Ma’ruza №12. Kon atmosferasi. Reja: 1


Kon changi - bu kon laxmlari havosiga aralashib ketgan o'lchami 1 mm dan


Download 288.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.11.2023
Hajmi288.61 Kb.
#1746885
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'ruza-12. (5)

Kon changi - bu kon laxmlari havosiga aralashib ketgan o'lchami 1 mm dan 
mikrongacha bo'lgan tog' jinslari va foydali qazilmalarning juda kichik bo'lakchalaridir.  


Bo'lakchalarning o'lchamiga bog'liq ravishda changlarning uch turi farqlanadi: 
bo'lakchalarining o'lchami 10

dan ortiq bo'lgan changlar; bo'lakchalarining o'lchami 0,1 dan 
1,0

gacha bo'lgan changlar; bo'lakchalarining o'lchami 0,1

gacha bo'lgan changlar.
Changlar hosil bo'lishining manbalari foydali qazilma va tog' jinslarini qazib olish va 
tashish bilan bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish jarayonlari hisoblanadi. Ko'mir shaxtalaridagi 
taxminan 65-75% chang yuklash mashinalari (kombaynlar, randalar va shunga o'xshashlar) ning 
ishlashi natijasida hosil bo'ladi, 25-35% chang esa ko'mirni tashish jarayonida paydo bo'ladi. 
Ruda shaxtalarida chang hosil bo'lishining manbai burg'ulash-portlatish ishlari hisoblanadi.
Kon changi kasbiy zararlik va portlashga sababchilik xavflarini o'z ichiga oladi. Inson 
organizmiga ta'siriga qarab zaharli va zaharsiz changlar farqlanadi. Eng xavfli chang zaharli 
chang hisoblanadi va u qo'rg'oshin, simob, mishyak va boshqa rudalarni qazib olishda hosil 
bo'ladi. Zaharsiz chang ko'mir, ruda va boshqa tog' jinslarini qazib olishda hosil bo'ladi, lekin 
uning konsentrasiyasi oshishi bilan inson organizmiga zararli ta'sir ko'rsatadi. Chang ta'siri 
natijasida vujudga keladigan eng yengil kasallik pnevmokonioz deb ataladi. Pnevmokoniozning 
og'ir shakli silikoz deb ataladi va u insonning butun organizmini kasallanishiga olib keladi. 
Silikoz ko'pincha tuberkulyoz sifatida murakkablashib ketadi.
Eng zararli chang kremniy ikki oksidining erkin qismidan tashkil topgan chang 
hisoblanadi. Chang tarkibidagi kremnezemning foizdagi miqdori ko'p bo'lsa, u silikozga 
shunchalik xavfli bo'ladi. Mavjud qoidalarga binoan, tarkibida erkin kremnezemning miqdori 
70% dan ortiq bo'lsa, kon atmosferasidagi erkin kremnezemning ruxsat etilgan miqdori 1m
3
havoda 1 mg dan ortib ketmasligi kerak. Kremnezemning miqdori 10 dan 70% gacha bo'lsa, 
havoning changlanganligi 1 m
3
havoda 2 mg dan oshib ketmasligi kerak.
Silikoz bilan kurashning tadbirlari quyidagilar hisoblanadi: silikozga xavfli bo'lgan 
zaboylarda ish kunining davomiyligini qisqartirish; davriy profilaktik tibbiy ko'rik; ishchilarni 
ultrabinafsha nurlantirish va boshqalar. Ishlab chiqarish jarayonlarida chang hosil bo'lishini 
sezilarli darajada qisqartiradigan texnik tabdirlar katta ahamiyatga ega.
Kon havosini changlanganligi ikki usulda aniqlanadi: og'irlik (gravimetrik) va hisoblash 
(konimetrik). Asosiy usul og'irlik usuli hisoblanadi. Bunda chang filtrlarda ushlanib qolinadi. 
Bunda changlanish 1 m
3
havoda og'irlik birliklarida - milligramlarda ifodalanadi.
Hisoblash usulida tekshirilayotgan havodan maxsus asboblar bilan probalar olinadi va oyna 
yuzasiga chang o'tqaziladi. Keyin mikroskop yordamida changchalar soni sanab hisoblab 
chiqiladi. Og'irlik usuli juda oddiy hisoblanadi va yetarlicha aniqlikka ega.
Kon changining porlash xususiyati undagi uchuvchi moddalarning miqdoriga, changning 
kuldorligi, alohida changchalarning namligi va o'lchamiga bog'liq. Ma'lumki, 10% dan kam 
uchuvchilarni saqlagan changlar portlamaydi, uchuvchilar 10-15% bo'lsa kam portlaydi, 
uchuvchilar 15% dan ortiq bo'lsa, portlovchi chang hisoblanadi.
Uchuvchilar miqdori 17-32% bo'lganda chang eng oson portlaydi. Changning kuldorligi 
oshishi bilan portlovchilik xususiyati pasayadi. Changning kuldorligi 40% ga yetganda chang 
portlamaydigan holatga o'tadi. Namlik qancha ortiq bo'lsa, chang shunchalik xavfsiz bo'ladi. 
Juda kichik o'lchamga ega bo'lgan chang zarrachalari juda xavfli hisoblanadi. 

Download 288.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling