Ma’ruza №15 tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida


Download 83.63 Kb.
bet7/9
Sana08.01.2023
Hajmi83.63 Kb.
#1084204
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma\'ruza №15. Tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida

Kapillyar bosimni o’lchash
Neft-suv”, “neft-gaz” va “suv-gaz” o’tish zonalarini holati
Qatlamda suvneft chegarasi turli qalinlikdagi suvdan neftga o’tish zonasini o’zida namoyon qiladi. Bu zonaning tuzilishi va unda suv va neftning tarqalishi asosan gravitatsion va kapillyar kuchlar bilan aniqlanadi. Kapillyar kuchlar jinslarning xossalari va tarkibi hamda qatlam suyuqliklarining fizik-kimyoviy xossalariga murakkab bog’liq holda bo’ladi. Jinslarning xossalarini har xilligi tufayli bitta uyumning o’zida o’tish zonasining qalinligi ahamiyatli o’zgaradi. Zarralarining saralanganligi bilan farqlanadigan yuqori o’tkazuvchan qumtoshlarda o’tish zonasining qalinligi bir necha o’n santimetrdan oshmaydi, yomon saralangan mayda donali qumtoshlarda uning qalinligi 6-8 metrga yetadi.
Erkin va bog’langan suv va neftning o’tish zonasidagi holati ham sistemadagi barcha fazalarning xossalari va jinslarning suvneftga to’yinganligi bilan aniqlanadi. O’tish zonalarining kattaligi va tuzilishini baholash uchun geofizik usullardan tashqari, ba’zan suvni neft bilan siqib chiqarish yo’li bilan olingan o’rtacha eksperimental suvga to’yinganlikni kapillyar bosimga bog’liqligidan foydalaniladi (9.1-rasm).

9.1-rasm. Jinslarning suvga to’yinganligini tik yo’nalish bo’yicha o’zgarish sxemasi.
Bu bog’liqliklar bo’yicha tik yo’nalish bo’ylab neft va suvni joylashishi hamda qatlamning o’tish zonasini o’rtacha suvga to’yinganligini taxminan aniqlash mumkin. Bunda kapillyar kuchlar ta’siri ostida suv qatlamning g’ovak kanallariga kapillyar bosim suvning gidrostatik ustuni bilan tenglashgan balandlikkacha kirib borgani taxmin qilinadi,
(9.12)
bu yerda, Pkkapillyar bosim; - muvofiq ravishda qatlam suvi va neftning zichligi; g – tortishish kuchining tezlanishi; h – qatlamning suv bilan 100% to’yingan sathidan balandlik.
Bu yerdan
(9.13)
Kapillyar bosim Pk – suvga to’yinganlik funksiyasi bo’lganligi tufayli,
(9.14)
Bu bog’liqlik dan faqatgina doimiy ko’paytiruvchi bilan farq qiladi, shunga muvofiq suvga to’yinganlikni suv sathidan balandligiga bog’liqlik egri chizig’i va bog’liqlik bir xil bo’ladi. Bu egri chiziqlardan foydalanib o’tish zonasida tik yo’nalish bo’yicha suv va neftni joylashishi hamda qatlamning butun qalinligi bo’ylab suvning o’rtacha miqdorini taxminan baholash mumkin (rasm). Masalan, qatlamning h1 dan h2 gacha oralig’ida g’ovaklardagi suvning o’rtacha miqdori:
(9.15)
Bu formulada integralning kattaligi egri chizig’i ostidagi h1 va h2 ning muvofiq ko’rsatkichlari orasidagi maydon bilan aniqlanadi.



Download 83.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling