Ma’ruza №12. Kon atmosferasi. Reja: 1


Download 288.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.11.2023
Hajmi288.61 Kb.
#1746885
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'ruza-12. (5)

Gaz saqlaganlik deb (m
3
larda), 1 tonna yoki 1 m
3
ko'mir qatlamida yoki tog' 
jinslaridagi gazning miqdoriga aytiladi. Qatlamlarning yotish chuqurligi ortishi bilan ularning 
gaz saqlaganligi ham ortib boradi. Metandorlik deganda esa shaxtadan ajralib chiqqan metanning 
miqdori tushuniladi.
Absolyut va nisbiy metandorliklar farqlanadi. Absolyut metandorlik deb, shaxtadan birlik 
vaqt mobaynida ajralib chiqqan metanning miqdoriga aytiladi. U asosan sutkaga nisbatan 
olinadi. Nisbiy metandorlik deb, shaxtadan bir sutka davomida o'rtacha sutkalik 1 tonna qazib 
olingan foydali qazilmadan ajralib chiqqan metanning miqdoriga aytiladi.
Nisbiy metandorlik karbonat kislota saqlash bilan solishtirilgan holda aniqlanadi. Nisbiy 
metandorlik kattaligiga bog'liq ravishda ko'mir shaxtalari to'rt kategoriyaga ajratiladi:
Shaxtaning nisbiy metandorligi, 
M
3
/t 
Shaxtaning metandorligi bo'yicha 
kaytegoriyalari 
5 gacha 

5 dan 10 gacha 
II 
10 dan 15 gacha 
III 
15 dan ortiq 
Yuqori kategoriyalar 
Qatlamdan ko'mirning ajralib chiqishining uch turi farqlanadi: oddiy, asta-sekin, uzluksiz, 
bir maromda ko'rinmas bo'shliq va yoriqlardan ajralib chiqish; suflyar - gazni bosimli oqim 
(fontan) shaklida foydali qazilmalar va yon jinslarning ko'rinuvchi yoriq va bo'shliqlaridan 
ajralib chiqish; to'satdan - deyarli bir onda katta hajmdagi metanning kon massasini yumshatib 
otilib chiqishi. 
Metanning oddiy ravishda ajralib chiqishi gaz ajralib chiqishining asosiy turi hisoblanadi 
va ko'pchilik shaxtalar gaz balansi bo'yicha katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Metanning suflyar ajralib chiqishi to'planib qolgan gazning kutilnaganda ochilib qolishi va 
kon laxmlarining gaz bilan to'lib qolishi bilan xavflidir. Bunda kon ishlari uzoq muddatga 
to'xtatilishi mumkin.
Metanning kon laxmlariga to'satdan ajralib chiqishi ko'mir va gazning to'satdan otilib 
chiqishi ko'rinishida yuz berishi mumkin. Bu ko'mirning sachrab ketishi yoki kuchli gaz 
ajralganligi uchun juda xavflidir. Odatda zaboyga metan to'satdan ajralib chiqqanda 
ogohlantiruvchi signallar beriladi. Bu signallar ko'mirni zaboyga urib, charsillatib, zarba berib 
amalga oshiriladi. Signaldan so'ng juda kam vaqt oralig'ida ba'zida ko'mirning to'satdan ajralib 
chiqish hodisasi kuzatiladi. Buning natijasida ko'mir qatlami yoki tog' jinslarida uzunligi 
bo'yicha cho'zilgan bo'shliqlar hosil bo'ladi. Odatda ko'mir va gazning otilib chiqish hodisalari 
250-300 m, 150 m dan chuqur joylardan boshlanadi. Eng ko'p to'satdan otilib chiqishlar tik 
qatlamlarda yuz beradi.
Otilib chiqishlarda moyil bo'lgan ko'mir qatlamlari xavfli va xavf ostida bo'lga qatlamlarga 
ajraladi. Xavfli qatlamlarga shaxta maydoni chegaralarida ko'mir va gaz ajralib chiqishi yuz 
bergan qatlamlar; xavf ostida bo'lgan qatlamlarga qo'shni shaxta maydoni chegaralarida xuddi 
shu gorizontlarda otilib chiqishlar kuzatilgan qatlamlar kiradi.
Ko'mir va gaz otilib chiqish xavfi bo'lgan qatlamlarni qazib olish Xavfsizlik qoidalari bilan 
chegaralanib qo'yiladi.
Ko'mir va gazning to'satdan ajralib chiqishidan ogohlantirishning eng samarali vositasi 
himoya qatlamini oldindan ishlab chiqish hisoblanadi. Himoya qatlamlariga otilib chiqish xavfi 


bo'lmagan, xavfli qatlamdan pastda yoki yuqorida 60 m dan uzoq bo'lmagan masofada yotgan 
qatlamlar kiradi. 
Xavfli bo'lgan qatlamlardagi qazib olish ishlari tayyorlash laxmlarining minimal o'sishi va 
to'g'ri chiziqli qazib olish zaboyi bilan xarakterlanishi kerak. Tik qatlamlar lavalarida zaboyning 
shakli shift-pog'onali bo'lishi kerak.
Otilib chiqishga xavfli bo'lgan qatlamlarni ochishda tez-tez to'satdan otilib chiqishlar 
kuzatiladi, shuning uchun bunday qatlamlarni ochish xavfsizlik qoidalarining maxsus 
yo'riqnomalari bilan chegaralaib turiladi.
Otilib chiqishga xavfli bo'lgan qatlamni ochishdan oldin undagi gazning bosimi o'lchanadi. 
Gazning bosimi 10 atm gacha bo'lgan qatlamlar tebranma portlatish bilan ochiladi. Gazning 
bosimi 10 atm dan ortiq bo'lganda esa ularni ochishdan oldin qatlam himoyalanadi yoki xavfli 
qatlam skvajinalar orqali burg'ulanib gazlari chiqarib olinadi. Agar bularning iloji bo'lmasa. 
Qatlam metall karkasni qo'llab ochiladi. 

Download 288.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling