Ma’ruza №15 Mavzu: Neyron tarmoqlari


Download 0.95 Mb.
bet3/15
Sana05.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1749345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
15-maruza

Tarmoqlarning to’gri va teskari aloqali ishlashi. Tarmoqlarning masalani yechish jarayonida bajaradigan ishini bundan keyin to’gri aloqali ishlash deb ataymiz (15.10 -rasm). Teskari aloqali ishlash deb tarmoqlarning shunday ishlash jarayoni tushuniladiki, bunda ikkitaraflama tarmoqlarning kirishiga qandaydir signallar beriladi va ular ikkitaraflama tarmoqlarning aloqalari bo’yicha keyingilarga tarqaladi (15.10-rasm).

15.10-rasm. To’g’ri va teskari aloqali ishlaydigan tarmoqlarning sxemasi.




3. Neyron tarmoqlar arxitekturasi

Endi NTlarni qanday qilib qurish masalasini qaraymiz. NTlarni qurish uchun bir qancha standart arxitekturalardan foydalaniladi va ulardan ortiqchasini olib tashlash yoki ulatga qo’shish yo’li bilan ko’plab foydalaniladigan tarmoqlar quriladi.


NTlar to’plamida ikkita bazaviy arxitekturalarni ajratish mumkin: qatlamli va tolabog’langan tarmoqlar.
Qatlamli tarmoqlar. Bu holda neyronlar bir nechta qatlamlarda joylashdi (15.11-rasm).


15.11-rasm. Qatlamli tarmoq.
Birinchi qatlamdagi neyronlar kirish signallarini qabul qiladi, ularni almashtiradi va shoxlash nuqtalari yordamida ikkinchi qatlam neyronlariga uzatadi. Undan keyin ikkinchi qatlam almashtirilgan signallarni qabul qiladi va shoxlash nuqtalari yordamida uchinchi qatlam neyronlariga uzatadi va h.k. k-qatlamgacha davom ettiriladi. Natijada k-qatlamda izohlovchiga va foydalanuvchiga chiqish signallari beriladi. Agar teskarisi oldindan kelishib olinmagan bo’lsa, u holda har bir i-qatlamning chiquvchi signali barcha (i+1) -neyronlarning kirishiga uzatiladi. Neyronlar soni har bir qatlamda ixtiyoriy bo’lishi mumkin va boshqa qatlamdagi neyronlar soni bilan oldindan hech qanday bo’g’liq emas. Kirish signallarini uzatishning standart uslubu-bu birinchi qatlamdagi barcha neyronlarning kirish signallarini qabul qilishi hisoblanadi. Bunda har bir qatlam o’z nomiga ega: birinchisi-kiruvchi, ikkinchisi yashirin, uchinchisi-chiquvchi qatlamlardan iborat bo’ladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling