Ma’ruza №15 tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida


Download 83.63 Kb.
bet5/9
Sana08.01.2023
Hajmi83.63 Kb.
#1084204
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma\'ruza №15. Tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida

Optik usul silliq shlifda zarralarning konturi bilan tasodifan kesib o’tadigan nuqtalarning sonini o’lchashga asoslangan, u solishtirma yuza ssol kattaligi bilan bog’liq
(9.4)
bu yerda, n – kesuvchilarning uzunlik birligiga keltirilgan o’rtacha kesib o’tishlar soni; L - shlif yuzasidagi konturlar yoki chiziqlar sistemasining jami uzunligi.
Tasodifan kesib o’tuvchilar usuli metallografiyada metal qotishmalaridagi turli fazalar zarralarining solishtirma yuzasini aniqlash uchun foydalaniladi.
G’ovak materialni ixtiyoriy kesimini mikrofotografiyalarini o’rganish usuli Dj. Chokli, DJ. Kornfild va X.Parklar tomonidan g’ovaklikni aniqlash uchun ishlab chiqilgan, ular tomonidan solishtirma g’ovaklikni aniqlashda foydalanilgan. Buning uchun n marta yiriklashtirilgan mikrofotografiyadan foydalanilgan. Bu fotografiyaga l uzunlikdagi ignalarni bir necha marta ixtiyoriy tashlash yo’li bilan ignalarni oxirini jinsning ichiga tushish hollari soni с va g’ovaklar konturini igna bilan kesishish hollari soni с sanalgan. Solishtirma yuza nisbiylik nazariyasidan olingan quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(9.5)
Suyuqlikni oqishidan foydalanishga asoslangan usul g’ovak muhitlar orqali suyuqlik oqimi tezligini ularning solishtirma yuzasining maydoni bilan bog’laydigan Kozeni va Kozeni-Karman formulalaridan kelib chiqadi. Kozeni nazariyasiga ko’ra g’ovak muhit bu turli ko’ndalang kesimli, lekin ma’lum uzunlikdagi kanallarning majmuasidir. G’ovak muhit bir xil uzunlikdagi kapillyar naychalarning bog’lami ko’rinishida tasavvur qilinadi. Kozeni tenglamasida o’tkazuvchanlik to’g’ri aniqlangan gidravlik radiusning o’lchami hisoblangan g’ovak muhitning solishtirma yuzasi orqali ifodalanadi.
(9.6)
bu yerda, k – o’tkazuvchanlik; с – Kozenining doimiyligi; m – g’ovaklik; ssol – umumiy hajm birligidagi solishtirma yuza maydoni.
Kozeni tenglamasi shuni ko’rsatadiki, sizilish tezligi hajm birligidagi solishtirma yuzaning kvadratiga teskari proporsional. Kozeni doimiysi aylana uchun с = 0,50, квадрат учун с = 0,5619, teng tomonli uchburchak uchun с = 0,5974 va yo’l-yo’l chiziq uchun с = 2/3.
Ba’zi mualliflar Kozeni tenglamasiga egri-bugrilikni hisobga oluvchi kattalikni kiritadi. Unda o’tkazuvchanlik uchun ifoda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
(9.7)
bu yerda, Т – egri-bugrilik, haqiqatan ham oqim yo’li g’ovak muhit orqali ixtiyoriy to’g’ri yo’lga nisbatan T barobar uzunligini ko’rsatadi.
Kozeni tenglamisining turli modifikasiyalari mavjud. Nisbatan ko’proq qo’llaniladigan modifikasiyasi P.Karman tomonidan taklif qilingan.
Kozeni-Karman formulasi quyidagi ko’rinishga ega:
(9.8)

Download 83.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling