Ma’ruza №11 Mavzu: Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari. O‘zgarmas tok ampermetri va voltmetrini qiyoslash. O‘zgaruvchan tok ampermetri va voltmetrlariini qiyoslash Reja
Download 216 Kb.
|
12-Ma\'ruza. Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari (1)
2. Qiyoslash usulini tanlash. Ampermetr, voltmetr, vattmetr va varmetrlarning asosiy xatoligini va variyasiyasini aniqlash uchun namuna asbobi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash usuli keng tarqalgan, kompensatsion usul va termoelektrk komporatsiyalash usuli.
Taqqoslash usuli sodda, murakkab jixozlar va yuqori kvalifikatsiyali qiyoslovchi talab qilinmaydi, bu usulga barcha xolatlarda taya’nish mumkin. Ushbu usulni qo‘llanilishiga chegaralovlar namuna va qiyoslnayotgan asboblar orasida talab qilingan zaxirani ushlab turish kerak. Amalda usul aniqlik sinfi 0,5 va undan past bo‘lgan asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi. Kompensatsion usul doimiy tokda ishlovchi aniqlik sinfi 0,5 va undan yuqori asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi. Termoelektrik kompensatsiyalash usuli o‘zgaruvchan tokda aniqlik sinfi 0,2 va aniqroq asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan va doimiy tok kalibratorlarni qo‘llanilishi qiyoslashni soddalashtiriladi, chunki ta’minot manbasi va namunali asbobga extiyoj yo‘qoladi. Lekin kalibratorlarni ko‘p ishlab chiqarilmaganligi sababli qiyoslash amaliyotida ularning qo‘llanilishi cheklangan. Qiyoslashga tayyorgarlik ko‘rishda qiyoslash usuli masalasini xal qilish kerak, namunali o‘lchash vositasi, ta’minot manbasini tanlash kerak. Qiyoslash vositasini tanlash bilan tok, chastota, quvvat koeffitsienti turi masalasini echish bilan bog‘liq. Demak, faqat doimiy yoki o‘zgaruvchan tok uchun mo‘ljallangan asboblar mos keluvchi tokda qiyoslanishi kerak. O‘zgaruvchan va doimiy tok uchun mo‘ljallangan asboblar boshqa masala. Agar asbob doimiy va o‘zgaruvchan toklar uchun turli shkalalarga ega bo‘lsa uni doimiy va o‘zgaruvchan tokda qiyoslash kerak bo‘ladi. 1,0 va pastroq sinfli asboblar o‘zgaruvchan tokda qiyoslanadi, lekin bu xolat qandaydir sababga ko‘ra amalaga oshirish ilojisi bo‘lmasa, qiyoslash doimiy tokda amalaga oshirilishi mumkin. 0,05 – 0,5 aniqlik sinfidagi asboblarni xatoligini aniqlashda doimiy va o‘zgaruvchan tokda amalaga oshirilishi kerak. Mustasno asboblar quyidagilardir, ularning natijalarini o‘zgarishi uni doimiy tokdan o‘zgaruvchan tokga ulanishda. Bunday asboblarni faqat doimiy tokda qiyoslanadi. Afsuski, asbob uchun texnik xujjatda kerakli ko‘rsatmalar berilmaydi. Bu masalada tok turini tanlashda ayrim takliflarni keltiramiz. Elektromagnit va ferromagnit tizim asboblari xar qanday tok turida qo‘llanilishi mumkin, lekin asbobning ishlashiga chastotani ta’siri aniq, bu esa doimiy va o‘zgaruvchan tokdagi ko‘rsatkichlar orasida katta farq keltirib chiqaradi. SHuning uchun ushbu asboblarni ishlatilishi kutilayotgan toklarda qiyoslash maqsadga muvofiqdir. Elektromagnit tizim asboblari doimiy va o‘zgaruvchan tokda juda kam miqdordagi ko‘rsatkichlar farqiga ega, shuning uchun ular doimiy tokdagi potensiometrik qurilmada qiyoslanadi. SHuni ta’kidlash kerakki, 0,5 sinfdagi asboblar o‘zgaruvchan tokdagi 0,1 sinf asboblar ko‘rsatkichi bilan solishtirish bilan qiyoslanishi mumkin. O‘zgaruvchan tokdagi 0,2 sinf va aniqroq asboblarning qiyoslanishi termoelektrik komporatorlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Nominal chastotalar soxasiga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok asboblari chastotaning ikki qiymatida qiyoslanishi kerak: va f2=fK bu erda: fq, fyu – nominal chastotalar soxasining yuqori va quyi chegaralari. Tok va chastota turidagi masalalarni echishda ekspluatatsiya’ni konkret shartlari xisobga lish kerak va asbobni ishlatilishi ko‘zda tutilayotganda chastota va tok qiyoslanishi kerak. O‘lchov yaxlitligini yo‘qotmaslik maqsadida namuna asboblarini barcha chastotalar diapazonidagi doimiy va o‘zgaruvchan toklarda qiyoslash tavsiya qilinadi. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling