Ma’ruza 10. Amir temur davlatidagi madaniy va ma’naviy hayot. Reja


Download 44.89 Kb.
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi44.89 Kb.
#1432016
1   2   3   4   5
Bog'liq
10- mavzu

4.Amir Temur davrida minatyura.
Amir Temur davrida Samarqandda o‘ziga xos miniatyura rassomchilik maktabi qaror topgan. Turkiyadagi Tupkosh saroy va Berlin kutubxonalarida saklanayotgan «Stambul albomida»gi ko‘chirma va homaki miniatyura nushalarida alohida shahslar, darahtlar, gullar, naqshlar rassom mehnatining mahoratidan dalolat beradi.
Miniatyura rassomchiligi –Sharq tasviriy san’atining ajoyib san’atlaridan hisoblanadi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari esa uning tasviriy ma’nosini turlicha talkin etishadi. Ayrim miniatyuralarni she’riyat, tarix, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga, voqea-hodisalarni ko‘rgazmali ravishda berish jixatiga e’tibor karatishga, boshqa bir guruh vakillari miniatyuralardagi kompozisiya, obrazlar, ayrim detallar so‘fiylik ta’limotiga xos-hakka yetishish yo‘lidagi haraqatlarini ifodalaydi, deb baho beradilar.
Sharqda miniatyura rassomchiligining rivojlanishi adabiyotning ravnaki bilan bevosita chambarchas bog‘lik. Musavvirlar ko‘pincha Firdavsiy, Nizomiy, Ganjaviy, Husrav Dehlaviy asarlariga rasmlar ishlashadi. H1U asrda «Jom’e ut-tavorih», «Tarixi Rashidiy» kabi zamonaning voqea va hodisalaridan bahs etadigan tarixiy asarlarni bezay boshlashdi. Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Hotifiyning «Temurnoma» asarlari jangu-jadal lavhalar bilan jilolandi. Miniatyura Sharq she’riyati kahramonlari Layli va Majnun, Husrav va Shirin, bahodir Rustam kabi personajlarga juda ohangrabo tarzda tasvir bera olgan.

Miniatyuralarda tasvirlangan suratlarga qarab, ajdodlarimizning kiyim-kechaklari, atroflarida ashyolar, buyumlar, asbob-uskunalar, qurol-yarog‘lar, saroy axillarining odatlari ko‘zgusida aniq tasavvur xosil kiladilar. Ammo miniatyura asarlarining asosiy kiymati shu bilan chegaralanib qolmadi. Miniatyura san’ati musulmon Sharqining Iroqdan Eron orqali Xurosondan Movarounnahrgacha va Hindistongacha bo‘lgan hududda muayyan bir davrning o‘ziga xos badiiy estetik hodisasi edi.
Ma’lumki Amir Temur davrida miniatyura san’atida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Samarqandda nakkoshlar turadigan alohida bir ko‘cha-Ko‘yi Nakkoshon bo‘lgan.
Amir Temur hukmronligi davrida ijod qilgan mashhur musavvir asli bog‘dodlik Abdul Hayyoning («Cho‘lda qolgan darvesh») Temuriylar portretlari o‘sha davrda miniatyura san’ati rivojidan dalolat beradi.
Temur hayotiga oid ilk asarlardan biri »Tog‘dagi ov» deb ataldi.
Abdul Hayyo shogirdlaridan ayrimlarining nomlari bizgacha yetib kelgan. Shayh Mahmud Talimiy, Pir Ahmad Bog‘ishamoliy.
Umuman olganda Amir Temur davrida miniatyura san’ati ancha rivoj topgan.
yemu rva temuriylar davrida O‘rta Osiyoda tomosha sifatida biz bilgan ma’nodagi fojea, drama, komediyadan iborat teatr bo‘lmagan, albatta. Biroq keng xalq ommasiga mo‘ljallangan tayyorlashtirilgan tomoshalar bor edi. Xalq sayillari, bozorlar va to‘ylarda masharaboz va ko‘g‘irchoqbozlar o‘yin ko‘rsatishgan. Bu janrlardagi artistlar musikachilar bilan birgalikda maxsus to‘dalarga birlashgan va Jabroil farishta ularning piri hisoblangan.
XIV-XV asrlarda Movarounnahrda mavjud bo‘lgan an’anaviy bayramlarning ildizi ming yilliklar ka’riga qarab yemu rva bu yerlarda o‘rnashib qolgan islom ham ularni qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan edi. Bular tabiat uyg‘onishiga bog‘lik bahorgi sayl, Navro‘z yemu rvaa boshqalardan iborat bo‘lgan. Bayramlar shaharu-qishloqlarda birdek o‘tar, lekin poytaxt Samarqandda, ayniqsa keng qo‘lam kasb yemu rv ularda jamiki ijtimoiy tabaqalar xonadoni a’zolariyu saroy ahlidan tortib aholining eng kashshoq qatlamlariga qadar katnashar edi.
Masharabozlar san’ati ko‘p jixatlardan badihaga, jonli muloqot yoki monologga asoslangan, xalq og‘zaki komediyalari, satirik va yumoristik hikoya hamda latifalar, hajviy pontamimik rakslar, askiya va chandishdan iborat bo‘lgan, taklidiy kizikchilika lohida o‘rin tutgan. Tomosha san’ati garchi, mutaasib ruxoniylar tomonidan qoralansa ham keng omma o‘rtasida mashhur edi.
Masalan, Sharafuddin Ali Yazdiy Samarqandda Temur davrida o‘tgan bayramlardan birini quyidagiicha tasvirlaydi:»Hamma tomondan sozandalar kuy chalishar, xonandalar ko‘shik kuylashar, oy yuzli, akl-komatli, go‘zal va noz-karashmali rakkoslar nafis mukomlari, chapdast rakslar shiddatli haraqatlari bilan barchani maftun … Turkcha, mo‘g‘ulcha, xitoycha, arabcha ko‘shiklar va rakslar ijro etildi. Kizikchilar goh hikoyalar, goh kulguli tomoshalari bilan tomoshabinlarga cheksiz kuvonch ulashishdi. Turli tuman kuy va ko‘shiklar, go‘zal xonandalarning humor boqishlari, akik lablaridan uchayotgan rom etuvchi ovozlar, har bir cholg‘u asboblarining sirli sadosi bayram katnashchilariga lazzat ato etadi go‘yo» Bu yerda hayvon terisini yopingan mukallidlar yotishi, sakrashi va boshqa kiliklarni ko‘rsatib berishardi. Bu xil mukallidlarning tasviri miniatyuralarda ham uchraydi. Hayvon terisini yopingan mukallidning mahorati haqida Navoiy ham yozgan.
Aslzodalar doirasida xalq tomoshalari rasm bo‘lmagan, bu xol majlislarda to‘planganlarning ko‘nglini ochish uchun polvonlar kurashini, visol onlarida rakslarini ko‘rish mumkin.
San’at ustalarining ijtimoiy ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lgan.
Olam uyg‘unligining nomoyon bo‘lishi va idroq etilishi sifatida musika O‘rta Osiyoda kadimdan ulkan rol o‘ynagan. O‘rta asrlarda u estetik ilmiy va ramziy ma’nolar ham kasb etdi.
O‘rta asrlarda aniq va tabiiy fanlar, ayniqsa matematikaning rivojlanishi musikani nazariy jixatdan anglab yetishga , ohangdorligi va yokimliligini tushinishga olib keldi. yemu rva Ulug‘bek davrida Samarqand va Xirotda musikaga bag‘ishlangan bir kator risolalar yozildi. Bunda cholg‘u va ko‘shikchilik musikasi mavhum, ramziy tarzda talkin etildi, chunki bu asosan tasavvur bilan bog‘lik bo‘lib, uning marosimlarida musika muhim rol o‘ynaydi.



Download 44.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling