Ma’ruza №14 Mexatronik modullar strukturasi va kvalifikatsiyasi. Harakat modullari Reja


Download 1.12 Mb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1481790
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза14-1

Yuqori momentli deb doimiy magnitdan va o`ramlari elektronli kommutatsiyadan g’alayonlanadigan o`zgarmas tokli dvigatellarga aytiladi. Bunday dvigatellarmoment bo`yicha ko`p martali yuklamani o`zgartirish imkonini yaratadi.



14.11-rasm. Yuqori momentli dvigatel


Yuqori momentli dvigatellar kichik tezliklarda (1000 ayl/min gacha) va yuqori momentlarda (60000 N·m gacha) aylanma harakatni ta`minlash uchun yaratilgan.
Asosiy xususiyatlari:

  • kuchli reduktorlarni inkor etish imkoniyati;

  • doimiy magnitlardagi sovuq rotor;

  • katta F.I.K. (0,9 dan katta);

  • yuqori solishtirma xarakteristikalari (100 N·m/kg gacha);

  • yangi avlod materiallarni qo`llash.

Ventilli yuqori momentli dvigatellarda rotoridagi polyuslari holatini aniqlash uchun qo`shimcha texnik vositalar o`rnatiladi (masalan, Xoll datchigi, induktiv va fotoelektrik datchiklar).
Odatda yuqori momentli dvigatellar 0,1-1 ayl/min aylanish chastotalarida ishonchli barqaror ishlaydilar. Bu aylanish chastotalari metall kesuvchi stanoklar va sanoat robotlarida ko`p qo`llaniladi.
Yuqori momentli dvigatellar yuritmalarida reduktorning bo`lmasligi quyidagi afzalliklarga ega:

  • konstruktsiyaning kompaktliligi va modulliligi, material hajmining kamayishi;

  • tirqishlar yo`qligi tufayli yuritmaning aniqlilik xarakteristikalarining yuqoriligi;

  • mexanik transmissiyadagi ishqalanishlarning yo`qligi pozitsiyalashning va nochiziqli dinamik effektlarning noaniqliklarining kamayishi ;

  • rezonansli chastotaning oshishi.

Mexatronikada harakat modullarining muhim rivojlanish bosqichlaridan biri bu – “dvigatel-ishchi organ” tipidagi modullarni ishlab chiqishdir. Ishlash ob`ektlariga ishchi organning maqsadga muvofiq ta`sir etishni amalga oshiruvchi texnologik mexatronika tizimlari uchun ushbu konstruktiv modullar katta ahamiyatga ega.
“Dvigatel- ishchi organ” tipidagi modullardan har xil turdagi o`zi yurar vositalar (elektrvelosipedlar va elektrmobillarda, robokar va mobil robotlarda hamda b.da) yuritmalarida keng qo`llaniladi.












Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling