An`anaviy avtomatlashtirish vositalari bilan taqqoslaganda mexatronik uskunalarning asosiy afzalliklari:
Barcha elementlar va interfeyslarni yuqori darajada integratsiyalash, unifikatsiyalash va standartlashtirish natijasida tannarxning pastligi;
Intellektual boshqarish metodlarini qo`llash natijasida murakkab va aniq harakatlarni amalga oshirishning yuqori sifatiga erishish;
Yuqori ishonchlilik, uzoq chidamlik va jarayonga xalaqit qiluvchi ta`sirlardan himoyaning yuqoriligi;
Kinematik zanjirlarning soddalashtirilishi natijasida mashinaning massasi va gabaritlarini hamda dinamik xossalarini yaxshilash.
Modullar konstruktsiyalarini mujamsamlashtirish (kompaktlash) (mikromashinalar ishlab chiqish).
Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar
Mexatron tizimning tarkibi.
Mexatron tizimning elektrmexanik va elektron qismlari qanaqa funktsiyalarni bajaradi?
Mexatron tizimning kompyuterli boshqarish qurilmasi qanaqa funktsiyalarni bajaradi?
Mexatron tizimning funktsional sxemasini tushuntiring.
An`anaviy avtomatlashtirish vositalari bilan taqqoslaganda mexatronik uskunalarning asosiy afzalliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |