Ma’ruza №15 tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida


G’ovak muhitning tuzilishini tadqiq qilishning bevosita usullari


Download 83.63 Kb.
bet2/9
Sana08.01.2023
Hajmi83.63 Kb.
#1084204
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma\'ruza №15. Tog‘ jinslari g‘ovak muhitining geometriyasi kollektorlik xossalarini baholash mezonlari sifatida

2. G’ovak muhitning tuzilishini tadqiq qilishning bevosita usullari
Rentgen nurlari bilan yoritish usuli. Tadqiqot qilinadigan namunaning g’ovak muhiti rentgen suratini olish uchun avval undan qalinligi 1 sm bo’lgan plastinka kesib olinadi, so’ngra ular bariy tuzining (BaСl2) to’yingan eritmasi bilan bir necha bor shimdiriladi va quritiladi. Quritilgandan keyin jinsning tozalab artilgan plastinkasi selluloidning asetondagi eritmasi bilan yupqa alyuminga kleylanadi va х – nurlar bilan yoritiladi. Fotografik plenkada bo’shliqlarning qarshisida qora sharpalar (pozitiv izlarda) hosil bo’ladi. Bunday rentgen suratini binokulyar ostida ko’rib o’rganiladigan jinsning g’ovak muhitini tuzilishi haqida xulosa qilish mumkin. Bu usul xususan kovak, darzlik va boshqa ko’rinishdagi yirik g’ovak muhitlarning tuzilishini o’rganishda yaxshi samara beradi. Kalsiy sulfatlari (CaSO4) х – nurlar uchun to’siq vazifasini bajaradi, shu sababli o’rganiladigan jins namunalarida ahamiyatli miqdordagi gips va angidrit aralashmalari bo’lmasligi lozim.
Silliqlangan yuzalarni o’rganish usuli. Bitumsimon moddalardan tozalangan taxminan 7 x 7 x 4 sm o’lchamdagi o’rganiladigan jins namunasi nigrozin bilan ranglangan kanada balzamida pishiriladi, shundan so’ng shliflanadi va silliqlanadi. Silliqlangan yuza vazelin va bo’r aralashmasi bilan singdiriladi; aralashma qoldiqlaridan tozalangandan keyin aks ettiruvchi yorug’likda binokulyar ostida qaraladi. Rang berilgan kanada balzami bilan to’lgan o’zaro bog’langan g’ovak muhit aks etgan yorug’likda qora ko’rinadi; bo’r bilan to’lganlari esa o’zining yorqin oq rangi bilan ajralib turadi. Qora va oq kanallar ko’ndalang kesimi maydoni nisbatini integrator yoki okulyar lineyka yordamida hisoblab, o’zaro aloqador g’ovak muhit va yopiq g’ovaklar va ularning nisbati haqida xulosa qilish mumkin. Kovak ohaktoshlar va dolomitlar uchun juda yaxshi natijalar olingan.
Plastmassa bilan to’yintirilgan jinslardan olingan yassi parallel preparatlarni o’rganish. Yuqorida ranglangan turli moddalar bilan g’ovak muhitni to’ldirish yo’li bilan g’ovaklikni o’rganish usullari ko’rib chiqildi. Ranglangan plastik bilan singdirilgan jins namunasidan shlif tayyorlanadi va mikroskok ostida o’rganiladi. Plastik bilan to’lgan o’zaro aloqador g’ovak muhitning strukturasi ranglangan plastikning konturi bilan aniqlanadi.

Download 83.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling