Ma‟ruza №3 Mavzu: Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
КИА МАЖМУА (LOTIN 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatlamning yotish elementlari
yertomir
deyiladi. Yertomirlar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Yer qobig‘idagi bo‘shliqlar mineral moddalar bilan to‘lgan bo‘lsa, bunday konlar, odatda, shtok, in va linza shakliga ega bo‘ladilar. Bu shakldagi konlar bir-biridan shakl va o‘lchamlari orqali farqlanadi va odatda, temir, mis, polimetall konlari shunday shakllarda uchraydi. Qatlamlarning Yer qobig‘ida joylashish holati ularning yotish elementlari orqali aniqlanadi.Qatlamning cho‘ziqligi, og‘ishi, og‘ish burchagi, qalinligi uning asosiy elementlari xisoblanadi 4.2. rasm. Ruda tanalarining yotish shakllari: a-yertomir; b-shtok; d-linzalar; e-insimon. Qatlamning uzunligi (uzunlik bo‘yicha o‘lchami) qatlam cho‘ziqligi deyiladi. Qatlamning gorizontal tekislik bilan kesishish chizig‘i – cho‘ziqlik chizig‘i deyiladi. Qatlam tekisligida cho‘ziqlik chizig‘iga tik yotgan chiziq og‘ish chizig‘i, ushbu chiziqning yo‘nalishi esa qatlam og‘ishi deyiladi. Og‘ish chizig‘i bilan gorizontal tekislik o‘rtasida hosil bo‘lgan burchak qatlam og‘ish burchagi deb yuritiladi.Foydali qazilmalarni yotish shakllari va qazib olish usullariga nisbatan qatlamlarni gorizontal, qiyaroq, 4.3-rasm. Qatlamning yotish elementlari. 16 qiya, o‘ta qiya va tik guruhlarga ajratiladi (4.1 jadval). 4.1-jadval Foydali qazilma yotqiziqlarini og‟ish burchagi bo‟yicha tasnifi Og‘ish burchagi buyicha qatlam ko‘rinishi (tipi). Og‘ish burchagi, gradus Ko‘mir qatlamlari Ruda konlari Yer osti usulida qazish Ochiq usuldaQazish Gorizontal 0-3 0 0 Qiyaroq(yotiq) 3-18 10gacha 25 gacha Qiya 19-35 10-30 25-45 O‘ta qiya 36-55 - - Tik 56-90 31-90 46-90 Tasnifdagi tafovutlar qatlam va foydali qazilma yotqiziqlarini qazib olish usuli va texnologiyasiga bog‘liqdir. Foydali qazilma qatlami (yotqizig‘ining) qalinligi deganda, qatlamni chegaralovchi tekisliklar orasiga tik o‘tkazilgan chiziq uzunligi tushuniladi. Bunday qalinlik (m) haqiqiy qalinlik deyiladi. Qatlam shifti bilan asosi o‘rtasidagi gorizontal chiziq bo‘yicha masofa qatlamning gorizontal qalinligi (m g ), vertikal chiziq bo‘yicha masofasi esa, vertikal qalinlik (m v ) deyiladi. Qatlam qalinligi ko‘pincha o‘zgaruvchan bo‘ladi, ya‘ni bir joyda qalin bo‘lsa, ikkinchi joyda yupqaroq, uchinchi joyda esa, yanada yupqaroq bo‘lishi mumkin. Shu sababli konchilik amaliyotida o‘rtacha qalinlik (m o‘r ) atamasidan foydalaniladi. Ko‘mir qatlamlari va ruda yotqiziqlarining qalinlik bo‘yicha tasnifi 4.2 jadvalda keltirilgan. 4.2- jadval. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling