Ma’ruza №11 yer yuzasining floristik regionlari reja


Download 146.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.58 Kb.
#1598841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MA’RUZA №11 YER YuZASINING FLORISTIK REGIONLARI

11. Sudan-Zambiya oblasti - bu oblast katta hududni egallaydi. Deyarli 
Afrika mamlakatlari, Arabiston yarim oroli, Hindistonning shimoli-g`arbi kiradi. 
Bu oblast hududining katta qismi iqlim jihatidan bir-biriga yaqin, lekin okean va 
dengiz qirg`oqlaridagi iqlim sharoiti bir-biridan keskin farq qilganligi sababli bu 
oblast ham endem turlarga boy, 3 ta endemik oila mavjud 
12. Karunambiya oblasti - Namibiya kiradi. Hududi bir muncha kichikroq. 
Afrikaning janubi-g`arbida joylashgan. Bunga Oranjiviy daryosi havzasi va 
JARning bir qismi kiradi. Bu oblast hududida 1 ta oila endem va 10 lab turlar 
endem hisoblanadi. 
13. Vozniseniya va Avliyo Elena orollari oblasti - bu oblast hududiga 2 ta 
orol kiradi. Lekin bu 2 ta orolni 1 ta oblast tarkibiga kiritilishiga sabab, ularning 
iqlimi, o’simliklari o’ziga xos va takrorlanmas. Avliyo Elena orolida o’sadigan 39 
turning 38 tasi endem hisoblanadi. Vozniseniya orolida oborigen o’simliklar yo’q, 
migrastion yo’l bilan o’simliklar ko’paygan. Bu orolda ham hozirgi paytda 2 ta 
endem tur yashaydi. 


14. Madagaskar oroli oblasti - bu oblast hududiga Madagaskar oroli, uning 
atrofidagi bir qancha orollar, ya’ni Kamor orollari, Aldabr orollari, Seyshal 
orollari, Maskirent orollari kiradi. Bu oblast orollarida iqlim sharoiti turlicha 
bo’lganligi uchun o’simliklar hayoti uchun nihoyatda qulay va shuning uchun bu 
kichik hududda 9 ta 450 dan ortiq avlod 780 tur endem turlar bor. 
15. Hindiston oblasti - bunga Hindiston yarim oroli, uning janubidagi Xind 
okeani orollari, Maldiv orollari, Chagos arxipelagi, Steylon oroli kiradi. Bu 
oblastda endem oila yo’q. 100 dan ortiq avlod va bir necha yuzlab endemik turlar 
bor. 
16. Hindixitoy oblasti - bunga Birmaning tropik qismi, Tailand, Xindixitoy, 
Andaman, Nikabar orollari kiradi. Bu oblastda ham endemik oila yo’k. Lekin 250 
dan ortiq endem avlod va bir necha yuzlab endem turlar mavjud. 

Download 146.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling