Ma’ruza №12. Kon atmosferasi. Reja: 1


Download 288.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.11.2023
Hajmi288.61 Kb.
#1746885
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'ruza-12. (5)



MA’RUZA № 12.
 KON ATMOSFERASI. 
 
Reja: 
1. 
Kon havosi. 
2. 
Ko’mir konlari va tog’ jinslarining gazga to’yinganligi (metandorligi) va shaxtalarning 
gazga boyligi (metanga boyligi). 
3. 
Shaxtalarda xavfli to’planmalar va metanning portlashiga qarshi kurash tadbirlari. 
4. 
Kon changi. 
5. 
Ko’mir changlarining portlashi bilan kurash tadbirlari. 
6. 
Shaxta va rudniklarning issiqlik tizimlarini boshqarish 
Tayanch iboaralar: kon havosi gazlarining fizik-mexanik xususiyatlari, kislorod, azot,
karbonat angidrid, uglerod oksidi, vodorod sulfid,
oltingugurtli gaz,
metan,
ko'mir konlarini 
oldindan gazsizlashtirish,
shaxtadagi iqlim sharoitlarining kon ishchilariga ta'siri. 
 
Shaxtaning kon laxmlaridagi yaxshi sanitar-gigiyenik va xavfsiz ish sharoitini 
yaratish uchun yer yuzasidan shaxtaga atmosfera havosining toza oqimi uzleksiz uzatilib 
turiladi. Kon laxmlarida oqib borayotgan atmosfera havosi bir necha o’zgarishlarga duch keladi: 
uning tarkibida yonuvchi va zararli gazlarning ta’siri natijasida kislorod miqdori kamayib boradi, 
havoning fizik holati (namligi, solishtirma hajmi) o’zgaradi va alohida hollarda temperaturasi 
ortadi. Bundan tashqari, foydali qazilmalar va tog’ jinslari tarkibidan ajralib chiqadigan yonuvchi 
gazlar ta’sirida yong’inga xavfli aralshmalar hosil bo’lishi mumkin. Havo tarkibidagi 
kislorodning kamayishi shaxtalarda sodir bo’ladigan oksidlanish jarayoniga olib keladi. 
Kon havosi quyidagi uch tarkibiy qismdan tashkil topgan: gazlar aralashmasidan tashkil 
topgan atmosfera havosi (78,07% azot, 20,95% kislorod, 0,94% argon, 0,03% karbonat angidrid 
va 0,01% boshqa turli gazlar), azot va karbonat angidrid gazining aralashmasi (odatda “o’lik 
havo” deb ataladi), aktiv gazlar (ular foydali qazilmalar va tog’ jinslaridan ajralib kon 
atmosferasiga qo’shiladi). 
Kon havosi gazlarining fizik-mexanik xususiyatlari. 
 
Kislorod (O
2
) – rangsiz, hidsiz va ta’msiz, solishtirma og’irligi 1,106 bo’lgan gaz. 
Kislorod juda aktiv gaz, u juda ko’p elementlar bilan oson birikadi va oksidlanish, kimyoviy 
reaksiyalar, yonish va insonlarning nafas olish jarayonlari mavjud bo’lishi uchun juda zarur 
komponent hisoblanadi. Shaxtalardagi xavfsizlik qoidalariga muvofiq kon havosida kislorodning 
miqdori 20% dan kam bo’lmasligi kerak. 
Tarkibidagi kislorodning miqdori 19% gacha bo’lgan havodan nafas olganda, insonda 
nasaf qisishi boshlanadi, 18% kislorod bo’lganda esa nafas qisishi yanada kuchayadi va nafas 
olish chastotasi deyarli ikki marta ortadi, 17% kislorod bo’lganda quloqlarda shovqin paydo 
bo’ladi va ishlash qiyinlashadi, kislorod 16% bo’lganda odam darmonsizlanganini his qiladi, 
lekin hali harakatlanishga qodir bo’ladi. Havo tarkibida 13-15% kislorod bo’lganda odam 
harakatlana olmay qoladi, ko’z oldi xiralashishi kuzatiladi va kislorod 11-12% bo’lganda esa 
inson hushidan ketadi. 
Azot (N
2
) – rangsiz, hidsiz va ta’msiz solishtirma og’irligi 0,97 bo’lgan gaz. Shaxtalarda 
organik moddalarning chirishi natijasida, tog’ jinslari va foydali qazilmalarni portlatish ishlarida 
azot ajraladi. Azot yonmaydi va zaharli emas. 
Karbonat angidrid (С0
2
) – ozroq achchiq hidli va ta’mli rangsiz gaz, suvda oson eriydi. 
Uning solishtirma og’irligi 1,52 ga teng. U yonmaydi va nafas olishga yaramaydi. Ko’mir va 
boshqa tog’ jinslaridan ko’mir oksidlanganda, mustahkamlovchi yog’ochlar chiriganda, 
portlatish ishlari olib borilganda va insonlar nafas olganda karbonat angidrid ajraladi. 
Shuningdek, metan yonganda va ko’mir changlaridan hamda kon yong’inlaridan ham karbonat 
angidrid paydo bo’ladi. Ko’mir qatlamlarida karbonat angidridning miqdori juda ko’p bolishi va 
u bir tekisda, tinch shaklda ko’mir tarkibidan oqib chiqishi yoki to’satdan otilib chiqishi 
mumkin. 


Kon havosi tarkibida karbonat angidridning 1% bo’lishi insonda nafas olish 
chastotasining oshishiga olib keladi, nafas qisishi va kuchsizlanish paydo bo’ladi, 4-5% karbonat 
angidrid bo’lganda esa nafas olish chastotasi uch barobar ortadi, 5-6% karbonat angidrid bo’lsa, 
nafas olish juda qiyinlashadi, 10% karbonat angidrid bo’lganda esa hushdan ketish bo’lishi 
mumkin, karbonat angidrid 20-25% bo’lganda esa o’limga olib keladi. 
Kon havosida С0

ning miqdori quyidagilardan oshib ketmasligi kerak: ish joylarida va 
kiriluvchi uchastkalarda – 0,5%, kon laxmlarida – 0,75% va kon laxmlarini o’tish va ularni qayta 
tiklash olib borilayotganda – 1% dan oshmasligi kerak. Karbonat angidridning mavjudligi 
benzinli lampalar, УГ1-3 ko’chma gaz analizatori, ШИ-3, ШИ-5 va ШИ-6 uskunalari 
yordamida aniqlanadi. Ushbu uskunalar interferension suratlar aralashmasini o’lchash prinsipi 
asosida ishlaydi. УП-З gaz analizatori 0,1– 10% konsentratsiyali karbonat angidridni 0,1% 
aniqlikda o’lchay oladi. ШИ-3 gaz aniqlagich 0 – 6% konsentrasiyali karbonat angidridni 0,25% 
aniqlikda o’lchaydi. 
С0
2
ning ajralishi bo’yicha karbonat angidridning o’rtacha sutkalik miqdorini 
xarakterlovchi absolyut karbonat saqlaganlik aniqlanadi. 
Shaxtalar nisbiy karbonat angidrid saqlashiga ko’ra to’rt guruhga ajratiladi: 
Shaxtalarning nisbiy ko’mir saqlashi, 
m
3
/t
Shaxtalarning karbonat angidrid 
saqlaganlik bo’yicha kategoriyalari 
5 gacha 

5 dan 10 gacha 
II 
10 dan 15 gacha 
III 
15 dan ortiq 
Yuqori kategoriyalar 
Uglerod oksidi (СО), "is gazi" nomli gaz - rangsiz, hidsiz va ta'msiz gaz. Solishtirma 
og'irligi 0,97. Juda kuchli zahar, yonadi va portlaydi. Uglerod oksidi kon laxmlarida portlatish 
ishlari, yer osti yong'inlari, metanning portlashi va ko'mir changi natijasida hosil bo'ladi. 
Kislorod oksididan zaharlanish darajasi uning havo tarkibidagi konsentratsiyasi va insonning 
zaharlangan atmosferadan nafas olish uzoqligiga bog'liq. Kon havosi tarkibida 0,4% uglerod 
oksidi bo'lganda inson juda tez zaharlanadi va bu o'lim bilan yakunlanishi mumkin. Xavfsizlik 
qoidalariga binoan kon havosi tarkibida uglerod oksidining miqdori 0,0016% dan oshib 
ketmasligi kerak. Portlashdan keyin ishchilar zaboyga kirishi ruxsat etilishidan oldin kon 
atmosferasida uglerod oksidining miqdori hajm bo'yicha 0,008% dan oshib ketmasligi kerak. 
Kon laxmlarida uglerod oksidining mavjudligi ГХ-4 va ГХ-1 gaz aniqlagichlar va ОС-3 
termik gaz aniqlagichlari yordamida aniqlanadi. 
Vodorod sulfid (H
2
S) — rangsiz, solishtirma og'irligi 1,19 bo'lgan gaz, shirin ta'mga ega 
va hidlangan tuxumning hidiga ega, suvda oson eriydi. Vodorod sulfid juda zaharli, insonning 
nafas olish organlariga va ko'zning shilliq qatlamiga ta'sir qiladi. Kon havosida 0,015% vodorod 
sulfidning mavjud bo'lishi kishida bosh og'rig'i va ko'ngil aynishiniga sabab bo'lsa, 0,08 vodorod 
sulfid bo'lganda esa o'lim holati yuz beradi.
Xavfsizlik qoidalariga binoan shaxtada vodorod sulfidning miqdori 0,00066% dan oshib 
ketmasligi kerak. Shaxtalarda vodorod sulfid organik moddalarga havoning bormasligi tufayli 
ularning, mustahkamlagich yog'ochlarning, portlash jarayonlarining ta'sirida paydo bo'ladi. 
Vodorod sulfid foydali qazilma va tog' jinslari yoriqlaridan va shaxta suvlaridan ajralib chiqishi 
mumkin.
Kon havosi tarkibida vodorod sulfidning mavjudligi 0,00033-0,00066% oraliqda ГХ-4 va 
ГХ-1 gaz aniqlagichlari bilan aniqlanadi va o'lchanadi. 
Oltingugurtli gaz (SO
2
) — solishtirma og'irligi 2,2 bo'lgan o'tkir hid va ta'mli rangsiz 
yonmaydigan gaz. Juda zaharli, nafas olish organlari va ko'zning shilliq qatlamiga yomon ta'sir 
qiladi. SO

tarkibida oltingugurt bo'lgan ruda va tog' jinslarida portlatish va yong'in ishlari sodir 
bo'lganda hosil bo'ladi. Kon havosida oltingugurtli gazning miqdori 0,05% dan ortiq bo'lsa, u 
inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Xavsizlik qoidalariga binoan, kon havosi tarkibida SO
2
ning miqdori 0,0007% dan oshib ketmasligi kerak. Kon tarkibida SO
2
ning miqdori ГХ-4 va ГХ-
1 gaz aniqlagichlari yordamida o'lchamadi. 


Metan (СН
4
) — hidsiz, ta'msiz va rangsiz kon zaharli gazi, yonadi. Metan odatda ko'mir 
shaxtalaridan ajraladi, lekin ayrim hollarda kam miqdorda qatlamli, kaliyli, uglerodli, bazida 
temir, nikel konlarida ham uchraydi. Metanning solishtirma og'irligi 0,554, shuning uchun u kon 
laxmlarining yuqori qismida yig'iladi. Kon havosining 5% metan bilan aralashmasi yonadi, 5-
16% metan bo'lganda esa portlaydi. Kon atmosferasida 16% metan bo'lganda u portlamaydigan 
holatga o'tadi. Ko'mir konlarida metan yoriqlarda, bo'shliqlarda va qisman ko'mirning yuzasida 
uchraydi. Metan miqdorini o'lchash uchun ШИ-3, ШИ-5 va ШИ-6 gaz o'lchagichlari xizmat 
qiladi. 

Download 288.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling