Ma’ruza 10-mavzu: Texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari


Download 1.29 Mb.
bet1/9
Sana22.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1379821
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Maruza


MA’RUZA
10-mavzu: Texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari.
O‘quv savollari:

  1. Elektr xavfsizlik qoidalari. Teginish kuchlanishi, himoyalanish va profilaktika usullari;

  2. Texnika xavfsizlik qoidalari;

  3. Chegara xizmatini olib borishdagi xavfsizlik qoidalari.

1. Elektr xavfsizlik qoidalari. Teginish kuchlanishi, himoyalanish va profilaktika usullari.
Chegara xizmatini olib borishda, texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan ishlaganda o‘zgaruvchan tok zanjiridagi elektr qurilmalar bilan ishlashda uning ta’sir kuchini his qilish ehtimolini umuman hisobga olmaslik mumkin emas. Elektr qurilmalarning dielektrik bo‘lmagan qismi yoki izolyatsiyasi shikastlangan tok oquvchi kabellariga bexosdan teginish bunga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu ta’sir kuchi teginish kuchlanishi deb nomlanuvchi zanjirdagi tok kuchi natijasidir.
Elektr dvigatellari, ularni ulovchi o‘tkazgichlarning muxofaza qobig‘lari, tok o‘chirish qurilmalari va saqlovchi qurilmalari hamda ularni o‘rnatish va foydalanishda ma'lum talablar q o‘yiladi.
Elektr qurilmalarining elektr o‘tkazgichlarini muxofaza qobig‘lari bilan ta'minlash muhim rol o‘ynaydi. U birinchidan ko‘p miqdordagi elektr tokini yo‘qotishdan saqlaydi, ikkinchidan, ishlayotgan elektr toki ta'siriga tushib qolishga yo‘l quymaydi va uchinchidan, elektr tizimlarining o‘zgaruvchi kuchlanishlaridan uchqunlar chiqishi bilan paydo buladigan yong‘in xavfini yo‘qotadi.
Elektr quilmalarini o‘rnatish qoidalariga asosan ikki saqlovchi qurilma o‘rtasidagi elektr tizimlaridagi yoki oxirgi saqlovchi qurilma bilan har qanday o‘tkazgich orasidagi muxofaza qobig‘i qarshiligi 0,5 M Om dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Xavfli xonalarda bu qarshilik miqdori 20-50 foiz ortiq bo‘lishi kerak. Elektr qurilmasining muxofaza qobig’i qarshiligi uni o‘rnatgandan keyin o‘lchab ko‘riladi va ishlatish davrida yiliga kamida bir marta, xavfli xonalarda kamida 2 marta o‘lchab, tekshirib turiladi.
Chunki elektr qurilmalarining tokni o‘tkazib yubormasligini ta'minlashga qaratilgan muxofaza qobig‘lari vaqt o‘tishi bilan, o‘zlarining elektr o‘tkazmaslik qobiliyatini o‘zgartirib, ma'lum miqdorda elektr o‘tkazuvchan bo‘lib qolishi mumkin.
Sanoat korxonalari xonalaridagi elektr o‘tkazgichlar muxofaza qobig’i bilan yoki kabel sifatida foydalanilishi mumkin. Ba'zi bir hollarda, agar bu o‘tkazgichlar mexanik kuchlar ta'siri ostida bo‘lsa, ularni metall trubalar ichiga o‘rnatib, muxofaza qilinadi.
Muxofaza qilinmagan ochiq simlardan foydalanilganda ularni eng kamida 3,5 m balandlikda o‘rnatish tavsiya etiladi (masalan, kranlarning kontakt simlari va x. k.). Simlari uzilib ketgan taqdirda ularni avtomatik toksizlantirish tizimlari bo‘lishi shart.
Elektr tizimlarining saqlovchi qurilmalari juda oddiy tuzilgan bo‘lib, agar tizimda elektr quvvati nominal miqdordan ortib ketganda avtomatik ravishda tokni uzib qo‘yadi
Muxofaza qurilmasi elektr tizimidagi tok quvvati nominal miqdordan 25 foiz ortib ketsa, muxofaza qurilmasiga o‘rnatilgan eruvchan qism erib ketadi va tok kelishi to‘xtaydi. Bu eruvchan qismni elektr tizimiga berilayotgan tok kuchining maksimal zarur miqdoriga moslab tanlanadi. Uning erib ketish vaqti undan o‘tayotgan tok kuchiga bo g‘liq.
Agar tok quchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, eruvchi qism 0,2S davomida erib ketadi. Eruvchi qismning standart sifatida ishlab chiqarilayotganlarini qo‘llash kerak. Uning o‘rniga mis simlardan qilingan yasama qurilmalarini qo‘llashga ruxsat etilmaydi. Chunki bunday yasama qurilmalar o‘z vaqtida ishlamay, tizimning boshqa qismlari va o‘tkazgichlarning qizib ketishiga hamda muxofaza qobig‘larining yonib-ketishi natijasida yong‘in chiqishiga sababchi bo‘ladi.
- Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari bo‘ladi ularning hammasida ham eruvchi qismini o‘zgartirish imkoniyati bor.
Probkasimon saqlovchi qurilmani maxsus patronga burab kirgiziladi va butun elektr zanjiri shu qurilma orqali ulanadi
a). uning o‘rtasida eruvchi metall sim o‘tkazilgan va atrofi erigan vaqtda elektr yoyi hosil bo‘lmasligini ta'minlash uchun asbest bilan to‘lqizilgan.Bunday saqlovchi qurilmani yoritish tizimlarida va uncha katta bo‘lmagan elektrodvigatellarni ishlatishda qo‘llaniladi. Plastinkali saqlovchi qurilmalar
b) bitta yoki bir necha yengil-eruvchi metall simlardan tashkil topgan eruvchi- qurilmaga ega bo‘lib, muxofazalovchi tok o‘tkazmaydigan asosga o‘rnatiladi.Plastinkali saqlovchi qurilmalar 220V kuchlanishdan ortiq, bo‘lmagan elektr tarmoqlarida qo‘llaniladi.
Trubkasimon saqlovchi qurilmalar
v) g‘ovak chinni trubkadan iborat bo‘lib, uniig ikki tomoniga yengil eruvchi metalldan qilingan eruvchi qismga ega bo‘lgan halqalar kiydiriladi. Bunday saqlovchi qurilmalar berklanadigan metaldan qilingan qutichalar ichiga joylashtiriladi.
Qanday turdagi saqlovchi qurilmalardan foydalanilayotganidan qat'iy nazar, ularni almashtirish uchun, albatra, elektr tokini o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Agar o‘chirishning iloji bo‘lmagan hollarda ularni albatta shaxsiy muxofaza aslaxalari, rezina qo‘lqop, ko‘zoynak va polga izolyatsiya vositalari to‘shab, almashtirish kerak.
Bundan tashqari avtomatik saqlovchi qurilmalardan ham foydalaniladi.
Ularning ishlash printsipi ham juda oddiy tuzilgan. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, ularni elektr tizimidagi kamchiliklar tuzatilmaguncha ishga tushirib bo‘lmaydi.
Stanoklar va boshqa mexanik jixozlarni xapakatga keltirish, asosan elektrodvigatellar yordamida amalga oshiriladi. Elektr dvigatellar quyidagi turlapga bo‘linadi:
-ochiq, muxofaza qilingan,
-berk, portlashga xavfsiz va suv kirmaydigan.
Mashinasozlik sanoati korxonalarida asosan berk portlashga xavfsiz elektr dvigatellaridan foydalaniladi. Bu elektr dvigatellarning tok o‘tkazuvchi qismlari puxta muxofazalangan, elektr toki bilan taminlash klemmalari muxofaza qopqoqlari bilan berkitiladi.
Elektr dvigatellarining hamma aylanadigan va qatlanadigan qismlari to‘siq, qurilmalari bilan ta'minlanishi shart.
Elektp tizimlariga beriladigan elektr tokini yoqib-o‘chirish qurilmalari muhim ahamiiyatga ega. Ularning havoda ochiq holda, maxsus moylarning ichida ishlatiladigan turlari bo‘lib, ularni tanlash tizimdagi tok kuchlanishiga bo g‘liq. Havoda ochiq holatda ishlatiladigan o‘chirib yoqish qurilmasini rubilniklar deb yuritiladi. Rubilniklar berkitiladigan qopqoqlar bilan jixozlanadi. Chunki o‘chirib-yoqish vaqtida hosil bo‘ladigan elektr yoylari inson hayoti uchun xavfli xisoblanadi. Bundan tashqari bu yoylar ta'sirida kuyib qolish mumkin. .
Tugmasimon o‘chirib-yoqish qurilmalari rubil'nikning bir turi bo‘lib, bunda ulash va o‘chirish elektromagnit yordamida amalga oshiriladi.
Elektr tizimlarini o‘chirib-yoqish ishlarida magnitli yoqish qurilmalaridan keng foydalaniladi. Magnitli yoqish qurilmasi maxsus qutilarga joylashtirilgan bo‘lib, ular tugmalar yordamida boshqapiladi. Bu tugmalar xoxlagan uzoqlikda, xoxlagan joyga o‘rnatilishi mumkin. Ular ham ishlatilayotgan uchastkaning holatiga qarab (gaz, bur, chang). Ochiq , berk, chang kirmaydigan va portlashga xavfsiz qilib o‘rnatilishi mumkin.
500 Vdan yuqori bo‘lgan kuchlanishlardagi elektr tizimlari yoqib-o‘chirish qurilmalarida amalga oshiriladi. Buning asosiy moxiyati shundaki, uning kontaktlari moy ichiga joylashtirilgan, kontaktlar ulanganda xosil bo‘ladigan elektr yoyi issiqlik ta'sirida moydan xosil bo‘lgan hut va gazlar muxitida tez so‘nadi. Moyda ishlatiladigan o‘chirish tizimlaridan foydalanganda portlashdan va moy sachrashi natijasida xosil bo‘ladigan elektr toki urish xavfidan yextiyot bo‘lish kerak.
Elektr yoyi ta'sirida ajralib chiqqan moy huqlari va gazlari havo bilan aralashib ketgan hollarda portlash xavfi yuz beradi. Shuning uchun bunday o‘chirib-yoqish tizimlarining ochilib qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Elektr yordamida qo‘lda ishlatiladigan drel, gayka buragich, silliqlovchi va pardozlash mashinalari va boshqalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
elektr tokiga oson ulanib o‘chirilishi, xavfsiz, shuningdek ishlatish davrida tok o‘tkazuvchi qismlariga odamning tegib ketish va tok ta'siriga tushib qolishi yextimoli bo‘lmasligi kerak.
Bunday asboblar bilan ishlaganda, uning metall korpuslari orqali, yaxshi yerga ulangan metall qismlarda turib ishlov berayotgan vaqtda, zax xonalarda ish bajarishda, shyningdek ochiq joyda ish oli6 borganda elektr toki ta'siriga tushib qolish mumkin.
Bunday xollarda elektr xavfi darajasini kamaytirishning birdan-bir yo‘li xavfsiz kuchlanishlarda ish olib borishdir. Lekin bunday ishlarda kuchlanishni pasaytiruvchi qurilma kerak bo‘ladi. Xavfli sharoitlarda elektr asboblarini qo‘lda ishlatish kuchlanishi 36V dan oshmagan, 1 Kvt gacha quvvatga ega bo‘lgan, chastotasi 200 Gts li elektr quvvatidan foydalanish tavsiya etiladi.
Qo‘lda ishlatiladigan asboblarni 220V kuchlanishlarda ishlatishga faqat xavfsiz xonalarda, ochiq havoda ish olib borishda esa, elektr asboblari faqat 36 V gacha bo‘lgan quchlanishlar bilan ruxsat etiladi.
Ba'zan bunday kuchlanishlarga elektr asboblarning quvvati etmay qolsa, asbob korpusi mustaxkam yerga ulanib, ishlayotgan kishi shaxsiy muxofaza aslaxalaridan foydalanishi shart. Shaxsiy muxofaza aslaxalariga rezina qo‘lqop, rezina kalish gilamcha va fartuklar kiradi.
Qo‘lda ishlatiladigan elektr asboblarining tuzilishida xavfsizlikni taminlash elementlari bo‘lishi kerak, shuningdek 36V dan ortiq, kuchlanishda ishlaydigan asboblar diametri 4mm dan kam bo‘lmagan o‘tkazgichdan tayyorlangan, nol simiga yoki yerga ulangan simga ulash uchun qisqichga ega bo‘lishi shart.
Elektr asbobini tokka ulash ko‘p simli kabellardan tashkil topgan bo‘lishi, oddiy sim bo‘lgan taqdirda rezina shlang kiygizilib, muxofazalangan bo‘lishi shart. Ko‘pincha bunday kabellar tarkibida nolga, yerga ulash uchun muljallangan simlar ham bo‘ladi. Rezetkalarda esa, yerga ulangan yoki nol simi nuqtalari bo‘ladi.
Payvandlash agregatini payvand qlinayotgan joyga iloji boricha yaqinroq, o‘rnatish kerak. Mashina va agregatlar bilan payvandlash agregati orasidagi masofalar elektp jixozlarini o‘rnatish qoidalarida belgilanadi.
Doimiy tok mashinalarini umuman sanoat korxonalarida markazlashtirilgan holda joylashtiriladi, ammo ularning o‘rnatilgan joylari bilan payvandlash postlari oralig‘i 40 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Payvand qilish generatori, transformator va apparatlarini ochiq, havoda o‘rnatish , faqat ular berk va namlikni saqlovchi muxofaza qurilmasiga ega bo‘lgan hollardagina ruxsat etiladi. Ularni asosan usti yopilgan va yonuvchi materiallardan holi bo‘lgan ayvonchalarga joylashtirish tavsiya etiladi.
Har bir payvandlash qurilmasini saqlovchi muxofaza qurilmalari orqali uni taminlayotgan elektr tapmog’iga ulanishi kerak.
Payvandlash ishlari ikkita sim orqali amalga oshiriladi. Birinchi sim asosiy hisoblanib, u yaxshi muxofaza qobig’iga ega bo‘lgan kabeldan iborat, ikkinchi sim esa, qaytuvchi sim xisoblanib, uni yetarlicha kesimga ega bo‘lgan har qanday metalldan yasalgan bo‘lishi, shuningdek payvand qilinayogan qurilmaga qotirilgan bo‘lishi shart.
Bu simlarga muxofaza qobig’i shart emas. O‘tkazgichlar sifatida stellajlar, payvandlash plitalari va metall konstruktsiyalardan ham foydalanish mumkin.
Payvand qurilmasining ikkinchi simi sifatida gaz quvurlari, suv o‘tkazuvchi quvurlar, binolarning metall konstruktsiyalari, shuningdek texnologik jixozlardan foydalanish mytlaqo taqiqlanadi.
Ish bajarayotgan payvandlash generatorlarining kuchlanishi transformatorlarining kuchlanishi 80 V dan ortiq, bo‘lmasligi shart.
Yoysimon paynandlash ishlarini har xil idishlar, qozonlar yoki shunga o‘xshash yopiq joylarda qo‘lda yoki avtomatik ravishda bajarishga bu qurilmalarda yoy uzilgandan keyin, 0,5Sdan ortiq , bo‘lmagan vaqt ichida o‘chirish qurilmasi bo‘lgan xollardagina ruxsat etiladi. Shuning bilan birga, albatta tashqarida biror kor xol yuz bersa, yordam berishga tayyor bo‘lib turgan kuzatuvchi bo‘lishi shart.
Bosim ostidagi idishlarda, shuningdek engil alangalanuvchi yoki portlovchi moddalar bo‘lgan idishlarda payvandlash ishlarini olib borish taqiqlanadi
Elektr toki ta'siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:
1) tok ta'siridan qutqarish 2) birinchi yordam ko‘rcatish.
Tok ta'siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qyrilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir.
Agar buning iloji bo‘lmasa (masalan, uchirish qurilmasi uzoqda bo‘lsa), unda tok kuchlanishi' 1000 Vdan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yo g’ochli bo‘lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta'siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 Vdan ortiq bo‘lsa unda dielektrik qo‘lqop va elektr izolyatsiyasi mustaxkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish uning holatiga qarab belgilanadi. Agar ta'sirlangan kishi xushini yo‘qotmagan bo‘lsa, uning tinchligini ta'minlab, vrach kelishini kutish yoki tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta'sirida xushini yo‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, uni quruq va qulay joyga yotg’izish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishini ta'minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jaroxatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa unda bu kishiga sun'iy nafas oldirish zarur
Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda suniy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Sun'iy nafas oldirish jaroxatlangan kishini tok ta'siridan qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq., boshlanishi kerak. Sun'iy nafas oldirish og‘izdan og‘izga" deb ataluvchi usul bilan ya'ni yordam ko‘rsatuvchi kishi o‘z o‘pkasini havoga to‘ldirib, jaroxatlangan kishi og’zi orqali uning o‘pkasiga bu havoni xaydaydi. Odam o‘pkasidan chiqqan havo ikkinchi odam o‘pkasi ishlashi uchun etarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jaroxatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og’zi ochib tozalanadi, havo o‘tish yo‘lini ochish uchun boshini bir qo‘li bilan peshona aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan bo‘ynidan tortib, tanani buyni bilan taxminan bir chiziqda keltiriladi. Shundan keyin ko‘krak qafasini to‘ldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni jaroxatlangan kishi og’zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi oqg’zi bilan, jaroxatlangan kishining og’zini butunlay berkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak
Shundan keyin yordam ko‘rsatuvchi boshini ko‘tarib, yana o‘pkassini havoga to‘ldiradi. Bu vaqta jaroxatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqaradi.
Bir daqiqada taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastrumol va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jaroxatlangan kishi mustaqil nafas olishini tiklagan taqdirda ham, suniy nafas oldirishni bemor o‘ziga kelguncha davom ettiriladi.
Yurakni tashqaridan massaj qilish jaroxatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun'iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.
Qorin bo‘shlig’idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq, yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga turli burchak shaklida qo‘yib, jaroxatlangan kishining ko‘krak qafasi tana og’irligi bilan 15-25 kt miqdordari kuch bilan bosiladi. Bosish soniyasiga ichkariga qarab 3- 4sm pasayish kerak.
Massaj qilish sun'iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam kursatayotgan kishi bir o‘zi bo‘lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosishi kerak.
Jaroxatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo‘lganligini uniig pul'sini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2 - 3 soniyaga to‘xtatib, tomir urishi sanab ko‘riladi.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling