Ma’ruza 13 Mavhum qaynash gidrodinamikasi
Download 240.64 Kb.
|
Маъруза 13 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavhum qaynash qatlami
- Pnevmotransport rejimi
Ma’ruza 13 Mavhum qaynash gidrodinamikasi Qo`zg’almas donador va g’ovak qatlamlar orqali suyuqlik harakati. Birinchi va ikkinchi kritik tezlik Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalarida donador materillar qatlami orqali gaz, bug` yoki tomchili suyuqlikning harakati bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar keng tarqalgan. Bunda donador materiallar sifatida katalizatorlar, adsorbentlar, issiqlik tashuvchi jismlar, filtrlovchi materiallar va boshqalar ishlatiladi. Donador material zarrachalari turli shakl (shar, silindr, tabletkasimon, erkin shaklli dona)ga ega bo`lishi mumkin. Donador material qatlami ikki xil bo`ladi: monodispersli (bir xil o`lchamli zarrachalardan tashkil topgan); polidispersli (turli o`lchamli zarrachalardan tashkil topgan). Gaz yoki suyuq faza donador materiallar qatlami orqali harakat qilgan paytida oqim zarrachalarning oralig`idagi egri-bugri g`ovaksimon kanallarni to`ldiradi. Donador qatlam uch xil holatda bo`lishi mumkin. Zich qatlam – zarrachalar bir-biriga tegib turadi, qatlamdan o`tayotgan gaz yoki suyuq fazaning tezligi o`zgargan paytda ham zarrachalar oralig`idagi masofa va qatlamning hajmi o`zgarmaydi. Zich qatlam qo`zg`almas yoki qo`zg’aluvchan bo`lishi mumkin. Mavhum qaynash qatlami – donador material qatlami orqali gaz yoki suyuqlik o`tayotgan paytda, oqimning ta’sirida barcha zarrachalar qatlam doirasida xaotik ravishda harakat qiladi. Bunday holatni qaynayotgan suyuqlikka o`xshatish mumkin. Qatlamdan o`tayotgan oqimning tezligiga qarab zarrachalar oralig`idagi masofa va qatlamning hajmi o`zgaradi. Ushbu holat zarrachalarning muallaq (suzib yuruvchi) qatlami deb ham yuritiladi. Pnevmotransport rejimi – donador material qatlami zarrachalarining gaz yoki suyuqlikning yuqoriga yo`nalgan harakati bilan birgalikda siljishi. Qattiq donador materiallarning mavhum qaynash holati sanoatning turli tarmoqlarida, jumladan bir qator texnologik jarayonlar (adsorbtsiya, desorbtsiya, quritish, ekstraktsiya, qattiq materiallarni eritish, issiqlik almashinish va hokazo) da istiqbolli usul sifatida keng qo`llanilmoqda. Bu usul qattiq zarrachalar bilan muhit (suyuqlik yoki gaz) o`rtasida uzluksiz kontakt yaratib beradi. Bunday sharoitda jarayonning eng muhim kattaliklari (temperatura va kontsentratsiya) ning baravarlashishi yuz beradi. Donador materiallar qatlamining yuqorida bayon qilingan uchta holati 13.1-rasmda keltirilgan. Ma’lum bir sharoitlarda zich qatlam mavhum qaynash qatlami holatiga, donador materiallarning suzib yuruvchi qatlami esa zarrachalarning transport rejimiga o`tishi yoki teskari holat ham yuz berishi mumkin.
Download 240.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling