Ma’ruza №12. Kon atmosferasi. Reja: 1


Shaxtada metan portlashiga portlatish ishlari, elektr uskunalari, mexanik uskunalar


Download 288.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.11.2023
Hajmi288.61 Kb.
#1746885
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'ruza-12. (5)

Shaxtada metan portlashiga portlatish ishlari, elektr uskunalari, mexanik uskunalar, 
payvandlash uskunalarining buzilib qolganligi sabab bo'lishi mumkin.  
Shaxtalarda metanning xavfli darajada to'planib qolishi va uning portlashi bilan 
kurashishning asosiy yo'li metanning xavfli konsentratsiyalarini yig'ilib qolishiga yo'l 
qo'ymaslikdir. Yotish burchagi 5° dan ortiq bo'lgan qatlamlardagi lavalar qoidaga muvofiq 
yuqoriga yo'nalgan oqim bilan shamollatilishi kerak. Tayyorlov laxmlari zaboylarini 
shamollatish qismlab to'ldiruvchi usul bilan ventilyatorlar bilan amalga oshirilishi kerak.
Shamollatish metanni laxmlarda quyidagi konsentratsiyalarda suyultirishni ta'minlab
beradi: pastga yo'nalgan lavalarda - 1% gacha; shaxta qanotidan umumiy pastga yo'nalgan 
oqimlarda - 0,75% gacha, boshqa qazish va tayyorlov zaboylaridan tushuvchi oqimlarda - 0,5%
gacha. Qazish va tayyorlov laxmlari zaboylarida metan 2% va undan ko'p bo'lganda metan 
konsentarsiyasi 1% ga tushguncha barcha ishlar to'xtatiladi. Portlashga xavfsiz va uchqunga 
xavfli elektr uskunalar va yoritish apparatlari qo'llaniladi. Laxmlardagi elektr parmalash va 
avtogen bilan bajariladigan ishlarga laxm toza havo oqimi bilan shamollatilganidan so'ng ruxsat 
etiladi. 
Portlatish ishlariga patronlashtirilib himoyalangan portlovchi moddalar va portlatish 
mashinalariga portlashga xavfsiz qilib ishlangandagina ruxsat etiladi. Portlatish ishlarining hajmi 
maksimal darajada qisqartirilgan bo'lishi kerak. Qatlamlarni skvajinalar yordamida 
metansizlantirish metanning mavjud konsentratsiyasini kamaytirish uchun bir usul hisoblanadi. 
Shaxtada yuz berishi mumkin bo'lgan metanning portlash avariyasidan insonlarni himoyalash 
uchun qo'shimcha chiqish yo'llari, maxsus kameralar va havo oqimining yo'nalishini o'zgartish 
manbalari bo'lishi kerak. Bu bilan albatta o'sha shaxtalarda ishlaydigan ishchilar tanish bo'lishi 
ya'ni bular haqida ma'lumotga ega bo'lishi kerak. 
Hech bo'lmasa bitta qatlamida metan aniqlangan shaxtalarda gazli rejimga o'tiladi. Bu 
rejimda boshqa qatlamlarda ham metan bor-yo'qligi muntazam tekshirilib turiladi.
Ko'mir konlarini oldindan gazsizlashtirish 
Ko'p miqdorda gaz ajraladigan shaxtalarda kon atmosferasining tarkibini yaxshi bo'lishini 
ta'minlash uchun ventilyatsiya vositalaridan foydalanish bir qancha qiyinchiliklar tug'diradi. 
Bunday hollarda ko'p gaz ajralib chiqadigan qatlamlar "shaxtalarda gazsizlashtirish ishlarining 
xavfsiz olib borilishi yo'riqnomasi" ga binoan gazsizlashtiriladi. Gazsizlashtirish qazish zaboyiga 
parallel burg'ulangan skvajinlar yordamida vakuum-nasoslar orqali amalga oshiriladi. 
Skvajinalar orasidagi masofa tajriba yo'li bilan belgilanadi.
Gazsizlashtirish skvajinalari alohida hollarda ko'mir qatlamlaridagi 40% gacha gazni 
so'rib oladi. Qazib olinadigan qatlamlarning ustida va ostidagi qatlamlarni gazsizlashtirish qazib 
olinadigan qatlamning shtreklaridan burg'ulangan skvajinalar orqali amalga oshiriladi. 
Gazsizlashtirish skvajinalaridan so'riv olingan gaz metall quvurlar orqali yer yuzasiga yo'naladi. 
U yerda gazlar yonuvchi gaz yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin. 

Download 288.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling