Metall ioni bilan bog‘langan donor atomi soni uning koordinatsion soni deb yuritiladi. YUqoridagi komplesda platinaning koordinatsion soni 4 ga,[Co(N3H)6]3+ da esa kobaltning koordinatsion soni 6 ga teng. Ba’zi metallar ionlari doimiy koordinatsion songa ega bo‘ladi. Uch valentli xrom bilan kobaltning koordinatsion soni 6 ga, ikki valentli platinaniqi 4 ga tengligi aniqlangan. Koordinatsion soni ko‘pincha 4 va 6 ga teng bo‘ladi. Bu son metall ionining katta-kichikligi va uni o‘rab turgan ligandlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Ligandlar yirik bo‘lganda, ular metall ioni atrofida kamroq to‘planadi. Metallning markaziy atomiga birikkan manfiy zaryad tashuvchi ligandlar ham koordinatsion sonning kamayishiga sabab bo‘ladi. [Ni(NH3)6]2+ kompleksida nikel (P) atomi atrofida ammiakning 6 ta neytral molekulasi to‘plansa, [NiSl4]2- kompleksida to‘rtta manfiy zaryadlangan xlorid ion yig‘iladi. To‘rt korrdinatsion sonli komplekslar tetraedrik yoki tekis-kvadrat, olti koordinatsion sonlilar esa oktaedrik geometrik tuzilishga ega bo‘ladi.
KOMPLEKS BIRIKMALAR NOMENKLATURASI VA IZOMERIYASI
Kompleks birikmalarni nomlashda empirik nomenklaturadan foydalanilgan. Bunday nomlarning ba’zilari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Reyneke tuzi NH4[C (NH3)2(NCS)4] ana shunday komplekslardan biridir. Nazariy va amaliy kimyo Xalqaro ittifoqi (IYUPAK) qabo‘l qilgan nomenklatura 196Z yildan boshlab joriy etilgan bo‘lib, kompleks birikmalar uchun u quyidagicha qo‘llaniladi:
1.Tuzlarda avvalo kation nomi, so‘ngra anion nomi aytiladi. [Co(NH3)5 Cl]Cl2 - pentaaminxlorokobalt (II)-xlorid. [Co(NH3)6][C (C2O4)3]- geksaamin kobalt (III)-trioksalat xrom (III).
2.Kompleks ioni yoki molekulani nomlashda metallarga qaraladi. Ligandlar ularning zaryadlaridan qat’iy nazar alfavit tarzida sanaladi. Kompleks formulasi yozib bo‘lingach, birinchi bo‘lib metall ko‘rsatiladi K2 [Pt(N2O2)Sl2] dixlorodinitritoplatinat (II)-kaliy.
Do'stlaringiz bilan baham: |