Ma’ruza №14 Qattiq va suyuq materiallarning harakatlanishi Tayanch iboralar
Download 453.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Qattiq va suyuq materiallarning harakatlanishi
M
D M 4 kg/ch (14.1) bu erda M — shixta bo‘yicha pechning mazkur uchastkadagi ishlab chiqarish quvvati, kg/ch; φ —pechning ko‘ndalang kesimini material bilan to‘ldirilish koeffitsienti, birlik ulushda; D — pechning ichki diametri, m; 14.2-rаsm. Barabanli pechda shixta aralashish mexanizmi 98 ω M — qatlam bo‘yicha shixtaning o‘rtacha kirish xarakati tezligi, m/ch; ρ — pechga solingan shixta massasi, kg/m 3 . Yuqoridagi (14.1) formulaga kirgan baraban o‘qi bo‘ylab shixta yuklangandagi xarakati tezligini ω M , m/ch, aniqlash uchun juda ko‘plab formulalar taklif qilingan, ulardan ba’zilari quyida keltirilgan. A. P. Voroshilov formulasi: 2 2 3 sin sin sin sin 2 sin 45 3600 Ф Ф Ф Dn M (14.2) R. Bayyard formulasi: 24 194 Dni M (14.3) Modellarda tekshirilgan formula, n D M 78 , 5 (14.4) Ushbu formulalarda D — futerovkaning ichki yuzasi bo‘yicha pech diametri, m. Pech shixta bilan ko‘p miqdorda to‘ldirilganda (φ > 0,25 bo‘lganda) D o‘rniga shixtadan holi bo‘lgan pech kesimi bo‘yicha hisoblangan D pp qo‘yiladi; p — pech aylanishlari soni, ayl/min; F — material bilan band bo‘lgan segmentning markaziy burchagi, rad; α — gorizontga nisbatan pech o‘qini egilish burchashi, grad; i — xuddi shu, %; β — pechda material qiyaligining dinamik burchagi, grad.; φ — pechda material qiyaligining statik burchagi, grad. (14.1—14.4) formulalar bo‘yicha baraban pechida shixta harakati tezligini, pechning ishlab chiqarish quvvati yoki pechning shixta bilan to‘lganlik koeffitsienti φ ni (M va ω M kattaliklar bo‘yicha) hisoblash mumkin. ω m kattalik va pechning alohida zonalari uzunligi l, m, bo‘yicha materialning zonada bo‘lish vaqtini M l aniqlash mumkin, yoki aksincha, τ kattalik bo‘yicha zonaning kerakli uzunligini l, m aniqlash mumkin. Barabanli pechlarda shixtali materiallarning harakatlanish mexanikasiga ta’sir qiluvchi omillar: pechga shixtani yuklash, pechning aylanishlar soni, pech egilish burchagi (qiyaligi), aralashtiruvchi qurilmalarning mavjudligi, to‘ldiruvchi massa va shixta bo‘laklarining yirikligi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, bir aylanish uchun barabanli pech faol yuzasi kattaligi ko‘proq pechning ishchi o‘lchamlari va kamroq ish parametrlari bilan aniqlanadi. Baraban diametri va uzunligi hamda aralashtirgichlar soni va ularning radial yo‘nalishda egilish burchagi ortgani sari faol yuza ham sezilarli ko‘payadi. Pechga mahsulot yuklash ko‘payganda va aylanishlar soni hamda barabanning egilish burchagi kamayganda faol yuza ortishi nisbatan kuchsizlanadi. Pech diametri, egilish burchagi va aylanishlar soni ko‘payganda pech o‘qi bo‘ylab kirish harakati tezligi ortadi. Pechga shixta yuklashni o‘zgartirish pech to‘lishi mos ravishda o‘zgarishi sababli tezlik kattaligiga ta’sir qilmaydi. Barabanli pechda shixtaning bo‘lish vaqti shixta bilan to‘lishiga bog‘liq emas, ammo aylanishlar soni va egilish burchagi kamayganda ortadi. Faol yuzada shixtaning bo‘lish davomiyligi yuklashning kamayishi bilan, aylanishlar soni va egilish burchagi kamayishi bilan ortadi. Turli zichlikdagi yoki turli yiriklikdagi materiallar aralashmasidan iborat bir xil bo‘lmagan shixta barabanli pechda bir tekis harakatlanmaydi va bir tekis kuymaydi, chunki materialdagi engil bo‘laklar asosan yuzada to‘planadi. 99 Orasidan gazlar o‘tishi natijasida qattiq materiallarning qatlamda harakatlanishi shaxtali pechlar va qaynovchi qatlam pechlari uchun asosiy jarayondir. Materiallar harakatining bunday xarakatlanish turi aerodinamik xarakteristikasi gazlarning bo‘lakli materiallar qatlamlari orqali o‘tishi shartlarini ko‘rib chiqishda berilgan. Qaynovchi qatlam pechlarida material qaynayotgan suyuqlik harakatiga o‘xshash normal energetik xarakati uchun qatlam orqali ma’lum miqdorda gaz yoki havo o‘tishi kerak. Bu miqdor formulalar bo‘yicha hisoblanadigan havo miqdoridan 20-40% ortiq bo‘lishi kerak. Qaynovchi qatlamda material zarralari katta tezliklarda qatlamni vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda teshib o‘tuvchi murakkab traektoriya bo‘ylab harakatlanadi (14.3-rasm). Material zarralari bir yuqori darajagacha ko‘ratilsa, bir tubgacha tushadi, buning natijasida qatlam faol aralashadi va zarralar yuzasi bir-biriga va pech devorlariga ishqalanishi natijasida yangilanadi. Qaynovchi qatlamda bo‘lgan material suyuqlikka o‘xshashlikka olib keluvchi katta harakatlanish va oquvchanlikka ega. U pechda har qanday yo‘nalishda harakatlanadi va quvur va kanallar orqali oqadi. Materialning granulometrik xarakteristikasi qaynovchi qatlamda bir tekis va mustahkam harakatlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Material bo‘laklarining shakli, o‘lchami va vazni qancha bir xil bo‘lsa, shuncha uning qaynashi mustahkam bo‘ladi. Material bir xil bo‘lmasa, mayda zarralar qatlamdan tezlik bilan chiqarib yuboriladi va gaz bilan chang ko‘rinishida chiqib ketadi, buning natijasida o‘zi 30-80% bo‘lgan chang chiqishi yanada ko‘payadi. Yirik fraksiyalar tubda uyum (to‘plam) va qotma holatda to‘planishga harakat qilishadi. Materialni bunday tasniflashning asosiy sababi qaynovchi qatlam olish uchun purkash miqdorini aniqlash uchun odatda donalarning o‘rtacha xarakteristikasi uchun og‘irligi va yirikligi bo‘yicha aniqlanadi. Mayda zarralar uchun purkash miqdori katta va donalarning qatlamdan olib chiqib ketilishini chaqiradi, yirik zarralar uchun u kichik bo‘ladi va ularning muallaq holatda ushlab turilishini ta’minlamaydi. Qaynovchi holatda bo‘lgan materialning faol yuzasi juda katta bo‘ladi va barcha donalarning geometrik kattaligi bilan aniqlanadi. Qaynovchi qatlam faol yuzasi katta bo‘lganligi sababli barcha jarayonlar (fizik kimyoviy o‘zgarishlar, issiqlik va massaalmashinuvi va h.) kechishi uchun eng yaxshi sharoitlarni ta’minlaydi va buning natijasida yuqori solishtirma ishlab chiqarish va materiallarning bunday harakatlanishida iqtisodni ko‘rsatadi. Shaxtali pechlarda shixta devorining harakati yuqoridan pastga qarab sodir bo‘lib, yuqoriga qarab gazlar harakati quyidagilarga bog‘liq: gaz oqimining xarakteristikasi, shixtali materiallarning xossalari va yuklash tizimi. Ushbu xarakteristikalarning barchasi purkashning chegara miqdorining umumiy tenglamasi bilan bog‘liq. Shaxtali pechlarda shixtaning harakatini aniqlovchi asosiy parametrlar: zichlik, bo‘laklarning yirikligi, bo‘laklar orasidagi o‘tish joylarining maydoni, engil va qattiq materiallar hamda mayda va yirik fraksiyalarning nisbati. Shixtali devorning mustahkamligi va uning pastga harakati materiallarning tuyulma zichligi, bo‘laklarning o‘lchami, bo‘laklar orasidagi o‘tish joylarining maydoni hamda shixtada og‘ir va yirik materiallar ulushi ortishi bilan yaxshilanadi (14.4-rasm). 14.3-rasm. Qaynovchi qatlamda material harakati 100 Oddiy ko‘p qatlamli shixtalar uchun purkashning chegara miqdori qatlamlar qalinligi va material alohida qatlamlarining xossalari bilan aniqlanadi. Koks qatlamlari ruda va flyus qatlamlaridan qalin bo‘lishi purkashning chegara miqdorini keskin kamaytiradi va bu qiymatni koks uchun bo‘lgan qiymatga yaqinlashtirib qo‘yadi. Ruda va flyus qatlamlari koks qatlami qalinligidan katta bo‘lsa, purkashning chegara miqdori ortadi va ruda va flyuslar uchun bo‘lgan miqdorga tenglashadi. Download 453.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling