Ma’ruza 10. Amir temur davlatidagi madaniy va ma’naviy hayot. Reja
Download 44.89 Kb.
|
10- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid savol va topshiriqlar
5.Tomosha san’ati va musiqa
XIV-XV asrlarda butun O‘rta Osiyodagi musika madaniyati keng aholi ommasi va oliy tabaqalar hayotining uzviy bir qismi sanalgan. Amir Temur zabt etilgan mamlakatlarga madaniyat va san’at arboblari qatorida Samarqandga musikachilarni ham jo‘natib turadi. Ular orasida ayniqsa, Abdulkodir (1353-1435) nihoyatda mashhur edi. Ozarbayjonning yirik madaniyat markazi bo‘lgan Marog‘adan chiqqan Abdulkodir uyg‘onish davriga mos tarzda xilma-xil bilim va iste’dodlarga ega: shoir, xonanda, qori, musika ijrochisi hamda nazariyotchisi edi. Samarqandda va keyin Xirotda ekanida uning ijodiy faoliyati, ayniqsa sermahsul bo‘ldi. Bu yerda poytaxt musikachilariga murabbiylik, umumshahar bayramlari, saroy bazmlari va alohida majlislarda musika dasturiga tashkilotchilik qilardi. Ayni paytda u turli klassik ohanglardan asarlarning, ayniqsa navbag‘ janridagi to‘rt qismli bir asarning ijodqori sifatida hayratomuz ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Bundan tashqari, musika bo‘yicha bizgacha yetib kelgan bir kator risola qo‘llanmalar yozgan. Manbadagi ma’lumotlarga qaraganda, Ulug‘bek musikaga estetik zavk bergani uchungina emas, balki uni ijodiy rivojlantirish maqsadida ham qiziqkan. Zotan, u matematika bilimdoni sifatida formula va yozuvlarga asoslangan musikaga oid risolalarni juda yaxshi tushunardi. Uning o‘zi katta-kichik nog‘oralarda ijro etuvchi buluji, shodiyona ahloqni usuliravon va uluchi kabi beshta musika asari yozgan. Keyingi davrlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Ulug‘bek musika nazariyasi va ijrochilarning umumiy sikliga kirgan yangi ohanglarning ayrim turlarini ham ijro qilgan ko‘rinadi. Ajdodlardan merosga qolgan va ayrim o‘zgarishlarga uchragan musika asboblarini tarkibi torli hamda urib, chertib va puflab chaladigan turlaridan iborat edi. «Musika asboblarining shohi» avval to‘rt torli bo‘lgan, ud tasvirlanayotgan davrda 10-12 juft torli edi. Ham torli, ham chertib chalinadigan nog‘ora va doira bor edi. Asosiy musika janrlari shashmakom singari an’anaviy shakllarda ancha avval tarkib topgan, albatta, lekin bu davrda ular ijodiy jixatdan boyidi. O‘rta Osiyo mintakasida ko‘p tarkibli arkestr bo‘lmagan. Ijro etilayotgan kuyning ohangdorligini tanbur yaratar va unga asosan ud, kamdan-kam xollarda nay yoki chang jo‘r bo‘lar edi. Aksari vaqt ud chaluvchining o‘zi ko‘shik aytgan, zotan, Sharq xalqlarining ma’naviy hayotida she’riyat ulkan rol o‘ynaganiga bog‘lik xolda ko‘shikni bu davrning ayniqsa musika madaniyatidan ajratib bo‘lmagan. Ananaviy kitobiy she’riyat yoki xalq og‘zaki ijodi xonandalik yoki musika jo‘rligida she’r o‘qishdan qat’iy nazar umuman ijrochilik uchun xonandaga boy material beradi. Qolaversa, bunda she’rning ohangdorligi musika jo‘rligining ohangdorligini belgilab bergan. Harbiy yurishlarda esa nog‘ora va karnaylardan foydalangan, chunki nog‘oraning ulug‘vor ohangi va karnayning suronli sadosi qo‘shinning jangovor ruhini ko‘targan, ayni paytda dushmanlar yuragiga ko‘rkuv solgan. Bundan tashqari, nog‘ora-karnay sadolari shaharga Temur, Ulug‘bek va boshqa hukmdorlar kirib kelayotganidan aholiga xabar bergan. XV asrning 1 - yarmida va o‘rtasida yashab o‘tgan eng mashhur musikachilarning ayrim nomlari manbalarda saqlanib qolgan. Jumladan, Darvesh Ahmad Qonuniy chalishda benazir bo‘lgan. Sulton Ahmad mayda nom chiqargan. Samarqandda hivalik musikachi Devonali Hisobiy mashhur edi.. Musika asarlarining ishlab chiqilgan muayyan ohanglarda hamda amal, sabt, peshrav, naqsh, tarona singari yangrash izchilligi bo‘ysundirilgan shakllari keng ommalashib ketib, ayrimlari, hatto Shashmakomning umumiy siklida o‘rin oldi. Tasavvuf ruhidagi musika asarlarida musikiy ijod va ijro alohida bir muhim rol o‘ynagan. Zikr tushish darajasiga yetishda musika bilan so‘z qudratli ta’sir ko‘rsatishga tasavvuf ta’limotining ilk boskichlaridayok e’tibor berilgan. Temur davrida mamlakatning iqtisodiy — madaniy turmushida mo‘tadillik vujudga keldi. Amir Temur o‘zining xarbiy yurishlarida ortirgan boyliklari va zebu ziynatlari evaziga nafaqat davlat ishlarini, balki oddiy xalqning turmushini xam yaxshiladi Temur qo‘shinini xarbiy yurishlardan qaytganida soliqchilarga oddiy xalqni malum muddatga soliqdan ozod qilishni buyurgan. Agar fuqaro och-yalong‘och ekan, xech qachon qo‘shin kuchli bo‘lmaydi, davlat xazinasi bo‘sh bo‘lishini uqtirib o‘tadi. Temur va Temuriylar davrida feodal va inom qilishning manbalariga ko‘rsatilgai suyurg‘ol degan turi keng tarqalgan edi. Suyurg‘ol shag‘zoda va obro‘li bek va amirlarga berilar edi. Bundan tashqari «tarxon» nomli mulkchilik mavjud edi. Unga ko‘ra, yer, mulk yoki qo‘lidagi korxonaning davlat xazinasiga to‘lanadigan soliq majburiyatlardan ozod etilgan. Temur va temriylar davlati kuchli, boy bo‘lganligi uchun tarxon yorliqlarini berish keng rasm bo‘lgan. Yakubovskiy Yu.A takidlashicha amirlar, beklar, oddiy lashkar boshlari, amaldorlar, yuqori tabaqa ruxoniylarning namoyondalari bo‘lgan saoidlar, Saroy ichidagi amaldorlar tarxon yorliqlarini olganlar. Amir Temur «Oq Saroy peshtoqiga bizning buyukligimizga shubxa qilsangiz bunyod ettirgan imoratlarimizga boqing» deb yozdirganligining xaqiqatgo‘y amir, adolatli podsho, qattiq qo‘l sarkarda ekanligin yana bir bor tasdiqlagan. Amir Temur vafotidan so‘ng uning orqasidan qoladigan vorislar orasida yirik feodal urishlari avj oldi. Temur asos solgan buyuk imperiya xavf ostida qolgan edi. Chunki soxibqirondan ilgarn to‘rtala o‘g‘lidan Jaxongir Mirzo, Mironshox, Umarshayx Mirzo vafot etgan bo‘lib, faqat xurosan xokimi Shoxrux Mirzo xayot edi. Samarqand taxtiga Temurning nabiralari Pirmuxammad, Xalil Sulton, Muxammad Sulton va Mirzo Ulug‘beklar xam davogarlik qilardilar. Temur vasiyatiga ko‘ra, Samarqand taxtiga Jaxongir Mirzoning o‘g‘li Pirmuxammad o‘tirishi kerak edi. Lekin maxalliy feodallarning abjirligi bilan ikki og‘a-ini o‘rtasida urush xolati paydo bo‘lib, Xalil Sulton bilan bir jangda Pirmuxammad xalok bo‘ldi. I406-I409 yillar Xalil sulton Movorounaxrda xukumronlik qildi. Usha davrda Shoxrux Mirzo bilan 1407 yillarda sulx tuzilib, Xuroson va Movorounnaxr chegaralari Amudaryo deb belgilandi. Aynan shu davda Termiz shaxrining qalasi va shaxar mudofa devorlari, xamda Al—Xakim At Terimiziy maqbaralari taminlandi. Bu fikrni o‘sha zamon tarixchisi xofizi Abru va keyinchalik V.V.Bartold xamda Ye.M.Massonlar takidlab o‘tishgan. Ammo bu tinchlik uzoqqa cho‘zilmadi. Temuriy shaxzodalar o‘rtasida taxt uchun kurash-kuchayib ketdi. Eron Turkman tomonda qora-quyunli kuchlari, Turkistonda Xudoydod va Nuriddin singari yirik bek va amirlar Movorounnaxrning markazlashgan davlatini tarqatib yuborish uchun asosiy kuch xisoblanardi. Xudoydod boshchiligidagi kata qo‘shin Samarqandga bostirib kirib, axolini talab, xonavayron qilib xatto Xalil Sultonni asir qilib olib ketishga xam muvafaqt bo‘ldi. 1407— 1409 yillarda feodal urishlarni Xuroson xokimi Shoxrux Mirzo bostirdi va Samarqand taxtini o‘g‘li Mirzo Ulug‘bekni (1409—1449) tayin etdi. Mirzo Ulug‘bek rasman otasiga tobe podsho bo‘lsada, ammo Movorounaxrni mustaql boshqarishga xarakat qildi. U Temurning ko‘pgina xarbiy yurishlariga qatnashgan va xarbiy Mashqlariga qiziqsa xam urishga Rag‘bati kam sarkarda bo‘lgan. Chunki u tabiatan ilm marifatga ixlos qo‘ygan inson bo‘lgan. Amir Temur boshlagan qurilishning ko‘pchiligi Ulug‘bek davrida oxiriga yetkazildi. Jumladan Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi va Shoxi 3indi qurilish majmualari qurib bitirildi. Mirzo Ulug‘bek O‘rta asr Musulmon Sharqining eng go‘zal va yirik urilishlaridan biri sifatida namoyon bo‘ldi. Mirzo Ulug‘bekning ilm Fan va madanityaga bo‘lgan ixlosi uni yana bir buyuk qurulish qilishga chorladi. Bu yodgorlik 1424—1428 yillarda Samarqandning shimolida Obiraxmon arig‘ining bo‘yida, Kuxak teppaligida bunyod etilgan. Ulug‘bek o‘ziing butun kuchini falakiyot (astronomiya), rioziyot (matematika), xandasa (geometriya), fikx (xuquqshunoslik) fanlarini rivojlantirishga baxshida etib, o‘z rasadxonasini qurdirdi. Samarqand rasadxonasini Sharqning buyuk allomasi Umar Xayyomning Nishopurdagi rasadxonasidan xamda Nosiriddin Tusiy rasadxonalaridan o‘zining zamonaviy va kattaligi bilan farq qilsada, ammo ularning qurilishi asos qilib olingan edi. Rasadxonaning doira aylana xajmi 46 metrni tashkil qiladi. U silindr bo‘lib, uch oshiyonali binodan idorat bulgan. T.N.Kori Niyoziyning takidlashicha, sakstant deb ataluvchi uskuna 2 metr chuqurlikda tush chizig‘i bo‘ylab o‘rnatilgan, oralig‘i 31 sm keladigan 2 ta o‘zaro paralel yoy (formasi) shaklida bo‘lgan. 1908-yilda rasadxona ustida qazish ishlari olib borgan arxiolog V.D.Vyatkin faxri sekstant (usturlob)ning yer osti qismini topgan. Samarqand sekstanti o‘sha davrda Sharqdagi malum bo‘lgan sekstlarning eig kattasi xisoblangan. Amir Temur va Ulug‘bek davrida amalga oshirilgan ishlar Movorounaxr madaniyatini jaxonshumul axamiyatini oshirdi. Ularning faoliyati nafaqat siyosatda, balki iqtisodiy tadbirlarni mamlakat turmushga joriy etib, ilm-fan va madaniyat taraqiyotida xam o‘z samarasini berdi. Amir Temur siyosat bobida jaxongirlik qilgan bo‘lsa xam, Movorounaxr ilm marifatini rivojlantirish uchun dunyoning turli madaniy markazlaridan va o‘z vatanimiz xosiblarini, xunarmandlari xullas fozilu — risolalarni ko‘chirib keltirdi. Amir Temur davrida saroy amaldorlarniig ko‘pchiligini ilimli kishilardan iborat bo‘lgan. Temur nabirasi Mirzo Ulug‘bekni o‘qitish va tarbiyalash uchun Qozizoda Rumiydek olimlarni ko‘chirib keltirib, ularga sharoit yaratib bergan. Bu esa Temurning ilm —marifatta va madaniyatga ixlosi baland bo‘lganligini ko‘rsatadi. Amir Temur davrida asosan Fan va madaniyat markazi vujudga keltirilgan bo‘lsa, Ulug‘bek davrida esa ilm va madaniyat soxasida yirik yutuqlar qo‘lga kiritilgan.Mi-rzo Ulug‘bek o‘z zamonasining eng yetuk allomalaridan bo‘lib yetishdi. U o‘zi qurdirgan madrasalarda xam mudarislik qilgan. Buyuk mutafakir Alisher Navoiy aytganidek, uning nazarida osmon xam past bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek tashabusi bilan Samarqand falakiyot maktabi ishlab turgan. Ulug‘bek o‘z atrofida ilimga chanqoq kishilarni yiqqan va ularni tarbiyalaganlar. Uning istedoddi shogirdlaridan biri Ali Qushchi o‘z davrining «Ptolomeyi» degan nom bilan mashxur bo‘lgan. Samarqandning ilmiy va adabiy muxit markazi sifatida shon — shuxrati Sharqqa keng tarqalgan. Bu ilmiy muxitga shoirlar xam ishtirok etib, Badaxshondan-Maxmud Badaxshoniy, Qarshidan — Movlono Mir Qarshiy, Buxorodan — Ismoil Buxoriy, Toshkenddan — Aloyi Shoshiy kabi olimlar kelib turganlar. Samarqandda falakiyot maktabi kata yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi o‘zlarining butun faoliyatining natijalari sifatida bir necha asarlar yaratdi. Ulardan «Ziji Ko‘ragoniy» asari o‘rta asrlar falakiyoti faning durdonasi xisoblanadi. Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda boy kutubxona tashkil etilib, unda 15 ming jildli kitob saqlaigan. Yuqorida qayd etilgan asar xam Ulug‘bek vafotidan so‘ng Ali qushchi tomonidan to‘ldiriladi va kengaytiriladi. Asarning saqlanib qolishi va jaxonshumul axamiyatga ega bo‘lishida Ali Qushchining xizmati kattadir. Akademik Qori Niyoziy tasdiqlaganidek, Ulug‘bek va uning maktabi erishgan ajoyib yutuq uchinchi darajali algebrik tenglamaga olib kelgan bir gradus yoyning sinusini aniqlashbo‘ldi. Ulug‘bekning «Zinji jadidi Ko‘ragoniy» asari Samarqand rasadxonasyning samarali maxsuli bo‘lib, klassik falakiyotning nazariy va amaliy masalalarini o‘z ichiga oladi. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, nazariy muqadima va jadvadlardan tashkil topgan. Agar muqaddimasi 3 qisimga bo‘linganda birinchi qismi—sana yoki yil xisobiga bag‘shlangan. Unda Arab, Yunon, Eron, Xitoy va uyg‘ur xarqlarining kelib chiqishi xaqida to‘la malumot beriladi. Ilmiy taqvimi, sana yoki yil. xisobi, deb yozgan edi. Qori Niyoziy tarix va falakiyotning muxim poydevorlaridan biridir. Shuning uchun qadim zamonlardayoq falakshunoslarning eng muxim vazifalaridan biri takvimni (kalendar) takomillashtirishdan iborat bo‘lgan. Shuning uchun Ulug‘bekning jadvali shu masalalardan boshlanadi. Muqaddimaning ikkinchi qismida yudduzlarning balandligi va ular o‘rtasidagi masofa, meridian chizig‘i, uzunlik va kenglikni o‘lchash yo‘llari ko‘rsatiladi. Uchinchi qismida quyosh va oyning xarakati bayon qilinadi. Quyosh va oy tugilishini oldindan aniqlanish masalalari ko‘rsatilgan. Asarning jaxon falakiyotshunosligida tutgan o‘rni juda muximdir. Ulug‘bekning falakiyot maktabi shu soxadagi muxim kashfiyotlar uchun xam poydyovor bo‘lib xizmat qildi. XVI asrning biriichi yarmida Konernikning va XVII asrning boshlarida Keplerning falakiyot soxasidagi yutuqlari Ulug‘bek maktabining tarixiy yutuqlari shubxasiz muxim rol o‘ynagan. Temur va Temuriylar davrida Samarqand Movorounaxrning Xirot, Xurosonning yirik madaniy markazlariga aylandi. Bu davrda. Zamaxshariy, A.Jurjoniy, Muxammad Solix, Ali Shoshiy, Ismoil Buxoriy, Abduraxmon Jomiy, Sakkokiy, Vosifiy kabi zabardast olimlar va madaniyat arboblari yetishib chiqdi. Ular orasida buyuk alloma Alisher Navoiyning tutgan o‘rni muximdir. Alisher Navoiy o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mumtoz mutafakkir Foniy (o‘tkinchi) taxallusi bilan ijod qilib, Zulisonayn degan nom bilan mashxur bo‘ldi. Alisher Navoiyning mutafakirligi Sharq klassik adabiyotida an’ana tusini olgan xamsachilikda o‘zini yaqqol namoyon qildi. Uning 1483 yilda «Xamsa»ning birinchi dostoni «Xayrat ul —Abror» (yaxshi kishilarning xayratlanishi), va keyingi 1484—1485 yillarda yozgan «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabai Sayyor» (yetti sayyora), «Sadi Iskandariy» (Iskandar devori) dostonlari jaxon adabiyotining shox asarlari qatoridan o‘rin oldi. . Alisher Navoiy 1488 — 1501 yillarda bir qancha ilmiy va tarixiy asarlar yaratdi. Tarixiy manbalar va «Shoxnoma» kabi asarlar asosida. «Tarixi mulki ajam» (Ajam podsholari tarixi) asarini, shoir va marifatparvar Sayid Xasan Ardasher xaqida «Xolati Alisher» nomi biografik — baddiy asar, «Risolai muammo» asarini esa muammo janrida yozdi. 1491 yil XV asriing 400 dan shoirlarining faoliyatidan namunalar olib, «Majalis ul —nafois» (go‘xal majlislar) nomli asrni yozdi. U ustozi Abduraxmon Jomiyga atab, «Xamsatul mutaxayirin» (besh xayrat)ni, do‘sti Xusayn Bayqaro va boshqalarga yozgan maktublarini to‘plab, «Munshoat» (Maktublar)ni tuzdi. Aruz nazariyasi xaqida «Mezon ul —avzon» (Vaznlar o‘lchovi) nomli asarni yozib qoldirgan. Alisher Navoiy merosining kata qismini lirika tashkil qiladi. U Sadi Sheroziy, Xofiz Sheroziy, Xusrav dexlaviy, Nizomiy Ganjaviy kabi Sharqniig mumtoz — shoirlarini Xorazmiy, Sayfi Saroiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi o‘zbek dunyoviy adabiyoti namoyondalarining adabiy ananalarining davom etiradi. Uzbek lirikasining jaxonga tanilib, qardosh ozarbayjon, tojik, turkman va boshqa xalqlarning sheriyatiga samarali ta.sir ko‘rsatdi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, mustaql O‘zbekiston xalqining madaniy qadriyatlari tiklanayotgan bir davrda Temur va Temuriylar davri madaniyati jaxon xalqlari madaniyatining taraqiyotiga gullab — yashnagan yaqin va o‘rta Sharqning madaniy davri deb kiritiladi. Temur va Temuriylar davlatining o‘sha davridagi iqtisodiy taraqqiyoti, xududiy birlig, Dunyoqarashning yaqinligi, til birligi kabi umuminsoniy — madaniy xususiyatlariga shunday xulosa keltirishni taqazo yetadi. Mavzuga oid savol va topshiriqlar: Ovrupa davlatlari bilan olib borilgan savdo. Amir Temur davri me’morchiligi. Tasviriy va amaliy san’at rivojida yangi davr. Tomosha va musiqa san’ati. Amir Temurning Yevropa davlatlari bilan elchilik munosabatlari Download 44.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling