Ma’ruza №23 Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari Tayanch iboralar
Elektr qarshilik hisobiga qizdirish
Download 47.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari
Elektr qarshilik hisobiga qizdirish. Qarshilik hisobiga qizdirishning bir nechta turi mavjud. Metallurgik issiqlik texnikasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan va keng tarqalganlardan bilvosita qizdirish hisoblanadi. Pechlarning ishchi yuzasidagi haroratga qarab ular, past haroratli 100-700°C, o‘rta haroratli - 1200°C va yuqori haroratli 1200-2000°C bo‘ladi. Qarshilik hisobiga qizdirish materiallarni quritish va kuydirish, metall va qotishmalarga termik ishlov berishda; qo‘rg‘oshin, ruh, qalay, alyuminiy, magniy va ularning qotishmalarini eritishda keng qo‘laniladi. Elektr qarshilikli pechlarda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga maxsus tayyorlangan qarshiliklar yordamida amalga oshirilib undan chiqarayotgan issiqlik miqdori Joul-Lens qonuniga asosan quyidagi formula orqali aniqlanadi: Q = 0,00024 IR bu erda: I - tok kuchi, A R - o‘tkazgichning qarshiligi, Om τ - vaqt, s. Formuladan ko‘rinib turibdiki, ajralayotgan issiqlik miqdori asosan tok kuchi bilan o‘tkazgichning qarshiligiga bog‘liq. Elektr yoyli qizdirgichlar Elektr yoyli qizdirgichlar yuqori haroratli va katta quvvatli elektr pechlar jumlasiga kirib, turli materiallarni eritishda qo‘llaniladi. Quyidagi rasmda yoyli elektr qizdirish usullari va ularning ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. (23.2 - rasm). 23.2 - rasm. Yoyli qizdirish usullari: a - to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi ochiq yoyli; b - to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi yopiq yoyli; d - bilvosita ta’sir etuvchi betaraf yoyli. Aralash elektr qizdirgichlar Aralash elektr qizdirgichlarda issiqlik energiyasi bir vaqtning o‘zida shixta yoki eritma qatlamida joylashgan qarshilikli va yoyli qizdirgichlar hisobga ajraladi (23.3 - rasm). Aralash elektr qizdirgichlar ferroqotishmalarni va cho‘yan eritishda, rangli metallurgiyada hamda kimyo sanoatining chala mahsulotlarini eritadigan rudno termik pechlarda keng qo‘llaniladi. 23.3 - rasm. Aralash elektr qizdirish sxemasi . Bunday elektr qizdirgichlardan ajralib chiqayotgan umumiy issiqlik miqdori (yoy beradigan issiqlik Q yoy hamda shixta Q shixta , shlak Q shlak va metall Q metall ) ning qarshiligi hisobiga ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorlari yig‘indisidan iborat. Q umum = Q yoy + Q shixta + Q shlak + Q metal Rangli metallurgiyada rudno termik pechlarning ahamiyati katta. Bu pechlar elektrodlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ular shixtaga chuqur botirilgan. Natijada elektr qizdirish aralash holda, ya’ni elektr yoydan va shlak qarshiligidan ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasi hisobiga ishlaydi. Download 47.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling