Ma’ruza №23 Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari Tayanch iboralar


Download 47.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi47.47 Kb.
#1840047
1   2   3   4
Bog'liq
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari

 
Induksion elektr qizdirish 
Induksion elektr qizdirish - elektr transformatorlarining ishlash prinsipiga asoslangan 
bo‘lib, birlamchi g‘altakga berilayotgan elektr tok ikkilamchi g‘altakda induksionlashib, issiqlik 
energiyasiga aylanadi. Bunda ikkilamchi g‘altak sifatida qizdirilayotgan material qo‘llaniladi. 
Induksion elektr qizdirishda birlamchi g‘altak (induktor) ga berilayotgan elektr energiyasi zudlik 
bilan o‘zgaruvchan magnit maydoni energiyasiga va o‘z navbatida ikkilamchi g‘altakda, ya’ni 
eritilayotgan materialda elektr energiyasiga aylanadi, natijada materialning qarshiligi hisobiga 
issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. Agar eritilayotgan material ferromagnit bo‘lsa o‘zgaruvchan 
magnit maydon energiyasining bir qismi to‘g‘ridan - to‘g‘ri issiqlik energiyasiga o‘tadi. 
Texnikada keng tarqalgan induksion pechlarning ikki turi bo‘lib, ular temir o‘zakli va 
o‘zaksiz yuqori chastotali induksion elektr qizdirish sistemasi bilan farq qiladi (23.4 - rasm). 
Rasmda ko‘rsatilganidek, temir o‘zakli induksion pechlarning ishlash prinsipi oddiy elektr 
transformatoriga o‘xshab birlamchi g‘altak temir o‘zakka o‘rnatilgan bo‘lib, ikkilamchi g‘altak 
yopiq holdagi nayga metalli shixta solingan. Halqasimon naydagi erigan metall qotishma 
shiddatli aylanish natijasida pechning ishchi hajmiga o‘tadi va yuqoridagi shixta bilan to‘qnashib 
uni qizdiraladi va eritadi. 
Metallurgik pechlarda issiqlikning foydali ish koeffitsienti yuqori bo‘lgan usullar to‘g‘ridan - 
to‘g‘ri ta’sir etuvchi va asosan yopiq turdagi yoyli qizdirgichlar keng qo‘llaniladi. Ulardan rudali 
va ferroqotishma olishda, mis va nikelni tozalashda hamda turli rudalarni qayta ishlashda 
foydalaniladi. 


 
23.4 - rasm. Induksion qizdirishning prinsipial sxemasi 
a - temir o‘zakli; b - temir o‘zaksiz; 1-birlamchi g‘altak (induktor); 2 - metall bilan to‘ldirilgan kanal; 3 – 
temir o‘zak; 4 - shixta; 5 - tigel. 
Yoyli elektr qizdirish quyidagi jarayonlar yig‘indisi natijasida amalga oshadi: 
1. Alohida o‘tkazgichlarga (elektrodlarga yoki elektrod hamda materialga) berilayotgan 
kuchli elektr quvvati chaqmoq sifatida yoy hosil qilib, issiqlik quvvatiga aylanadi. 
2. Eritilayotgan material, pechning devorlari va elektr yoy orasida issiqlik almashish amalga 
oshadi. 
Yopiq yoyli qizdirgichlar asosan qarshiligi ma’lum darajada cheklangan, metall bo‘lmagan 
materiallarni qayta ishlashda qo‘llaniladi. Bunda elektr energiyasi nafaqat yoyning o‘zida balki 
shixta yoki erigan massaning qarshiligi hisobiga issiqlik energiyasiga aylanadi. 
Ochiq yoyli qizdirgichlardan metallarni va metall qotishmalarni eritishda foydalaniladi. 
Bunda elektr yoy eritilayotgan materialga tegmagan holda ishlaydi, aks holda qisqa tutashish 
vujudga keladi. O‘zaksiz induksion pechlarning sxematik ko‘rinishi ham transformatorlarga 
o‘xshash bo‘lib, birlamchi g‘altak misdan tayyorlangan (induktor) bo‘lib, ikkilamchisi esa 
tigelga joylashtirilgan metalli shixtadan iborat. 
O‘zaksiz induksion qizdirish asosida ishlaydigan metallurgiyada keng qo‘lanilmoqda, bunga 
uning bir qator afzalliklari sabab bo‘lib, ularga: 
- Issiqlik, qizdirilayotgan materialning o‘zida ajraladi, bu esa butun yuza bo‘ylab issiqlikni 
tekis almashish jarayoni ta’minlaydi, ya’ni ajralib chiqayotgan issiqlikdan foydalanish 
koeffitsienti yuqori; 
- Qizdirish elementlari va elektrodlar bilan metallni ifloslanmasligi, ya’ni yuqori darajadagi 
tozalikka ega bo‘lgan metall olish mumkinligi; 
- Pechning ishchi hajmini tashqi muhitdan to‘liq ajratish ya’ni yopish mumkinligi hamda 
eritish jarayonini vakuumda yoki atmosfera gazidan saqlangan holda amalga oshirilishi

Qizdirilayotgan materialning xususiyatiga va o‘tga chidamli qoplamalarning 
imkoniyatlariga qarab yuqori haroratga erishish mumkin; 
- Induksion pechlarning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligini yuqoriligi, material 
qizishining va erishining tezligi; 
- Metall yo‘qolishining kamligi va pechlarni boshqarishning texnik jihatdan yuqori 
saviyaliligi va h.k. 

Download 47.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling