Ma’ruza №12. Kon atmosferasi. Reja: 1
Download 288.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza-12. (5)
Gaz saqlaganlik deb (m
3 larda), 1 tonna yoki 1 m 3 ko'mir qatlamida yoki tog' jinslaridagi gazning miqdoriga aytiladi. Qatlamlarning yotish chuqurligi ortishi bilan ularning gaz saqlaganligi ham ortib boradi. Metandorlik deganda esa shaxtadan ajralib chiqqan metanning miqdori tushuniladi. Absolyut va nisbiy metandorliklar farqlanadi. Absolyut metandorlik deb, shaxtadan birlik vaqt mobaynida ajralib chiqqan metanning miqdoriga aytiladi. U asosan sutkaga nisbatan olinadi. Nisbiy metandorlik deb, shaxtadan bir sutka davomida o'rtacha sutkalik 1 tonna qazib olingan foydali qazilmadan ajralib chiqqan metanning miqdoriga aytiladi. Nisbiy metandorlik karbonat kislota saqlash bilan solishtirilgan holda aniqlanadi. Nisbiy metandorlik kattaligiga bog'liq ravishda ko'mir shaxtalari to'rt kategoriyaga ajratiladi: Shaxtaning nisbiy metandorligi, M 3 /t Shaxtaning metandorligi bo'yicha kaytegoriyalari 5 gacha I 5 dan 10 gacha II 10 dan 15 gacha III 15 dan ortiq Yuqori kategoriyalar Qatlamdan ko'mirning ajralib chiqishining uch turi farqlanadi: oddiy, asta-sekin, uzluksiz, bir maromda ko'rinmas bo'shliq va yoriqlardan ajralib chiqish; suflyar - gazni bosimli oqim (fontan) shaklida foydali qazilmalar va yon jinslarning ko'rinuvchi yoriq va bo'shliqlaridan ajralib chiqish; to'satdan - deyarli bir onda katta hajmdagi metanning kon massasini yumshatib otilib chiqishi. Metanning oddiy ravishda ajralib chiqishi gaz ajralib chiqishining asosiy turi hisoblanadi va ko'pchilik shaxtalar gaz balansi bo'yicha katta ahamiyatga ega bo'ladi. Metanning suflyar ajralib chiqishi to'planib qolgan gazning kutilnaganda ochilib qolishi va kon laxmlarining gaz bilan to'lib qolishi bilan xavflidir. Bunda kon ishlari uzoq muddatga to'xtatilishi mumkin. Metanning kon laxmlariga to'satdan ajralib chiqishi ko'mir va gazning to'satdan otilib chiqishi ko'rinishida yuz berishi mumkin. Bu ko'mirning sachrab ketishi yoki kuchli gaz ajralganligi uchun juda xavflidir. Odatda zaboyga metan to'satdan ajralib chiqqanda ogohlantiruvchi signallar beriladi. Bu signallar ko'mirni zaboyga urib, charsillatib, zarba berib amalga oshiriladi. Signaldan so'ng juda kam vaqt oralig'ida ba'zida ko'mirning to'satdan ajralib chiqish hodisasi kuzatiladi. Buning natijasida ko'mir qatlami yoki tog' jinslarida uzunligi bo'yicha cho'zilgan bo'shliqlar hosil bo'ladi. Odatda ko'mir va gazning otilib chiqish hodisalari 250-300 m, 150 m dan chuqur joylardan boshlanadi. Eng ko'p to'satdan otilib chiqishlar tik qatlamlarda yuz beradi. Otilib chiqishlarda moyil bo'lgan ko'mir qatlamlari xavfli va xavf ostida bo'lga qatlamlarga ajraladi. Xavfli qatlamlarga shaxta maydoni chegaralarida ko'mir va gaz ajralib chiqishi yuz bergan qatlamlar; xavf ostida bo'lgan qatlamlarga qo'shni shaxta maydoni chegaralarida xuddi shu gorizontlarda otilib chiqishlar kuzatilgan qatlamlar kiradi. Ko'mir va gaz otilib chiqish xavfi bo'lgan qatlamlarni qazib olish Xavfsizlik qoidalari bilan chegaralanib qo'yiladi. Ko'mir va gazning to'satdan ajralib chiqishidan ogohlantirishning eng samarali vositasi himoya qatlamini oldindan ishlab chiqish hisoblanadi. Himoya qatlamlariga otilib chiqish xavfi bo'lmagan, xavfli qatlamdan pastda yoki yuqorida 60 m dan uzoq bo'lmagan masofada yotgan qatlamlar kiradi. Xavfli bo'lgan qatlamlardagi qazib olish ishlari tayyorlash laxmlarining minimal o'sishi va to'g'ri chiziqli qazib olish zaboyi bilan xarakterlanishi kerak. Tik qatlamlar lavalarida zaboyning shakli shift-pog'onali bo'lishi kerak. Otilib chiqishga xavfli bo'lgan qatlamlarni ochishda tez-tez to'satdan otilib chiqishlar kuzatiladi, shuning uchun bunday qatlamlarni ochish xavfsizlik qoidalarining maxsus yo'riqnomalari bilan chegaralaib turiladi. Otilib chiqishga xavfli bo'lgan qatlamni ochishdan oldin undagi gazning bosimi o'lchanadi. Gazning bosimi 10 atm gacha bo'lgan qatlamlar tebranma portlatish bilan ochiladi. Gazning bosimi 10 atm dan ortiq bo'lganda esa ularni ochishdan oldin qatlam himoyalanadi yoki xavfli qatlam skvajinalar orqali burg'ulanib gazlari chiqarib olinadi. Agar bularning iloji bo'lmasa. Qatlam metall karkasni qo'llab ochiladi. Download 288.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling