Ma’ruza 13 Mavhum qaynash gidrodinamikasi
- rasm. Mavhum qaynash qatlamining turlari
Download 240.64 Kb.
|
Маъруза 13 (1)
1- rasm. Mavhum qaynash qatlamining turlari
a) porshenli qaynash qatlami; b) kanalli qaynash qatlami; v,g) fontansimon qaynash qatlami Mavhum qaynash qatlami hosil bo`lishining kritik tezligini topish uchun juda ko`p tenglamalar taklif etilgan. Sharsimon bir jinsli zarrachalar uchun (ε0=0,4) birinchi kritik tezlikni topishda O.M. Todes tenglamasidan foydalanish eng qulaydir: , (4.15) bu yerda ; ; d – qattiq zarrachalar diametri, m; μ – muhitning dinamik qovushoqligi, Pa·s. Laminar, oraliq va turbulent rejimlarda qatlamdagi bo`sh hajmning kerakli qiymati ε ga erishish uchun oqim tezligi W ni aniqlashda O.M. Todes, V.D. Goroshko va R.B. Rozenbaum tenglamasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi: . (4.16) Ushbu tenglama ε ga nisbatan qayta yechilsa, undan tanlangan gidrodinamik rejim uchun qatlamning mavhum qaynash holatidagi bo`sh hajmning ulushini aniqlash mumkin: . (4.17) Oqimda qattiq zarrachalarning kontsentratsiyasi juda kam bo`lganda, (ya’ni ε=1), (4.16) tenglamasi quyidagi ko`rinishni egallaydi: . (4.18) Ushbu tenglamadan amaliyotda zarrachalarning muallaq yoki suzib yuruvchi tezligi WB ni aniqlashda foydalaniladi. Mavhum qaynash jarayoni qaynash soni KW bilan belgilanadi: , (4.19) bu yerda W–oqimning uskuna to`la kesimiga nisbatan olingan ish tezligi, m/s; WK – mavhum qaynash qatlamining hosil bo`lish kritik tezligi, m/s. Eng intensiv aralashish = 2 bo`lganda sodir bo`ladi. Mavhum qaynash soni KW zarrachalarning qatlamdagi aralashish darajasini ko`rsatadi. Mavhum qaynash qatlamida eng jadal aralashish KW=2 bo`lganda yuz beradi. Lekin har bir texnologik jarayon uchun KW ning eng maqbul qiymatini tajriba yo`li bilan aniqlanadi. Zarrachalarning qatlamda o`rtacha bo`lish vaqti: , (4.20) bu yerda GM – qatlamda bo`lgan qattiq materialning massasi, kg; Gc – qatttiq materialning sarfi, kg/s. Mavhum qaynash qatlamining gidravlik qarshiligi quyudagicha aniqlanadi: Download 240.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling