Ma’ruza №2. Mexatronika tizimlarining strukturasi va xususiyatlari. Reja
Disciplinary Foundations of Mechatronics
Download 140.06 Kb.
|
Маъруза2
Disciplinary Foundations of Mechatronics
• Mechanical Engineering • Electrical Engineering • Computer Engineering • Computer/Information Systems Disciplinary Foundations of Mechatronics Mexatronikaning fan asoslari 4. Mexatronik tizimlarining xususiyatlari Mexatronik qurilmasi quyidagi xususiy belgilarga ega: 1. Axborot va energiya o`zgartirishni minimallashtirish (masalan, reduktorsiz dvigatellardan foydalanish) – harakatni o`zgartirishni minimallashtirish printsipi. 2. Bir nechta funktsiyalarni bajarish uchun bitta mexatron elementidan foydalanish – funktsiyalarni birlashtirish printsipi. 3. Mexatron elementlarni bir korpusga joylashtirish – korpuslarni birlashtirish printsipi. 4. Elementlarni mustahkam montaj qilish. Bugungi kunda MTlarning 3 ta avlodlari mavjud. I-dasturlashtirilgan mexatron tizimlar; II-adaptiv mexatron tizimlar; III- intellektual mexatron tizimlar. I-avlod dasturlashtirilgan mexatron tizimlar. Ularning harakati dastur almashtirilishi bilan o`zgartiriladi. Tashqi muhit holati o`zgarishi haqidagi axborot faqat dastur almashtirish paytida tizimga kiritiladi. Inson aralashuvisiz birinchi avlod mexatronik tizimlar yangi dasturlarni ishlatish va tashqi muhit o`zgarishiga moslasha olmaydi. Hozirgi vaqtda sanoat ishlab chiqarishda foydaladigan mexatronik tizimlarning asosini ushbu tizimlar tashkil qiladi. Ikkinchi avlod MTlar tashqi muhit o`zgarishiga moslasha oladi va shuning uchun adaptiv deb ataladi. Ular tashqi muhit haqidagi axborotni qabul qilish tizimiga ega, bu axborotni real vaqt sharoitida boshqarish signallariga o`zgartira oladi. Bu MTlar mikroprotsessor bazasidagi quvvatli hisoblash sistemasiga ega va juda katta funktsional imkoniyatlar va ishlatish samaradorligigiga ega. Hozir vaqtda bunday MTlar ishlab chiqarilmoqda va ulardan foydalanish o`sib bormoqda. Uchinchi avlod MTlar – intellektual tizimlar. Bu tizimlar xuddi birinchi va ikkinchi avlod tizimlar kabi ishlaydi, ya`ni tashqi muhit o`zgarishini sezadi va shunga qarab o`zining harakatini belgilaydi. Boshqa avlod tizimlardan farqi shundaki, ular o`zining harakatini belgilangan mezonlarni baholab, ushbu chegaralar ichida ko`plab yechimlar ichidan eng optimalini aniqlab, ushbu optimal variant asosida vazifasini hal qiladi. Bunday tizimlar ishlab chiqilib, endi ishlab chiqarishga qo`yilmoqda. Download 140.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling