Ma’ruza №2. Mexatronika tizimlarining strukturasi va xususiyatlari. Reja
Download 140.06 Kb.
|
Маъруза2
EYu-elektr yuritma;
ED- elektrdvigatel; KO’Q- kuchli o’zgartgichli qurilma; EEM- elektr energiyasi manbai; UM – uzatuvchi mexanizm; D1-D3- parametr datchiklari; BQ- boshqaruvchi qurilma; U- signal beruvchi; IO – Ishchi organ. 2.1-rasm. Funksional sxemalar: a– elektr yuritmali tizim; b– mexatronik tizim 2.1 b-rasmda keltirilgan MT ning funktsional sxemasini ko`rib chiqamiz. Bu sxemada: mikroprotsessor boshqarish qurilmasi vazifasini bajaradi. Bunda u boshqarish va indikatsiyalash tizimidan keladigan topshiriq va axborot datchigidan kiruvchi o`zgartgichlar orqali kirayotgan signallar asosida raqamli chiquvchi signallarni shakllantiradi; axborot datchiklari ijrochi mexanizm harakatining joriy koordinatlari ko`rsatgichlarini elektr signallari shaklida belgilab boradi; kiruvchi o`zgartgichlar bu elektr signallarni mikroprotsessor tushunadigan raqamli shakllarga aylantiradi; chiquvchi o`zgartgichlar mikroprotsessordan chiqadigan raqamli signallarni mexatronik modulni boshqaradigan elektr signalga aylantiradi; mexatronik modul esa ta`minot manbaining elektr energiyasini ijrochi mexanizm ishlashi uchun kerak bo`lgan aylantiruvchi moment va tezlikka ega bo`lgan mexanik energiyaga aylantirishni ta`minlaydi. “Elektryuritma” va “mexatronika” atamalarini amalda sinonim so`zlar deb qabul qilish mumkin. Bu ikkita tizim orasidagi asosiy o`xshashlik shundan iboratki, ularning ikkisi ham elektromexanik tizim bo`lib, asosiy vazifalari elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirib, texnologik jarayon talablari bo`yicha ishchi organ (ijrochi mexanizm) harakatlarini boshqarishdir. Bundan kelib chiqadiki, bu ikkita tizim elektrmexanik tizimlar sinfiga kiradi. 2.1 b-rasmda ko`rsatilgan MT va boshqa shundan MTlar tarkibida bo`lgan nisbatan murakkabroq MTning tarqibiy qismi bo`lishi mumkin. Bunga o`xshash, bir-biri bilan bog’liq ko`p dvigatelli elektryuritmalar ham mavjud. Endi funktsional sxemalarni qiyoslab, ular orasidagi farqlarni ko`rib chiqamiz: MT da boshqaruvchi rolini mikroprotsessor o`ynaydi, elektryuritmada esa bu boshqa qurilmalar, shu jumladan analogli qurilmalar bo`lishi mumkin. MTning funktsional sxemasida KO`Q, ED va UM bloklari yo`q. Ularning funktsiyalari mexatron modullarda mujassamlangan. Download 140.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling