Ma’ruza №12. Kon atmosferasi. Reja: 1


Shaxtalarda ko'mir changlarining portlashi bilan kurashning asosiy tadbirlari


Download 288.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana04.11.2023
Hajmi288.61 Kb.
#1746885
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'ruza-12. (5)

Shaxtalarda ko'mir changlarining portlashi bilan kurashning asosiy tadbirlari 
quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarish jarayonlaridagi chang hosil bo'lishini kaytirish; kon 
laxmlarini yaxshilab shamollatish; chang ushlab qolishning nam yoki quruq usuli; sug'orish; 
laxmlarni slanessizlashtirish; skvajinalar orqali suv haydab ko'mir massivini oldindan ho'llash; 
suv pardalari uskunalari va tumanhosilqilgichlar.
Ishlab chiqarish jarayonlarida chang hosil bo'lishini pasaytirishda sug'oruvchi mashinalar
quruq changushlagichlar, changni bir joyga to'plash usuli, elektr filtrlar yoki ultraovushlardan 
foydalaniladi. Shpurlarni burg'ulashda suv bilan yuvib burg'ulasheng ta'sir qiluvchi tadbir 
hisoblanadi. Laxmlarni slaneslashtirish ko'mir changi portlashi bilan kurashning asosiy vositasi 
hisoblanadi. Slaneslashtirishda portlashga xavfli chang yonmaydigan inert (slanesli) changga 
belgilangan miqdorda aralashadi. Inert changning qo'shiladigan kerakli miqdori tajriba yo'li bilan 
aniqlanadi va u 1m
3
kon laxmida 1 kg dan kam bo'lmasligi kerak. 


7.1- rasm. Slanesli to'siq. 
Ko'mir changi juda tez yig'ilib qoladigan joylarda slaneslashtirishning o'rniga maxsus 
pastalar yoki qo'shimchalar orqali ko'mir changini suv bilan ho'llash tavsiya etiladi. 
Qo'shimchalar sifatida xlorli kaliy yoki natriy va ionogen bo'lmagan ho'llovchilar qo'llaniladi. 
Portlash changini boshqa laxmlarga ham tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun slanesli to'siqlar (6-
rasm) o'rnatiladi. Slanesli to'siqlar bilan shaxta maydonining alohida qanotlari, qatlamlari
zaboylari izolyatsiyalanadi. 
Shaxta va rudniklardagi iqlim sharoiti (harorat, namlik va ish joyidagi havoning 
tezligi) kon ishlari bilan band ishchilarning o'zini qanday his qilishi, ishlash qobiliyati va 
sog'ligiga ta'sir qiladi. Yer yuzasidan uzatiladigan havo harorati yon jinslarning issiqlik 
almashishi, oksidlanish jarayonlari, mashina va mexanizmlardan issiqlik ajralishi va boshqa 
omillar ta'sirida ta'sirida o'zgaradi.
30 m chuqurlikkacha yotgan tog' jinslarining harorati atmosfera havosining haroratiga 
bog'liq ravishda o'zgaradi. 25-30 m chuqurlik zonasida doimiy harorat hukm suradi. Bu zonada 
doimiy o'rtacha temperatura bo'ladi va 1,5-2
0
C ga o'zgarishi mumkin. Keyingi chuqurliklarda 
tog' jinslarining harorati ortadi. Har 1m masofada tog' jinslarining harorati 1
0
C ga ortadi va bu 
geotermik pog'ona deyiladi. Geotermik pog'ona turli rayonlar uchun turlicha. Shaxtaning istalgan 
gorizontida tog' jinslarining temperaturasiga bog'liq ravishda germetik pog'ona ko'mirli konlarda 
30 m va rudali konlarda 45-50 m bo'lib qabul qilinadi. Ko'mir shaxtalarining issiqlik balansi 
quyidagilarni o'z ichiga oladi: tog' jinslaridan ajraladigan 50% issiqlik, oksidlanish jarayonida 
30% issiqlik, mexanik va elektr uskunalari ishlashidan 9%, boshqa manbalardan 11% issiqlik 
ajraladi.
Shaxta havosining namligi yer yuzasidan kelib tushadigan atmosfera havosining namligiga, 
kon laxmlarining suvlanganligi va ulardagi sharoitning temperaturasiga bog'liq.
Shaxtadagi iqlim sharoitlarining kon ishchilariga ta'siri 
Inson organizmida issiqlik hosil qilish va issiqlik chiqaridhning murakkab jarayonlari sodir 
bo'ladi. Ularni boshqarish ortiqcha issiqlikni chiqarib tashlash, konveksiya va termoboshqarish 
orqali amalga oshiriladi. Inson organizmining to'g'ri termoregulyatsiyasi alohida temperatura
namlik va havoning tezligida ta'minlanishi mumkin. Agar havo temperaturasi inson tanasi 
haroratiga teng yoki undan ortiq bo'lsa, unda inson tanasidagi issiqlik faqatgina tanadan parlanib 
chiqariladi. Bunda havoning namligi katta ahamiyatga ega: havoning nisbiy namligi qanchalik 
past bo'lsa, issiqlikni chiqarish shunchalik oson bo'ladi.
Issiqlik chiqarishning samaradorligi havo harakatining tezligiga bog'liqhavo harakati 
mavjud bo'lmasa issiqlikni konveksiya va parlanish orqali chiqarish yomonlashadi. 
Xavfsizlik qoidalariga muvofiq kon havosining harorati +26° С dan oshib ketmasligi 
kerak. Kon temperaturasining oshib ketishi bilan kurashish uchun shamollatish intensizligi 
oshiriladi; shamollatishning yanada ratsional sxemalari qo'llaniladi; issiqlik ajratuvchi 
manbalarni kamaytirish va boshqalar amalga oshiriladi. Agar kon havosining haroratini 
pasaytirishning iloji bo'lmasa, sovituvchi uskunalar yordamida havo konditsionerlanadi. 
Sovutuvchi uskunalar yer yuzasida yoki yer osti kon laxmlarida joylashgan bo'lishi mumkin.


Stvol muzlab qolmasligi va ishchilar shamollamasligi uchun shaxtaga uzatiladigan havo 
yer yuzasida joylashgan stvol og'zida o'rnatilgan kaloriferlar bilan isitiladi. 

Download 288.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling