Ma’ruza №2. Mexatronika tizimlarining strukturasi va xususiyatlari. Reja


Mexatronika tizimlarining strukturasi


Download 140.06 Kb.
bet3/11
Sana17.06.2023
Hajmi140.06 Kb.
#1546849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Маъруза2

2.Mexatronika tizimlarining strukturasi

Oldingi mavzuda aytib o`tilganidek, MTning asosiy vazifasi (texnika sohasi sifatida)– bu boshqaruv tizimining yuqori bosqichidan keladigan boshqarish maqsadi haqidagi axborotni tesqari aloqa boshqaruvi printsipi asosida tizimning maqsadga yo`naltirilgan funktsional harakatiga aylantirishdir.


2.2-rasmda mexatronik tizimlardagi energetik va axborot oqimlarining oqish yo`llari blok-sxemasi ko`rsatilgan.
Zamonaviy tizimlarida elektr energiyasidan oraliq energiya shaklida foydaniladi. Shunday qilib, mexatronik tizimni ishlab chiqish uchun nazariy jihatdan 4 ta asosiy funktsional blok kerak bo`ladi: to`g’ri zanjir orqali bog’langan axborot-elektrik va elektrmexanik energiya o`zgartirgichlari hamda teskari aloqa zanjiridagi elektr-axborot va mexanik-axborot o`zgartirgichlari.
Agar elektr energiyasi o`rniga gidravlik, pnevmatik yoki kombinatsiyalashgan (misol uchun, elektrgidravlik) energiya manbasi ishlatilsa, demak ularga to`g’ri keladigan o`zgartirgichlar va datchiklar qo`llaniladi.



2.2-rasm. Mexatronik tizimdagi axborot va energetik oqimlar.
FO`- funktsional o`zgartirgich
energetik oqim
axborot oqimi

2.3-rasmda harakati kompyuterli boshqariladigan mashinaning umumiy strukturasi ko`rsatilgan.


Harakati kompyuterli boshqariladigan mashinaning umumiy strukturasi quyidagicha:
• Oxirgi zvenosi ishchi organ bo’lgan mexanik qurilma;
• Kuchli o’zgartgichlar va bajaruvchi dvigatellar kirgan yuritmalar bloki;
• Yuqori darajasi inson-operator yoki kompyuter tarmog’idagi boshqa EHM bo’lgan kompyuter boshqarish qurilmasi;
• Ishchi organ harakati va mashinaning haqiqiy holati haqidagi axborotni boshqarish qurilmasiga yetkazuvchi sensorlar.



2.3-rasm. Harakati kompyuterli boshqariladigan mashinaning umumiy strukturasi

Mexanik qurilmaning harakati jarayonida ishchi organ ishlov berilayotgan ob`ektga bevosita ta`sir qiladi va amalga oshirilayotgan avtomatlashtirilgan opertsiyaning sifat ko`rsatgichlarini ta`minlaydi.


Shunday qilib, MTlarda mexanik qismi boshqariladigan ob`ekt hisoblanadi. MT tomonidan funktsional harakat amalga oshirish jarayonida mexanik qismining oxirgi zvenosi bo`lgan ishchi organga tashqi ob`ektlar g’alayonli ta`sir etadi. Bu ta`sirlarga misol bo`lib mexanik ishlov berish operatsiyalarida kesish kuchlari, shakllantirish va yig’ish operatsiyalarida kontakt kuchlari va kuch momentlari xizmat qiladi.
Demak, MTlarning yuritmalar blokini, kompyuterli boshqarish sistemasini va sensorlarni loyihalash jarayoni MTlarning qanday texnologik operatsiyani bajarishiga asoslangan mexanik qismini boshqariladigan ob`ekt sifatida tahlil qilish va g’alayonlarni ta`sirlarni hisoblashdan boshlanadi.
Darsning boshlanishida o`tgan mavzuni takrorlah uchun “Venn diagrammasi” ko`rib chiqiladi.
Venn diagrammasi”



Download 140.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling