Ma’ruza 10-mavzu: Texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari


Download 1.29 Mb.
bet7/9
Sana22.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1379821
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Maruza

Qat’iyan man etiladi:
- akkumulator batareyalari uchun mo‘ljallangan xonada chekish, ovqatlanish, ochiq olov bilan kirish, uchqun beradigan yelekrt isitkich asboblaridan va apparatlaridan foydalanish;
- zaryadlash paytida akkumulatordagi yelektrolit darajasini va uning holatini tekshirish maqsadida proba olish teshigini gugurt yoki boshqa turdagi ochiq olov bilan yoritish;
- ishqor bilan ishlash va yelektrolit tayyorlash uchun ajratilgan idishdan boshqa maqsadlarda foydalanish;
- bitta xonada ishqorli va kislotali akkumulatorlarni joylashtirish va zaryadlash;
- korpusi shikastlangan (yorilgan, yezilgan, idish devorlari bo‘rtgan) yoki yelektrolitni qo‘yib yuboruvchi nosoz qopqoqchalari bo‘lgan akkumulatorlardan foydalanish;
- zaryadlovchi va rostlovchi moslamasining tok yurituvchi qismlarida har qanday ishlarni bajarish va uning qoplamlarini olish, shuningdek rostlagichni yelektr tarmog‘idan o‘chirmasdan saqlagichlarini almashtirish.
Aloqa va signalizsiya mutaxassislariga aloqa apparatlari tarkibiga kirmaydigan yorituvchi elektr tarmog‘i va elektr moslamalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Chegara naryadlari kuzatuv minoralarida xizmat o‘tashda quyidagilarga majburlar:
minoraga yaqinlashganda tayanch plitalarning fundamentga biriktrilganligini, tortib turuvchi simlarni tekshirishlari va ularning sozligiga ishonch hosil qilishlari; chiqish va tushishda zinaga qarab, ikkala qo‘l bilan dastagdan ushlab va avtomatni “Orqaga” holatida ushlab chiqish va tushishni amalga oshirishlari; budkaga ko‘tarilganda tuynuk qopqog‘ini biriktirilgan holatini, to‘suvchi panjarani va pol to‘shamasini sozligini tekshirishlari; minoraga ko‘tarilgandan so‘ng tuynukni yopishlari va uni doimo yopiq holatda ushlashlari; qishda zinapoyaning zinalari, o‘tish maydonchalari, budkaning panjara va balkonini qordan tozalashlari, to‘shamaga yesa bundan tashqari, qum sepishlari zarur.
Panjara tusig‘iga suyanish va o‘tirish; minorada chekish va o‘t yoqish qat’iyan man yetiladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling