Ma’ruza 12 Lokomotivlarga depoda texnik xizmat ko‘rsatish tizimi Ma’ruza rejasi
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga da ishlar hajmi
Download 79.21 Kb.
|
1 2
Bog'liqMa`ruza 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga da ishlar hajmi
Lokomotivlarning TXK-2texnik xizmati ko‘rsatilganida quyidagi asosiy profilaktika ishlari bajariladi. Mexanik uskunalar bo‘yicha: motor-o‘q podshipnik shapkalarining boltlari mahkamlanishini tekshirish bilan yurish qismlarini, tishli uzatma kojuxlarini va shu kabilarni ko‘zdan kechirish, qum trubalarini, bandajlar “o‘tirishini” tekshirish bilan g‘ildirak juftliklarini, ekipaj ishqalanadigan qismlari moylanishini, ressorali osilmani, tormozning richagli tizimini, tormoz kolodkalarini ko‘zdan kechirish. Elektr qismi bo‘yicha: teplovoz tortuv generatorlari tortuv elektr dvigatellari kollektorlari, shekalar va cho‘tkali apparatlar, aylana o‘t ko‘chib o‘tishining izlarini bartaraf etish, elektr mashinalarini havo haydab ishlatish, rele, kontaktorlar, kontrollerlar, rezistorlar sozligini, elektr apparatlar aniq ishlab ketishini, akkumulyator batareyalaridagi elektrolit darajasini tekshirish, elektrolit etishmagan hollarda – o‘rnini to‘ldirish. Elektrovozlarda qo‘shimcha ravishda tok qabul qilgichlar ishi ko‘tarilish va tushishga, sirpang‘ichlar va kontakt qo‘yilmalari holati, sharnirli birikmalar, shuntlar, ular mahkamlanmalari, izolyatorlar butunligini tekshirish, yashindan asrash va boshqa shu kabi apparatlarni ko‘zdan kechirib chiqish ko‘zda tutiladi. Dizeli ishlab turgan teplovozlarda quyidagilar tekshiriladi: agregatlar begona taqillash va shovqinlar yo‘qligiga; moyning havo keltirgich, turbokompressor va reduktorlar podshipniklariga kelib tushishi; sovutgich ventilyatori reduktorlari ishi, jalyuzining ochilishi va yopilishi; moy, yoqilg‘i, suv va havo o‘tkazgich quvurlari, yoqilg‘i, suv va havo, sovutgich seksiyalari, forsunkalar va yoqilg‘i nasoslari, yoqilg‘i bosimi, moy va havo zichligi; dizel karteridagi siyraklashish difmanometrga ko‘ra tekshiriladi; dizel vali aylanish chastotasini rostlagich ishi. To‘xtatib qo‘yilgan dizelda kuch agregatlari, mexanizmlar va ular yuritmalari mahkamlanishi, qayish va kardan kallaklarining holati, yoqilg‘i nasoslari, dizelning havo filtrlaridagi moy darajasi, sovutgich ventilyatorlari holati, agregat tagliklaridagi yig‘ilib qolgan moy va yoqilg‘i to‘kib tashlanadi, plastina-tirqishli moy tozalash filtrlari tutqich yordamida 2-3 marta aylantirib yuboriladi. TXK-2 bajarilganligi va mashinistlar tomonidan qayd etilgan nosozliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida, shuningdek lokomotivning texnik holati, lokomotiv brigadalari tomonidan amalga oshirilgan qarov sifati to‘g‘risida LTXKJ ustasi Lokomotivning texnik holati to‘g‘risidagi Jurnalga qayd kiritadi. Lokomotiv uzellari ishonchliligi tahlili va LTXKJ chilangarlari ishini nazorat qilish maqsadida ustalar TXK-2ni amalga oshirishda qo‘shimcha ishlarni qayd etish kitobini ham yuritadilar (TU-29 shakli). TXK-3 texnik xizmat ko‘rsatish. Asosiy lokomotiv depolarida lokomotivlar uskunalarini reviziya qilish uchun mo‘ljallangan TXK-3 kompleks va ixtisoslashtirilgan brigadalar tomonidan bajariladi. TXK-3 paytidagi ishlar ro‘yxati o‘z ichiga mas’ul uzel va detallar: ekipaj qismi, tortuv elektr dvigatellari, ko‘makchi mashinalar, akkumulyator batareyalari, yuqori voltli apparatura, pnevmatik uskunalar kabilarni ko‘rikdan o‘tkazishni oladi. Elektrovozlarda qo‘shimcha ravishda quyidagilar ham tekshiriladi: transformator (mahkamlanishi, kirishlari, izolyatorlar), tok qabul qilgichlar, tomdagi uskunalar, teplovozlarda - dizelning ramaga mahkamlanishi, shatun va tub podshipniklar holati; shu bilan birga forsunkalarni presslab mahkamlash, yoqilg‘i, moy va havo filtrlarini almashtirish va yuvish ham bajariladi. Navbatdagi TXK-3 vaqtida g‘ildirak juftliklarini yumalatib chiqarmagan holda bandajlarni yo‘nish, ya’ni TXK-4 bajarilishi mumkin. Mos ravishda yo‘niladigan har bir g‘ildirak juftligiga 1-1,2 s hisobidan TXK-3 ning bajarilish vaqti ham uzayadi. JT-1, JT-3 joriy ta’mirlari ayrim uzellar, detallar va agregatlarni reviziya qilish, ta’mirlash va almashtirish, uskunalarni rostlash, sinash va shuningdek qisman modernizatsiyalash yo‘li bilan THT asosiy ekspluatatsiya tavsiflarini va ish qobiliyatini tiklash uchun amalga oshiriladi. KT-1, KT-2 kapital ta’mirlari agregatlar, uzel va detallarning ekspluatatsiya tavsiflarini, sozligi va resursi(xizmat muddati)ni tiklash, shuningdek lokomotivlarni modernizatsiyalash uchun bajariladi. KT-2 jarayonida, KT-1 da ko‘zda tutilgan ishlardan tashqari, bazaviy agregatlar, uzellar va detallar tiklanib, elektr simlar va kabellar esa to‘liq almashtiriladi. Barcha ta’mirlash turlaridagi ishlar hajmi maxsus adabiyotlarda batafsil ko‘rib chiqilgan bo‘lib, elektrovozlar, teplovozlar, dizel va elektr poezdlarni ta’mirlash Qoidalarida keltirilgan. Temir yo‘llar tarmog‘ining ba’zi depolarida manyovr teplovozlari uchun, mashinistlar tomonidan har navbatchilikda bajariladigan TXK-1 ishlaridan tashqari, to‘rt sutkada bir marta amalga oshiriladigan qo‘shimcha ko‘rik ham ko‘zda tutilgan. Bunday ishlarga quyidagilar oid hisoblanadi: - tortuv generatorini, ikki mashinali agregatni, apparat kamerasini, yoqilg‘i nasosining elektr dvigatelini siqilgan havo bilan puflash; - mashina xonasidagi pastilalar tagida, agregatlar (kompressor, reduktor) ostida va sovutgich shaxtasida tozalash; - ko‘zdan kechirish, akkumulyator batareyalarini siqilgan havo bilan tozalash, ularga distillangan suv qo‘shish; - mexanik qismini havo bilan puflab tozalash, elektr kabellari, havo va qum tizimlari trubalarini tashqi ko‘zdan kechirish. manevr lokomotivlarining TXK-2, odatda, ekipirovkalash bilan birga amalga oshirilib LTXKJda, yoki bevosita manevr ishlari hududida ko‘rik o‘tkazish zovurlari bilan jihozlangan temir yo‘l izlarida bajariladi. TXK-2 davriyligi 2 sutkadan boshlab manevr lokomotivlaridan foydalanish intensivligiga bog‘liq holda ko‘proq ham bo‘lishi mumkin va u o‘zgarib turadi. TXK-2 dagi ishlarni kompleks va ixtisoslashtirilgan brigada chilangarlari mashinistlar ishtirokida bajaradilar. Ba’zi yo‘llarda mashinist yordamchilari shtati qisqartirilganida manyovr ishlari hajmiga bog‘liq ravishda ikki-to‘rtta teplovozlar guruhiga bitta yordamchi qoldirilib, u faqat kunduzgi smenada bir sutka o‘tkazib ishlaydi. Uning yordamida lokomotiv mashinistlari TXK-2texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradilar. Nazorat savollari 1.Texnik xizmat ko‘rsatish ta’rifiga nimalar kiradi? 2.Texnik xizmat ko‘rsatish turlari 3.Joriy ta’mir ta’rifiga nimalar kiradi? 4.Joriy ta’mirlash turlari 11 McGuirk, Marty «The Model Railroader's Guide to Locomotive Servicing Terminals: Modeling Servicing Facilities & Operations on Any Layout» Kalmbach Publishing Co ,U.S. (2003) p 125-128 Download 79.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling