Ma’ruza №11 yer yuzasining floristik regionlari reja
Download 146.58 Kb. Pdf ko'rish
|
MA’RUZA №11 YER YuZASINING FLORISTIK REGIONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Flora va fauna oblasti
- Provinstiyalar
MA’RUZA №11 YER YuZASINING FLORISTIK REGIONLARI Reja: 1.Floristik komplekslar haqida tushuncha, floristik rayonlashtirish va uning amaliy ahamiyati 2. Floristik shox bo’limlar, oblastlar va ularning tavsifi 3. Yer yuzasining floristik rayonlashtirilishi Tayanch so’z va iboralar: Taksonomik birliklar, hukmronlik, oblast, okrug, stenopopulyastion maydon, golarktik, paleotropik, neotropik, Kap, Avstraliya, Golantarktik o’simliklar hukmronliklari, o’simliklarni geografik tarkalishi. Shunga ko’ra o’simlik va hayvonlarning tarqalishini o’rganishda taksonomik birliklardan foydalaniladi: 1. Hukmronlik. Hukmronlik eng katta taksonamik birlik bo’lib, o’simlik va hayvonlarning tarixan kelib chiqishi va genetik jihatdan bir-biriga bog`liq bo’lgan oila, sinf, tiplarning bir kancha gruppirovkasini o’z ichiga oladi. Lekin hukmronlik faqat hudud jihatidan katta maydonlargagina emas, u floristik va faunistik jihatdan juda boy va ularning boshqa joylarda takrorlanmasligi, ya’ni yaqqol ajralib turadigan kichik hududlarga ham bu kategoriyalar beriladi. Masalan: kap hukmronligi juda kichik oblast bo’lsa ham flora va faunasi boshqa joyda uchramaydi. Shuning uchun alohida ajratilgan. 2. Flora va fauna oblasti - maydon jihatdan hukmronlikka nisbatan bir necha barobar kichik. Shu hukmronlikning ma’lum bir qismining, ya’ni o’ziga xosligi o’simlik va hayvonlarning shu hukmronlik ichida boshqa oblastlarga o’xshamasligi bilan ajralib turadi. 3. Provinstiyalar - Oblast maydonining bir necha provinstiyalarga bulinishi. Bu provinstiyalar oblast ichidagi boshqa provinstiyalardan flora va faunasining o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. 4. Provinstiyalar - o’z navbatida bir necha okruglarga bo’linadi. Okruglar esa rayonlarga bo’linadi. Rayonlar esa stenopopulyastion maydonlarga bo’linadi, ya’ni aniq maydonlarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda yashab turgan o’simlik areallarini o’rganish va ularning bir-biriga solishtirish asosida hamda tarixiy kelib chiqishi paleantalogik metodlar bilan aniqlanib va genetik jihatdan bir-biriga bog`liqligini o’rgangan holda er sharining barcha quruqlik qismi 6 ta o’simlik hukmronligiga va 34 ta floristik oblastlarga bo’lib o’rganiladi. Download 146.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling