik qilar edi. Nakl qilishlaricha, Amir Temur kurilishni boshlashdan avval shu ishning muttasadilari, bilimdonlari bilan mashvarat o‘tkazar ekan. Bunday suhbatlarga din peshvolari, olimu-fozillar, tuproqshunoslar, turli yo‘nalishdagi ustolar, rassomlar, hattotlar, bezakchilar ham taklif etilardi. Kurilajak binoning hamma jixatlari obdon uymaqor ekan. Kaerdan tuproq olinadi, g‘isht kaerda pishiriladi, suv qandayy olib kelinadi- bularning hammasi avvaldan pishiklab ko‘yilar ekan. Amir Temurning bu tadbirqorligi tufayli Samarqandda necha asrlar tarixdan hikoya kiluvchi noyob imoratlar bunyod etildi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek Amir Temur, me’morchilikning eng nozik tomonlarini yaxshi bilgan, ularni qadrlagan. Shu sababli uning davrida Samarqandda o‘sha davrning eng yetuk me’morlari to‘plangan edi. Ular poytaxt Samarqandni bunyod etar ekanlar, o‘tmish me’morchilik an’analarining eng yaxshi kirralaridan ijodiy foydalanib, bu boradagi tajribalarni boyitdilar, rivojlantirdilar, yuksak cho‘kqilarga olib chikdilar. Temur o‘z davlatining poytaxti bo‘lgan Samarqand shahrini dunyodagi eng katta va go‘zal shahar bo‘lishiga alohida e’tibor berdi. Ibn Arabshohning yozishicha:» Temur Samarqand atrofida bir qancha qishloqlarni vujudga keltirdi. Ularni dunyoning mashhur nomlari bilan ataydi,( Misr, Danalk, Bog‘dod, Sultoniya, Sheroz). Qishloqlarga mashhur shaharlarning nomlarini berishdan ma’lum bir siyosiy muddao ko‘zda tutilgan, ya’ni oddiy qishloqlar ko‘rkam va buyuk shaharlar oldida qanchalik hiralashib qolsa, yuqorida nomlari aytilgan shaharlar ham Samarqand oldida nursizday ko‘rinar edi. Hakikatan ham, Temur Samarqandda ulkan kurilish ishlarini olib bordi. Bibixonim, Kusam Ibn Abbos, Turkon og‘a, Shirinbeka aka, Go‘ri-amir me’morchilik obidalari bunga yorkin misoldir. Bibixonim masjidi nafaqat Samarqandda balki butun Movarounnahr Xuroson iklimida ulug‘vorlik bobida unga teng keladigan imorat yo‘q. Bugungi kunda Bibixonim nomi bilan mashhur bo‘lgan jom’e masjidi aslida moziyda Amir Temur Ko‘ragon jom’e masjidi deb atalgan, chunki uni buyuk hukmdorning o‘zi bosh bo‘lib tiklagan. G‘iyosiddin Ali guvohlik beradi:»Sakkiz yuz birinchi yili ramazon sharif oyi to‘rtinchi kunida(1399 yilning 10 mayda ) jom’e masjidi uchun poytaxtdagi eng yaxshi joyni Amir Temur tanladi. Mashhur ti shvava binoqor-me’morlar bu ulkan imoratnimng loyihasini tuzdilar. So‘nggi dakikada uning poydevorini ko‘ra boshladilar». Fosik Havofiy majmuasi Fosihayning sakkiz yuz birinchi yil voqealari bayonida yozadi:»Amir sohibquron Hindistondan olib kelgan boylik evaziga Samarqand jom’e masjidi qurilishini boshladi. Kurilish mukaddas ramazon oyining to‘rtinchi yakshanbasi (1399 yilning 10 may)da boshlandi». Abu Tohirjo‘ja Samarqandiy o‘zining «Samariya» kitobida: «Amir Temur Ko‘ragon jom’e masjidi. Shahar ichida, uning shimol tomonida Hazrati shoh (Dari Ohanin) davrozasining yaqinidadir. Amir Temur Ko‘ragon Hindistonni egallagandan keyin, u yerda o‘lja kilingan oltin, inju va qimmatbaho toshlarni bir yuz to‘kson bir filga yuklab keltirdi va istadiki, poytaxti bo‘lgan Firdafsmonand Samarqandda bir jom’e bino kilgay, sakkiz yuz birinchi hijriy (melodiy 1399) yilida kuchli va tezlik ustalarini dunyo tevaragida yig‘ib, ish boshladi va shunday bir masjidi jom’e bino qildiki, sahnaning sof ishlanishi hushyor dillardan ham Mushavvaroq va baland ko‘ngillari oy Muharnasidan bezakli, Feruzasimon konunlari lojuvard, osmon rang, oftobga jiloli zarnigor naqshlari bilan go‘zal charh gumbazlariga barobar, baland ovozalik darvozasi « Kimki bu xonam Kagbacha kirdi, omonlik topdi (kurgon al-Imron surasi, 97 oyat) oyatning kaliti bilan ildi. Har bir yuksak toqlari falak peshtoqida kad ko‘tardi. Jom’ening ravoqi ustida yozilgandirkim: «Amir To‘rg‘ay o‘g‘li buyuk Hakkon Amir Temur Ko‘ragon sakkiz yuz birinchi yilda ushbu jom’ening solinishga amr qildi». Jom’e davrozasining uzorida yozildirgankim :»Ushbu jom’eni bitkazishga sakkiz yuz oltinchi (melodiy 1404) yilda muvoffaq bo‘lindi. Bibixonim masjidi ulkan va go‘zal jom’e bo‘lib, binoqorlikning noyob namunasidir. U to‘rt ulug‘vor imoratdan : katta masjid, ikkinchi kichik masjid va haybatli peshtoqdan iborat bo‘lib, ular to‘rtburchakli hovlida joylashgan va hovlining to‘rt burchida to‘rtta minora kad ko‘targan. Besh ming kvadrat metr sahnli hovli ustiniga o‘rnatilgan gumbaz bilan yopilgan. Yodgorlik joylashgan maydonning umumiy sahni 167h109 metrni tashkil qilgan. Masjid burchaklaridagi minoralarning balandligi 51 merni tashkil qilibbugungi kunda faqat janubiy tarafdagisining ma’lum qismi saklangan. Katta masjid devorlarning qalinligi 4-4,5 metr bo‘lib, pishik g‘ishtdan ishlangan. Uning to‘rt ruknining har birida bittadan imorat ko‘tardi. Bayt: Ular osmonning har tarafiga ovoza taratib. «Obidalarimiz (avlodlarga) bizning kimligimizdan dalolat beradilar» nidosini olamning to‘rt rukniga yangratdilar. Yetti magdan qotishmasidan ishlangan ulkan davrozasining sadosi yetti iklim obidalari (duosini) Darussalom (Bog‘dod)ga yetkazib turadi, aylana devorining ichki va sirtki tomonlari hamda toqlarning yuzasi toshga o‘yilgan kitoba (yozuvlardan ziyonat topgan, al-Kahhor» surasi va boshqa kur’on oyatlari harflari ham kalimalari nurli aksi ularda jilolangan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Bibixonim masjidi qurilishida jaxonning turli o‘lkalaridan olib kelingan ustalar mehnat qilishgan va umum mehnati tufayli bu jom’e Temur davri binoqorligini ko‘z-ko‘z kila oladi. Download 44.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling