Ma’ruza №14 Qattiq va suyuq materiallarning harakatlanishi Tayanch iboralar
Download 453.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Qattiq va suyuq materiallarning harakatlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
H- pech yoki kameraning balandligi, m;
пад - zarrachalarning chiqish tezligi, (14.5), (14.6) formulalar bilan aniqlanadi, m/sek; t - pech yoki kamerada gazlarning haqiqiy tezligi, m/sek. Eritmalarning metallurgiya pechlari vannasida harakatlanishi suyuq vannaning alohida maydonlarining teng qizdirilmagani natijasida yuzaga keladi va konvektiv harakat deb aniqlanadi, shlak qatlamiga cho‘ktirilgan elektrodlar bilar ishlovchi rudali-termik pechlarda o‘ziga xos ahamiyatga ega. 14.7-rasmda elektrpechlarida shlakning konvektiv harakati sxemasi ko‘rsatilgan bo‘lib, u pech modellari va zavod pechlarida olib borilgan kuzatishlar natijasida olingan. Elektrodlar atrofida katta miqdordagi issiqlik ajraladi, buning natijasida elektrodlarga yaqin bo‘lgan shlak maydonlari kuchli qizib ketadi. Qizib ketgan shlak zichligi sovuq shlaknikiga qaraganda shlakda erib ketgan havo va gaz pufaklarining ko‘p bo‘lishi hisobiga sezilarli darajada kam bo‘ladi. Elektrodlar yuzasiga yaqin turgan shlak qatlamlari zichliklaridagi farq hosil bo‘lishi natijasida vannaning uzoq maydonlariga nisbatan elektrodlar yonida shlakning engil massasi keskin suzib yuzaga chiqadi. Elektrodlar yonida suzib chiqqan issiq shlak vannaning yuziga elektrodlarni belbog‘i kabi aylana ko‘rinishida etib boradi va keyin olingan inersiya kuchi hisobiga elektrodlardan hamma tarafga qarab vanna bo‘ylab tarqaladi. Elektrodlar orasida ikkita qarama qarshi shlak oqimlari uchrashish 14.7-rasm. Elektr pechlarida shlakning konvektiv harakati sxemasi 102 zonasi hosil bo‘ladi, ular yig‘iladi va elektrodlar bo‘linish chizig‘i bo‘ylab devorga umumiy oqimni beradi. Pech devorlarida shlak oqimlari gorizontal va vertikal tekisliklar bo‘ylab devorlar bo‘ylab buriladi. Devor yuzalari bo‘ylab pastga burilgan shlak oqimi elektrodlarga buriladi va elektropechlarda vannaning yuqori qismi bo‘ylab shlakning qayta harakatini amalga oshiradi. Vannaning yuqori zonasi bo‘ylab harakatlanuvchi shlak oqimlari elektrodlarning yuzasiga etganda ular yana qizib yuzaga chiqarib yuboriladi va h. Qizigan shlakning kichik qismi elektrodlar cho‘kish tekisligidan pastroqqa, vannaning elektrod ostidagi qismiga tushadi, mazkur maydon umumiy konvektiv harakatda kam ishtirok etadi va to‘xtab qolgan zona deb hisoblanishi mumkin. Konveksion shlak oqimlari harakati tezligi sezilarli bo‘lib, zavod pechlari uchun 1-2 m/sek tashkil qiladi. Solishtirma quvvat ko‘payganda oqimlar tezligi ham ortadi. Solishtirma quvvat tezligi ortishi bilan oqimlar tezligi oshadi. Tasvirlangan vannadagi shlak konveksiyasi surati alohida maydonlarda issiqlik almashinuvi jarayonini aniqlaydi. Issiq shlak elektrodlardan harakati davoida o‘zidagi ortiqcha issiqlikni vannaning sovuqroq joylariga beradi va ularning haroratini oshiradi. Vannaning issik shlak juda sovigan holatda yoki kam miqdorda keladigan qismlari pasaygan haroratlar bilan xarakterlanadi. Birinchi navbatda bu vannaning elektrod osti qatlamiga hamda pech burchaklariva devorlarning uzoqdagi yuzalariga tegishli bo‘ladi. Kam faol elektrod osti vanna qatlami qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ushbu qatlam sovuqroq va shuncha unda qotma hosil bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Pech vannasiga yuklangan erimagan shixta shlak harakatining umumiy xarakterini o‘zgartirmaydi, ammo alohida konvektiv oqimlarning yo‘nalishiga sezilarli ta’sir qilib, ularni odatiy yo‘nalishdan chetga chiqaradi va vannaning tubiga chuqurroq xarakati sodir bo‘ladi. 16.8- rasmda ko‘rinib turidiki, elektrodlardan yo‘nalgan shlak oqimlari shixta bilan uchrashganda gorizontal va vertikal tekisliklarda huddi devorlardagi kabi buriladi. SHixta bilan to‘qnashgan yuzasini yuvib issiq shlak shixta qatlamiga o‘zidagi ortiqcha issiqlikni beradi, uni qizdiradi va bilan eritish jarayonini chaqiradi. Agar vanna yuzasida shlakni tiklash maqsadida yuklangan ko‘mir yoki koks suzib yurgan qatlami joylashgan bo‘lsa unda ushbu qatlam ostida shlak ham juda faol harakat qiladi. Tiklovchi qayta ishlanayotgan shlak bilan faqat vanna yuzasi tekisligida to‘qnashadi, ammo shlakning to‘xtovsiz tiklovchi yuzasidan vanna ichiga bo‘lgan harakati sababli ushbu qisqa aloqa orqali barcha vannadagi shlak o‘tadi va bu bilan elektr pechlaridagi shlaklarning juda faol tiklanishi tushuntiriladi. Elektrodlar suyuq shlak qatlamiga qancha chuqur joylashgan bo‘lasa, shuncha ko‘p shlak massasi faol konvektiv harakatda ishtirok etadi. Shunday qilib, shlakning elektrodlardan pech devorlariga hamda asosan yuqori qimda kechuvchi qayta elektrodlarga to‘xtovsiz konvektiv harakati asosan vannaning ichida to‘xtovsiz amalga oshadi va elektrpechlaridagi eng muhim vannadagi issiqlik almashinuvi, shlak erishi va shlak tiklanishini aniqlovchi ishchi jarayondir. Shuningdek, pech vannasidagi eritmalar boshqa sabablar masalan, qatlamning havo bilan purkalishi yoki mexanik aralashtirish sabali ham harakatlanishi mumkin. Konverterlar va fyuminglash pechlarida eritmalar doimiy harakatla bo‘ladi, buning asosiy sababi furmadan oqib chiqayotgan gaz-havo oqimlarining dinamik ta’siridir (14.9-rasm). 14.8-rasm. Shixtaning elektr pechdagi shlak harakatiga ta’siri 103 Vannadagi eng faol harakat furmalar yonidagi rayonlarda bo‘lib, bunda vanna juda kuchli qaynaydi va ba’zi joylarda favvora ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu rayonda joylashgan eritma vanna tubidafaol aralashadi, buning natijasida qattiq materiallarning suzib yurgan bo‘laklari (masalan, flyuslar) ertimaning pastki maydonlariga oqib kirishi mumkin. Furmalar yonida vannadan chiqayotgan gazning ko‘p miqdori o‘zi bilan eritmani turli o‘lchamdagi favvora tomchilari ko‘rinishida vannadan olib chiqadi. Pech normal ishlaganda ushbu tomchilar va toshmalarning katta qismi vannaga qaytib tushadi, kamroq qismi esa gaz oqimlari bilan ishchi maydondan tashqariga olib chiqib ketiladi. Vannaning havo oqimlari bilan faol aralashishi zonasi o‘lchami bo‘yicha juda chegaralangan bo‘ladi va furmalarga bevosita yaqin joyda, masalan konverterlarda faol zona odatda konverter diametrining 1/3 qismidan ortiq bo‘lmaydi, joylashadi. Vannaning boshqa furmadan uzoqda bo‘lgan kattaroq qismida eritma bunday faol harakatlanmaydi. Vannaning bu qismida gaz-havo oqimi dinamik ta’siri natijasida yuzaning to‘lqinsimon tebranma harakati va vannaning chuqurlikka aylanma harakati sekin amalga oshadi. Yuzada suzib yurgan flyuslar bu erda vanna ichiga kirmaydi, bu esa o‘z navbatida shlak hosil bo‘lish jarayoniga salbiy ta’sir qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, flyuslarni konverterga yo‘nalish bilan flyus asosiy massasining furma yonida joylashgan vannaning faol zonasiga tushishini mo‘ljal qilib yuklash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari furma atrofidagi zonada eritmaning faol kimyoviy, issiqlik va mexanik ta’sir natijasida kuchli emirilish sababi ham aniqlashadi. Shlakning metall tarkibli massasini konverterda ajratib olib jarayoni vannaning to‘xtovsiz harakati, ayniqsa furma zonasida, sababli qiyinlashadi. Faqat konverter vannasiga purkash to‘xtatilgan davrda massa tinchlanadi hamda shlakning massadan normal tinishi boshlanadi. Konverterni to‘xtatish davrlari juda chegeralangan bo‘lganligi sababli shlakning tindirilish jarayoni yakunlanmaydi, buning natijasida konverterdan chiqarilayotgan shlak tarkibida metall miqdori ko‘p bo‘ladi. Nazorat uchun savollar: 1. Metallurgiya pechlarida qattiq va suyuq materiallar harakati qanday ta’sir qiladi? 2. Pechlarda qattiq materiallar harakatiga qanday qonuniyatlar hizmat qiladi? 3. Qatlamda qattiq va suyuq materiallar harakati qanday amalga oshadi? 4. Mayda zarralarning harakati qanday amalga oshadi? 5. Metallurgiya pechlari vannasida eritmalar qanday harakatlanadi? 14.9-rasm. Eritma havo bilan purkalganda harakatlanishi sxemasi Download 453.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling