Ma’ruza №23 Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari Tayanch iboralar
Download 47.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari
Yangi turdagi qizdirgichlar
Elektron - nurli qizdirgichlar. Elektron-nurli qizdirgichlarning mohiyati shundan iboratki, havosi so‘rib olingan kameraga (vakuumga) ikkita elektrod-anod va katod joylashtirilgan bo‘lib, ularga yuqori kuchlanishdagi o‘zgarmas tok beriladi. Qizigan katoddan otilib chiqayotgan kuchli elektronlar oqimi maxsus sistemalar yordamida yig‘iladi va qizdirilayotgan metall yuzasiga yo‘naltiriladi, bunda elektronlarning kuchli kinetik energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi (23.5- rasm). 23.5-rasm. Elektron - nurli qizdirgichli qurilma sxemasi 1-katod, elektron to‘pi; 2-anod elektron to‘pi; 3-havoni so‘rib olish nayi; 4-magnitli linza; 5-taqsimlovchi diafragma; 6-taqsimlovchi sheber; 7-eritish kamerasi; 8-elektronlar oqimi; 9 - yuqori vakuum hosil qilish yo‘lagi; 10-eritilayotgan material; 11-tayyor mahsulotni olish mexanizmi; 12-suv bilan sovutish sistemasi; 13-xomashyo uzatish mexanizmi. Elektron - nurli qizdirish bir qancha afzalliklarga ega bo‘lib, bulardan asosiylari: 1. Suyuqlikning metall yuzasidagi harakatini yetarlicha nazorat qilinishi; 2. Jarayonni sezilarli vakuumda (1·10 mm. sim. ust) olib borilishi; 3. Metallni uzoq vaqt davomida suyuq holda ushlab turish mumkinligi. Bunday ko‘rsatkichlarning yuqori haroratda eriydigan metall va ularning qotishmalarini yuqori sifatli qilib tozalashda va yaxshi struktura tuzilishiga ega bo‘lgan metall quymalar olishda ahamiyati katta. Hozirgi kunda elektron nurli qizdirish niobiy, molibden, volfram, titan va boshqa metallarni hamda ularning qotishmalarini eritishda qo‘llanilmoqda. Nazorat uchun savollar 1. Metallurgiyada elektr energiyasi hisobiga ishlaydigan pechlarni qanday nomlanadi? 2. Metallurgik pechlarni elektr energiyasida ishlashning afzallik va kamchiliklari. 3. Metallurgik pechlarda elektr energiyasini issiqlik energiyasi o‘tkazishning qanday usullarini bilasiz? 4. Qarshilikli elektroqizdirishdan ajralgan issiqlik miqdori fizikaning qaysi qonuniga asosan aniqlanadi? 5. Yoyli elektroqizdirish jarayonini qanday usullari mavjud va ular qanday amalga oshiriladi? 6. Induksion pechlarda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga qay yo‘sinda o‘tkaziladi. Download 47.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling