Ma’ruza №2. Mexatronika tizimlarining strukturasi va xususiyatlari. Reja
Download 140.06 Kb.
|
Маъруза2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy kalit so’z va iboralar
- ED- elektrdvigatel
- UM – uzatuvchi mexanizm
- D1-D3- parametr datchiklari
- BQ- boshqaruvchi qurilma
Ma’ruza №2. Mexatronika tizimlarining strukturasi va xususiyatlari. Reja: 1.Mexatronika tizimlari va odatdagi elektryuritmalar tizimlari orasidagi umumiy xususiyatlar va farqlar. 2.Mexatronika tizimlarining strukturasi. 3.Mexatronika tizimlarining tarkibi. 4. Mexatronik tizimlarining xususiyatlari Asosiy kalit so’z va iboralar: Elektr yuritmali tizim; mexatronik tizim; elektrdvigatel; kuchli o’zgartgichli qurilma; uzatuvchi mexanizm; parametr datchiklari; boshqaruvchi qurilma; MT va odatdagi elektryuritmalar tizimlari orasidagi umumiy xususiyatlar va farqlar Uslubiyot nuqtai-nazaridan MT va odatdagi elektryuritmalar tizimlari orasidagi umumiy xususiyatlar va farqlarni ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun elektryuritma va MTning funktsional sxemalarini ko`rib chiqamiz (2.1-rasm). 2.1.a-rasmda elektryuritma sxemasi keltirilgan. Bu sxema ta`rifi bo`yicha elektromexanik tizim bo`lib, asosiy vazifasi elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirib, texnologik jarayon talablari bo`yicha ishchi organ (ijrochi mexanizm) harakatlarini boshqarishdir. Elektr yuritma quyidagi elementlardan iborat: - ED- elektrdvigatel. Elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi. Bu ishni har xil elektrdvigatellar bajaradi; - KO’Q- kuchli o’zgartgichli qurilma. EEM- elektr energiyasi manbaidan olayotgan elektr energiya paremetrlarini: tok kuchi, kuchlanishi, chastotasini ED iste`mol qiladigan qiymatlargacha o`zgartiradi. Zamonaviy elektryuritmalarda KO’Qni yarim o`tkazgichli asboblar – tiristorlar1 va tranzistorlar2 asosida yasaydilar. - UM – uzatuvchi mexanizm. EDdan chiqadigan mexanik harakatni mashina yoki agregatning ishchi organi (ijrochi mexanizmi) harakatlanishi uchun kerak bo`lgan harakat turiga (aylanma, ilgarilanma) va kerakli qiymatga (aylantiruvchi moment, kuch, aylanish chastotasi, tezlik) aylantirib beradi; - D1-D3- parametr datchiklari. elektr yuritmaning joriy holati haqida ma`lumot beradi. Bu ma`lumot texnologik va texnik talablarga mos keladigan boshqarishning teskari aloqasini shakllantirish uchun kerak. O`lchash koordinatalari bo`lib tok kuchi, kuchlanishi, harakatlantiruvchi momentlar, tezlik, burchakli va chiziqli harakat va b. xizmat qiladi; - BQ- boshqaruvchi qurilma. U-signal beruvchi va teskari aloqadagi datchiklardan kelayotgan signallar asosida KO’Qga boshqaruvchi signallarni shakllantiradi. BQ mantiqiy va kuchaytiruchi releli va tranzistorli sxemalar va regulyatorlardan zamonaviy mikroprotsessorlargacha rivojlanish yo`lini bosib o`tdi. Boshqaruvchi signal texnologik jarayonni nazorat qilib boruvchi operator yoki yuqori darajadagi kompyuter sistemasidan keladi. Download 140.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling