Ma’ruza №11 Mavzu: Gaz molekulalarining tezliklar bo’yicha (Maksvell) taqsimoti. Bol’sman taqsimoti


Download 387 Kb.
bet1/4
Sana06.10.2023
Hajmi387 Kb.
#1693073
  1   2   3   4
Bog'liq
287e03db1d99e0ec2edb90d079e142f3


Ma’ruza № 11


Mavzu: Gaz molekulalarining tezliklar bo’yicha (Maksvell) taqsimoti. Bol’sman taqsimoti.


Mavzu rejasi




  1. Gaz molekulalarining tezliklar bo’yicha (Maksvell) taqsimoti.

  2. Shtern tajribasi.

  3. Barometrik formula.

  4. Bol’sman taqsimoti.

  5. Erkin yugurish yo’lining o’rtacha uzunligi va o’rtacha to’qnashishlar soni.

Tayanch so'z va iboralar


Gaz molekulalarining tezliklar bo'yicha taqsimot funksiyasi, ehtimolli tezlik, kvadratik tezlik, tern tajribasi, barometrik formula, Bolsman taqsimoti, erkin yugurish yo'lining o'rtacha uzunligi, o'rtacha to'qnashishlar soni, o'rtacha erkin yugurish yo'lining uzunligini gaz bosimi va haroratiga bog'liqligi.


Gaz molekulalarining tezligi son jihatidan va yo’nalish bo’yicha ularning bir-biri bilan to’knashuvi natijasida, doimo o’zgarib turadi. Tezlikning barcha yo’nalishlari teng ehtimolli bo’lgani uchun, molekulalar har bir yo’nalish bo’yicha teng taqsimlanadi; har qanday orientirlangan d fazoviy burchak ichida har bir paytda o’rta hisobda bir xil dN sondagi molekulalarning harakat yo’nalishi yotadi. Tezliklarning son qiymatiga kelsak tezlikning 0 dan bo’lgan qiymatlari bir xil ehtimollik bilan uchramaydi. Chunki to’knashuvlarda molekulalarning tezligi tasodifiy ravishda o’zgaradi. Agar hamma molekulalar bitta molekula bilan to’qnashib unga energiya bersalar ham, bu molekulaning tezligi chekli qiymatga ega bo’ladi ( bo’lmaydi ). Bu protsess ehtimolligi kichikdir, ya’ni o’rtacha tezlikdan katta bo’lgan tezliklar ehtimoli kichikdir. Agar to’knashuvdagi 1 ta molekula to’xtab koladigan protsess bor desak, u protsess ehtimoli ham kichikdir, demak v>>0 bo’lganda ham, v>> bo’lganda ham shunday tezlikli molekulalar uchrash ehtimoli 0 ga intiladi.



Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling