Ma’ruza №3 Gidrodinamik tadqiqot usullari. Barqaror rejimida quduqlarni tadqiqot qilish Ma’ruza rejasi


Download 159.62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.11.2023
Hajmi159.62 Kb.
#1740180
Bog'liq
3-маъруза



MA’RUZA №3 
Gidrodinamik tadqiqot usullari. Barqaror rejimida quduqlarni tadqiqot
qilish
Ma’ruza rejasi: 
3.1. Gidrodinamik tadqiqot usullari. 
3.2. Barqaror rejimida quduqlarni tadqiqot qilish 
Tayanch iboralar: 
Gidrodinamik, termodinamik, gidrokimyoviy, giofizik tadqiqot, idikator 
chizig’i, neft beraoluvchanlik koeffitsienti, depressiya. 
3.1. Gidrodinamik tadqiqot usullari 
Quduqda gidrodinamik va termodinamik tadqiqot etish, boshqa maxsus 
tadqiqotlar(gidrokimyoviy, giofizik)asosida qatlamning sizish ko‘rsatkichlarini 
aniqlash uchun chuqurlik o‘lchov ishlari o’tkazishdir. Aloxida quduq yoki quduqlar 
guruhida tadqiqotishlarini olib borishdan olingan natija, qatlam va qatlam tizimini 
tadqiqotlashning umumiy kartinasini tashkil etadi. Bu deganimiz quduqni tadqiqot 
etish qatlamni tadqiq etishning omili hisoblanadi. Kon tadqiqot natijalarini ishlov 
berishda olingan sizish ko’rsatkichlari neft qazib olish texnologiyasi, ishlash va
zaxirani hisoblash masalalarini echishda qo‘llaniladi. 
Tadqiqot qilishning eng asosiy turlaridan bo’lgan gidrodinamik va 
termodinamik usullaridan eng birinchi rivojlana boshlagan usuli gidrodinamik usuli 
hisoblanadi. 
Kon tadqiqot ishlari quduqning muayyan rejimida ishlashida yoki muayyan 
oqimda ham, xuddi shu kabi nomuayyan oqimda (to’xtatilgandan keyin,ko’shish 
vakti yokirejimni o’zgarishida) ham bir xil o’tkaziladi. 
3.2. Barqaror rejimida quduqlarni tadqiqot qilish 
Quduqlarning joriy holatini nazorat etish, ulardan olinadigan mahsulot 
miqdorini belgilash va ularning ishlash texnologik rejimini tuzish maqsadida 
tadqiqot ishlari olib boriladi. 
Quduqlarni tadqiqot etish barqaror va beqaror rejimlarda olib boriladi. 
Barqaror rejimda tadqiqot etish qo‘yidagicha olib boriladi. Quduq ancha 
vaqt o‘zgarmas miqdorda ishlatiladi. Bu muddatda quduqning mahsulot miqdori va 
tub bosimi o‘lchanadi. Birinchi o‘lchashdan so‘ng mahsulot miqdori o‘zgartiriladi. 
(oshiriladi yoki kamaytiriladi.) Biroz vaqtdan so‘ng quduq tubi bosimi o‘rnatilgach, 
o‘lchovlar takrorlanadi. Bunday o‘lchovlar kamida 3 - 4 marta bajariladi. 
Quduqning ishlash rejimini o‘zgartirish, quduqning ishlatilish usuliga 
bog‘liq. Masalan, favvora usulida ishlaydigan quduqlarda shtuser diametrini 
o‘zgartirib, kompressor usulida ishlaydigan quduqlarda ishchi agentning nisbiy 


sarflanishini o‘zgartirib, chuqurlik nasosi usulida ishlaydigan quduqlarda tebratma - 
dastgoh parametrlarini o‘zgartirib mahsulot miqdorini boshqarish mumkin. 
Quduqning har bir ishlash rejimida ishlash muddati mahsulot miqdori
qatlam tavsifi va qatlamdagi suyuqlik va gazlarning xususiyatlariga bog‘liq. 
Tadqiqot natijasida olingan mahsulot miqdori va unga mos keladigan 
bosimlar farqi orasidagi bog‘lanish grafigi chiziladi. Bu grafik indikator chiziqlari 
deb ataladi. Absissa o‘qida mahsulot miqdori Q va ordinata o’qida bosimlar ayirmasi 
P=P
kat
-P
qud.tub.
Gaz quduqlari uchun bosimlar kvadratlarining ayirmasi qo‘yiladi( P
2

Ko‘rinishi jihatdan indikator chiziqlari to‘g‘ri chiziqli, qavariq yoki botiq 
hollarda uchraydi. 
To‘g’ri chiziqli holat neft uyumida siqib chiqarish usuli mavjudligida va 
oqim Darsi qonuni bo’yicha chiziqli sizilish sharoitida yuzaga keladi. 
Ayrim hollarda indikator chizig‘i boshlang‘ich sharoitida to‘g‘ri shaklda 
bo‘lib, depressiya oshgan sari qavariq shaklga o‘tishi mumkin. 
Suv bosimi rejimidan boshqa hamma hollarda indikator chizig‘i qavariq 
shakilda bo‘ladi. Botiq shakildagi indiqator chizig‘i holatida tadqiqot natijasi 
qoniqarsiz hisoblanib, o‘lchashlar takrorlanadi. 
Indikator chiziqlari quyidagi tenglama orqali ifodalanishi mumkin: 
Q=K(P
qat
-P
qud.tub
)
n
(3.1) 
Bu yerda: K - mahsuldorlik koeffisienti; n - g‘ovak muhitda sizishni 
xarakterlovchi koeffisient. 
Chiziqli sizish qonuni mavjud hollarda n = 1 va indiqator chizig‘i to‘g‘ri 
shaklda. Qavariq shakldagi indiqator chizig‘i n < 1 va botiq shakildagisi n > 1 
sharoitlarda vujudga keladi. 
Chiziqli qonun bo‘yicha sizilish sharoitida tenglama quyidagi ko‘rinishga 
ega bo‘ladi. 
Q= K (P
qat
-P
qud.tub
)
(3.2) 
Mahsuldorlik koeffisienti son jihatidan bosim 1 atmosferaga pasayganda 
mahsulot miqdorining qanchaga ortganligini ko’rsatadi. 
K= Q/(P
qat
-P
qud.tub
)= Q/ P;
(3.3) 
Quduqning maksimal mahsulot miqdori yoki potensial debiti P
kud.tub
=0 holda 
bajarilib quyidagicha hisoblanadi. 
Q
pot.
= K
P
n
qat
(3.4) 
Tadqiqot natijasida chizilgan indikator chizig‘iga ishlov berib quduqning 
mahsuldorlik koeffisienti (K), qatlam o‘tkazuvchanligi (k), harakatlanuvchanligi 
k/μ; gidroo‘tkazuvchanlik k h/μ; p’ezoo‘tkazuvchanlik (x) va boshqa parametrlarni 
hisoblash mumkin. 








Indiqator chizig‘iga ishlov berish quyidagi tartibda bajariladi. Indiqator 
chizig‘ining to‘g‘ri chiziqli qismi uchun mahsuldorlik koeffisienti. Quyidagicha 
hisoblanadi. 
K= Q/ P;
(3.5) 
Darsi qonuniga asosan quduq tomon oqim quyidagi tenglama yordamida 
aniqlanadi. 
Q=2 kh(P
qat
-P
qud.tub
)\μ(lnR
ch
/R
qud
+C
1
+C
2
) (3.6) 
bu yerda; k - qatlam o‘tkazuvchanligi; h - qatlam qalinligi; μ - quduq 
mahsuloti qovushqoqligi; R
ch
– ta’minot chegarasi radiusi; R
qud 
- quduq radiusi; C
1

C
2
– quduqning gidrodinamik nomo‘kammallik koeffitsienti; 
Yuqorida ko’rsatilganidek quduqqa nisbatan oqim Q = K(P
qat
-P
qud.tub

tenglamasi yordamida ham hisoblanadi. Bu ikkala tenglamaning o‘ng tomonlarini 
tenglashtirib qatlamning o‘tkazuvchanlik koeffisienti topiladi. 
2 kh(P
qat
-P
qud.tub
)/
(lnR
ch
/R
qud
+C
1
+C
2
)= K (P
qat
-P
qud.tub
) (3.7) 
r =K
(lnR
ch
/R
qud
+C
1
+C
2
)/ 2 h (3.8) 
Endi o‘tkazuvchanlik bilan bog’liq bo‘lgan boshqa parametrlarni (k/μ; k
h/μ; x) hisoblash mumkin. 
Darsi qonunidan chetlanish hollarida Q=K(P)
n
shakldagi parabalik tenglama 
indikator chizig’ini to‘la tasvirlay olmaydi. Bu hollarda bosim gradientning quyidagi 
ikki hadli tenglamasidan foydalanish mumkin. 
P/x=k/
u
2
-u u
2
(3.9) 
bu yerda: P - x uzunlikdagi maydonda bosimlar ayirmasi; μ- neft 
qovushqoqligi; u – sizilish tezligi; u – g’ovak muhit geometriyasiga bog’liq 
koeffitsient. 
Bu tenglamaning mazmuni quyidagicha. Suyuqlik yoki gaz harakatida 
qaysidir uchastkada bosimlar ayirmasi suyuqlik yoki gazning inersiya kuchi va 
ishqalanish kuchini bartaraf etish uchun sarflanadi. Bu kuchlar g‘ovaklik 
kanallarining notekisligi natijasida yuzaga keladi. 
Kichik tezlikdagi sizishda inersiya kuchlari katta emas va bosim asosan 
ishqalanish kuchlarini yengishga sarflanadi va tenglamaning birinchi qismi hal 
qiluvchi ro‘l o‘ynaydi. 
Sizilish tezligi quduq debiti bilan proporsional bog‘liq bo‘lganligi sababli 
indiqator chizig’iga quyidagi tenglama mos keladi: 
Suyuqlik uchun P = A Q +BQ

Gaz uchun
P

= A
1
Q
at
+B
1
Q
2
at 
bu yerda: A, B,A
1
,B
1
- berilgan quduqlar uchun doimiy koeffitsientlar; Q –
neft debiti; Q
at 
- atmosfera bosimiga keltirilgan gazning hajmiy miqdori. 
Shunday ekan, oqim tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: 
P/Q = A +B Q; P
2
/Q = A
1
+B1 Q
at


















Tadqiqot natijalari 
Q=α(P/ Q) yoki Q=α( (P)
2
/ Q
at

Fizikaviy 
mohiyati 
jihatidan 
A(A
1

koeffisienti 
mahsuldorlik 
koeffisientining teskari qiymatiga ega. 
A=1/K yoki K=1/A 
Mahsuldorlik 
koeffisientining 
miqdori 
ma’lum 
bo‘lsa 
qatlam 
o‘tkazuvchanligi va unga bog‘liq hamma parametrlarni aniqlash imkoniyati 
tug‘iladi. 
Tekshirish uchun savollar 
3.1. Quduqlarda tadqiqot ishlarini olib borishdan maqsad nima? 
3.2. Quduqlarni barqaror rejimda tadqiqot etish qanday olib boriladi? 
3.3. Tadqiqot natijasida indikator chizig‘i qanday chiziladi? 
 

Download 159.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling