Ma’ruza №12. Kon atmosferasi. Reja: 1
Download 288.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza-12. (5)
MA’RUZA № 12. KON ATMOSFERASI. Reja: 1. Kon havosi. 2. Ko’mir konlari va tog’ jinslarining gazga to’yinganligi (metandorligi) va shaxtalarning gazga boyligi (metanga boyligi). 3. Shaxtalarda xavfli to’planmalar va metanning portlashiga qarshi kurash tadbirlari. 4. Kon changi. 5. Ko’mir changlarining portlashi bilan kurash tadbirlari. 6. Shaxta va rudniklarning issiqlik tizimlarini boshqarish Tayanch iboaralar: kon havosi gazlarining fizik-mexanik xususiyatlari, kislorod, azot, karbonat angidrid, uglerod oksidi, vodorod sulfid, oltingugurtli gaz, metan, ko'mir konlarini oldindan gazsizlashtirish, shaxtadagi iqlim sharoitlarining kon ishchilariga ta'siri. Shaxtaning kon laxmlaridagi yaxshi sanitar-gigiyenik va xavfsiz ish sharoitini yaratish uchun yer yuzasidan shaxtaga atmosfera havosining toza oqimi uzleksiz uzatilib turiladi. Kon laxmlarida oqib borayotgan atmosfera havosi bir necha o’zgarishlarga duch keladi: uning tarkibida yonuvchi va zararli gazlarning ta’siri natijasida kislorod miqdori kamayib boradi, havoning fizik holati (namligi, solishtirma hajmi) o’zgaradi va alohida hollarda temperaturasi ortadi. Bundan tashqari, foydali qazilmalar va tog’ jinslari tarkibidan ajralib chiqadigan yonuvchi gazlar ta’sirida yong’inga xavfli aralshmalar hosil bo’lishi mumkin. Havo tarkibidagi kislorodning kamayishi shaxtalarda sodir bo’ladigan oksidlanish jarayoniga olib keladi. Kon havosi quyidagi uch tarkibiy qismdan tashkil topgan: gazlar aralashmasidan tashkil topgan atmosfera havosi (78,07% azot, 20,95% kislorod, 0,94% argon, 0,03% karbonat angidrid va 0,01% boshqa turli gazlar), azot va karbonat angidrid gazining aralashmasi (odatda “o’lik havo” deb ataladi), aktiv gazlar (ular foydali qazilmalar va tog’ jinslaridan ajralib kon atmosferasiga qo’shiladi). Kon havosi gazlarining fizik-mexanik xususiyatlari. Kislorod (O 2 ) – rangsiz, hidsiz va ta’msiz, solishtirma og’irligi 1,106 bo’lgan gaz. Kislorod juda aktiv gaz, u juda ko’p elementlar bilan oson birikadi va oksidlanish, kimyoviy reaksiyalar, yonish va insonlarning nafas olish jarayonlari mavjud bo’lishi uchun juda zarur komponent hisoblanadi. Shaxtalardagi xavfsizlik qoidalariga muvofiq kon havosida kislorodning miqdori 20% dan kam bo’lmasligi kerak. Tarkibidagi kislorodning miqdori 19% gacha bo’lgan havodan nafas olganda, insonda nasaf qisishi boshlanadi, 18% kislorod bo’lganda esa nafas qisishi yanada kuchayadi va nafas olish chastotasi deyarli ikki marta ortadi, 17% kislorod bo’lganda quloqlarda shovqin paydo bo’ladi va ishlash qiyinlashadi, kislorod 16% bo’lganda odam darmonsizlanganini his qiladi, lekin hali harakatlanishga qodir bo’ladi. Havo tarkibida 13-15% kislorod bo’lganda odam harakatlana olmay qoladi, ko’z oldi xiralashishi kuzatiladi va kislorod 11-12% bo’lganda esa inson hushidan ketadi. Azot (N 2 ) – rangsiz, hidsiz va ta’msiz solishtirma og’irligi 0,97 bo’lgan gaz. Shaxtalarda organik moddalarning chirishi natijasida, tog’ jinslari va foydali qazilmalarni portlatish ishlarida azot ajraladi. Azot yonmaydi va zaharli emas. Karbonat angidrid (С0 2 ) – ozroq achchiq hidli va ta’mli rangsiz gaz, suvda oson eriydi. Uning solishtirma og’irligi 1,52 ga teng. U yonmaydi va nafas olishga yaramaydi. Ko’mir va boshqa tog’ jinslaridan ko’mir oksidlanganda, mustahkamlovchi yog’ochlar chiriganda, portlatish ishlari olib borilganda va insonlar nafas olganda karbonat angidrid ajraladi. Shuningdek, metan yonganda va ko’mir changlaridan hamda kon yong’inlaridan ham karbonat angidrid paydo bo’ladi. Ko’mir qatlamlarida karbonat angidridning miqdori juda ko’p bolishi va u bir tekisda, tinch shaklda ko’mir tarkibidan oqib chiqishi yoki to’satdan otilib chiqishi mumkin. Kon havosi tarkibida karbonat angidridning 1% bo’lishi insonda nafas olish chastotasining oshishiga olib keladi, nafas qisishi va kuchsizlanish paydo bo’ladi, 4-5% karbonat angidrid bo’lganda esa nafas olish chastotasi uch barobar ortadi, 5-6% karbonat angidrid bo’lsa, nafas olish juda qiyinlashadi, 10% karbonat angidrid bo’lganda esa hushdan ketish bo’lishi mumkin, karbonat angidrid 20-25% bo’lganda esa o’limga olib keladi. Kon havosida С0 2 ning miqdori quyidagilardan oshib ketmasligi kerak: ish joylarida va kiriluvchi uchastkalarda – 0,5%, kon laxmlarida – 0,75% va kon laxmlarini o’tish va ularni qayta tiklash olib borilayotganda – 1% dan oshmasligi kerak. Karbonat angidridning mavjudligi benzinli lampalar, УГ1-3 ko’chma gaz analizatori, ШИ-3, ШИ-5 va ШИ-6 uskunalari yordamida aniqlanadi. Ushbu uskunalar interferension suratlar aralashmasini o’lchash prinsipi asosida ishlaydi. УП-З gaz analizatori 0,1– 10% konsentratsiyali karbonat angidridni 0,1% aniqlikda o’lchay oladi. ШИ-3 gaz aniqlagich 0 – 6% konsentrasiyali karbonat angidridni 0,25% aniqlikda o’lchaydi. С0 2 ning ajralishi bo’yicha karbonat angidridning o’rtacha sutkalik miqdorini xarakterlovchi absolyut karbonat saqlaganlik aniqlanadi. Shaxtalar nisbiy karbonat angidrid saqlashiga ko’ra to’rt guruhga ajratiladi: Shaxtalarning nisbiy ko’mir saqlashi, m 3 /t Shaxtalarning karbonat angidrid saqlaganlik bo’yicha kategoriyalari 5 gacha I 5 dan 10 gacha II 10 dan 15 gacha III 15 dan ortiq Yuqori kategoriyalar Uglerod oksidi (СО), "is gazi" nomli gaz - rangsiz, hidsiz va ta'msiz gaz. Solishtirma og'irligi 0,97. Juda kuchli zahar, yonadi va portlaydi. Uglerod oksidi kon laxmlarida portlatish ishlari, yer osti yong'inlari, metanning portlashi va ko'mir changi natijasida hosil bo'ladi. Kislorod oksididan zaharlanish darajasi uning havo tarkibidagi konsentratsiyasi va insonning zaharlangan atmosferadan nafas olish uzoqligiga bog'liq. Kon havosi tarkibida 0,4% uglerod oksidi bo'lganda inson juda tez zaharlanadi va bu o'lim bilan yakunlanishi mumkin. Xavfsizlik qoidalariga binoan kon havosi tarkibida uglerod oksidining miqdori 0,0016% dan oshib ketmasligi kerak. Portlashdan keyin ishchilar zaboyga kirishi ruxsat etilishidan oldin kon atmosferasida uglerod oksidining miqdori hajm bo'yicha 0,008% dan oshib ketmasligi kerak. Kon laxmlarida uglerod oksidining mavjudligi ГХ-4 va ГХ-1 gaz aniqlagichlar va ОС-3 termik gaz aniqlagichlari yordamida aniqlanadi. Vodorod sulfid (H 2 S) — rangsiz, solishtirma og'irligi 1,19 bo'lgan gaz, shirin ta'mga ega va hidlangan tuxumning hidiga ega, suvda oson eriydi. Vodorod sulfid juda zaharli, insonning nafas olish organlariga va ko'zning shilliq qatlamiga ta'sir qiladi. Kon havosida 0,015% vodorod sulfidning mavjud bo'lishi kishida bosh og'rig'i va ko'ngil aynishiniga sabab bo'lsa, 0,08 vodorod sulfid bo'lganda esa o'lim holati yuz beradi. Xavfsizlik qoidalariga binoan shaxtada vodorod sulfidning miqdori 0,00066% dan oshib ketmasligi kerak. Shaxtalarda vodorod sulfid organik moddalarga havoning bormasligi tufayli ularning, mustahkamlagich yog'ochlarning, portlash jarayonlarining ta'sirida paydo bo'ladi. Vodorod sulfid foydali qazilma va tog' jinslari yoriqlaridan va shaxta suvlaridan ajralib chiqishi mumkin. Kon havosi tarkibida vodorod sulfidning mavjudligi 0,00033-0,00066% oraliqda ГХ-4 va ГХ-1 gaz aniqlagichlari bilan aniqlanadi va o'lchanadi. Oltingugurtli gaz (SO 2 ) — solishtirma og'irligi 2,2 bo'lgan o'tkir hid va ta'mli rangsiz yonmaydigan gaz. Juda zaharli, nafas olish organlari va ko'zning shilliq qatlamiga yomon ta'sir qiladi. SO 2 tarkibida oltingugurt bo'lgan ruda va tog' jinslarida portlatish va yong'in ishlari sodir bo'lganda hosil bo'ladi. Kon havosida oltingugurtli gazning miqdori 0,05% dan ortiq bo'lsa, u inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Xavsizlik qoidalariga binoan, kon havosi tarkibida SO 2 ning miqdori 0,0007% dan oshib ketmasligi kerak. Kon tarkibida SO 2 ning miqdori ГХ-4 va ГХ- 1 gaz aniqlagichlari yordamida o'lchamadi. Metan (СН 4 ) — hidsiz, ta'msiz va rangsiz kon zaharli gazi, yonadi. Metan odatda ko'mir shaxtalaridan ajraladi, lekin ayrim hollarda kam miqdorda qatlamli, kaliyli, uglerodli, bazida temir, nikel konlarida ham uchraydi. Metanning solishtirma og'irligi 0,554, shuning uchun u kon laxmlarining yuqori qismida yig'iladi. Kon havosining 5% metan bilan aralashmasi yonadi, 5- 16% metan bo'lganda esa portlaydi. Kon atmosferasida 16% metan bo'lganda u portlamaydigan holatga o'tadi. Ko'mir konlarida metan yoriqlarda, bo'shliqlarda va qisman ko'mirning yuzasida uchraydi. Metan miqdorini o'lchash uchun ШИ-3, ШИ-5 va ШИ-6 gaz o'lchagichlari xizmat qiladi. Download 288.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling