Ma’ruza №17 bioxilmaxillikni saqlashning biogeografik asoslari reja


Muhofaza qilinadigan hududlarning geografik joylashish prinsiplari


Download 193.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi193.14 Kb.
#1492716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MA’RUZA №15 BIOXILMAXILLIKNI SAQLASHNING BIOGEOGRAFIK ASOSLARI

 
4. Muhofaza qilinadigan hududlarning geografik joylashish prinsiplari. 
Qo`riqxonalar va milliy bog`lar. 
Fan va texnika taraqqiyoti sharoitida inson xo’jalik faoliyati natijasida 
keskin o’zgarayotgan tabiiy boyliklarga ongli munosabatda bo’lish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunday uchastkalar qo’riqxonalar, rezervatlar, tabiiy bog’lar, 
tabiat yodgorliklari va zakazniklar deyiladi. Hozirgi kunda Yer kurrasi bo’yicha 
muhofaza qilinadigan hududlar soni 20 mingdan ko’p. Qo’riqxona quruqlik va suv 
havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bo’lgan ma’lum bir maydon bo’lib, 
tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Alohida muhofaza 
qilinadigan hududlar orasida qo’riqxonalar muhim rol o’ynaydi. Qo’riqxonalarning 
asosiy vazifasi — tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarini jamiyat 
manfaatlari uchun sahlashdan iborat. Qo’riqxona hududlaridan xo’jalikda 
foydalanish, hatto, pichan tayyorlash ov qilish, baliq tutish, zamburug’ terish 
umuman ta-qiqlanadi. Qo’riqxonalar atrofi kam foydalanib, muhsfaza qilinadigan 
zona bo’lishi kerak. Qo’riqxonalarning asosiy vazifa va maqsadlari tshalardan 
iborat? Qo’riqxonalarning hududlaridagi majmular tabiiy holda saqlanadi. Ular 
inson tomonidan o’zlashtirilgan va o’zlashtirilayotgan qo’shni hududlar uchun 
namuna bo’lib xizmat qiladi. Qo’riqxonalarning vazifasi tabiatni bir butun holda 
o’rganishdir. Ular landshaft tarkibiy qismlari o’rtasidagi uzviy bog’lanishlarni bilib 
olib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo’llarini ishlab chiqish uchun zarur. 
Inson tomonidan o’zlashtirilgan landshaftlarga moslasha olmagan hayvonlarni 
faqat qo’riqxonalarda saqlash mumkin bo’lmoqda. Bular zubr, qulon, moral, 
begemot, yo’lbars, arslon, qoplon, ilvirs, suv kalamushi, turach, qizil g’oz, gagra 
va boshqalardir. SHuningdek, bir qancha o’simlik turlari faqat qo’riqxonalarda 
saqlanmoqda. Qo’riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va ularni 
ko’paytirishda ham katta rol o’ynaydi. SHunday qilib, qo’riqxona hududlari turli 
xil hayvon va o’simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik 
fondini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda hamma qo’riqxonalar ilmiy 
muassasalar hisoblanadi. Qo’riqxonalarda minglab xodimlar tabiiy majmularni va 
ularning ayrim tarkibiy qismlarini tekshiradilar. 
Keyingi yillarda inson tomonidan dengiz va okeanlar boyliklari 
o’zlashtirilishining tobora kuchayib borishi bilan bog’liq holda atrof-muhitnint 
ifloslanishiga, ekologik sistemalarning buzilishiga, ayrim hayvon va o’simlik 
turlarining yo’q bo’lib ketishiga olib keluvchi antropogen ta’sirlar kuchayib 
bormoqda. SHuning uchun dunyo akvatoriyalarida ham qo’riqxonalar tashkil 
etilib, ularning soni 170 dan ortib ketdi. Ular Avstraliya, Daniya, Isroil, Yaponiya, 
Filippii, Janubiy Afrika va boshqa rayonlarda joylashgan. O’zbekistonda birinchi 


qo’riqxona 1926 yilda Zomin rayonining Jizzax o’rmon xo’jaligiga qarashli 
Ko’lsoy va G’o’ralashsoy havzalarida «G’o’ralash» tog’ archa qo’riqxonasi nomi 
bilan tashkil qilingan edi. U keyinchalik Zomin tog’-o’rmon qo’riqxonasi nomi 
bilan qayta tiklangan. 
Kelajakda davlatimiz barqaror rivojlanish yo’lga o’tishi uchun bioxilma-
xillikni saqlash va buzmasdan foydalanish masalalari davlat taraqqiyotining 
rivojlanishiga o’z aksini topdi. Atrof muhitni muxofaza qilish va biologik xilma-
xillikni saqlashning eng samarali yo’llaridan biri - alohida muhofaza qilinadigan 
hududlar tashkil etish hamda noyob hayvon, o’simlik turlarini asrash va 
ko’paytirish eng dolzarb muammolardan biridir. 
Alohida qo’riqlanadigan hududlar 2 mln. gektardan ortiq maydonni egallagan 
bo’lib, bu pespublika hududining 4%dan ziyodini tashkil qiladi. Mamlakatning 
barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun alohida qo’riqlanadigan hududlar 
maydoni 10% dan kam bo’lmasligi kerak.
O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda 9 qo’riqxona, 2 milliy bog`, 9 davlat 
buyurtmaxonalari, 1 ekomarkaz faoliyat ko’rsatayapti 
O’zbekiston respublikasida qo’rikxonalar 1927 yildan boshlab tashkil etila 
boshladi. Respublika qo’riqxonalarining asosiy vazifalari va maksadlari - tabiatni 
bir butun xolda saklashdir. Qo’riqxonalar ovlanadigan xayvonlarni saqlash va 
ularni ko’paytirishda ham katta rol o’ynaydi. Shunday qilib, qo’riqxona hududlari 
turli xil hayvonlar va o’simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va 
genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. Respublikada hamma qo’riqxonalar 
ilmiy muassasalar hisoblanadi. 

Download 193.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling