Ma’ruza №3 Mavzu: Kompleks birikmalar. Anionlar, ularning aralashmasi analizi. Reja
Download 96.42 Kb.
|
3. Kompleks birikmalar. Anionlar, ularning aralashmasi analizi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANIONLARNING BIRINCHI GURUHI.
- ANIONLARNING IKKINCHI GURUHI.
- ANIONLARNING UCHINCHI GURUHI.
Anionlarning umumiy tavsifi.
Davriy sistema IV, V, VI, VII gruppalarning asosiy gruppachasidagi elementlar asosan anionlarni hosil qiladi. Anionlarning eritmadagi holati eritmaning muhitiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik element anionlari o‘zgaruvchan valentlikka ega. Anionlar ko‘pincha bir-birini aniqlashga xalal bermaydi. Anionlarni sinflashning turli usullari ma’lum. Lekin ularni analitik guruhlarga sinflashning umumiy qabul qilingan usullari yo‘q. Quyida anionlarni sinflash eng ko‘p tarqalgan bariyli va kumushli tuzlarning turlicha eruvchanligiga asoslangan. 1-jadval.
Diyarli hamma anionlar boshqa anionlarni ochish vaqtida bir-biriga halaqit bermaydi, lekin shu munosabat bilan ular odatda tekshirilayotgan eritmaning alohida olingan namunalarida ochiladi va oldindan ajratib olinmaydi. ANIONLARNING BIRINCHI GURUHI. SO4 - sulfat ioni SO3 - karbonat ioni SO3 - sulfit ioni PO4 - fosfat ioni S2O3 - tiosulfat ioni CrO4 - xromat ioni SiO3 - silikat ioni Cr2O7 - bixromat ioni F - ftorid ioni Guruh tavsifi Birinchi guruh anionlariga SO4 - sulfat, SO3 - karbonat, SO3 - sulfit, PO4 - fosfat, S2O3 - tiosulfat, CrO4 - xromat, SiO3 - silikat, Cr2O7 - bixromat va F - ftorid ionlari kiradi. Birinchi guruh anionlari uchun guruh reagenti bo‘lib bariy xlorid hizmat qiladi. Bu reagent birinchi guruh anionlari bilan suvda qiyin eriydigan, lekin suyultirilgan meniral kislotalarda (BaSO4 dan tashqari) yaxshi eriydigan tuzlarni hosil qiladi. SHuning uchun I analitik guruh anionlari kislotali muhitda cho‘kmaga tushmaydi. Demak, neytral yoki kuchsiz asosli eritmada (rN 79 bo‘lganda) BaCl2 I guruh anionlarining reagentidir. ANIONLARNING IKKINCHI GURUHI. Cl| - xlorid ioni S|| - sulfid ioni Br|-bromid ioni [Fe(CN)6]|||-ferritsianid ioni J | - yodid ioni [Fe(CN)6]|||| - ferrotsianid ioni Guruh tavsifi. Ikkinchi guruh anionlariga Cl| - xlorid, S|| - sulfid, Br |-bromid, [Fe(CN)6]|||-ferritsianid, J | - yodid va [Fe(CN)6]|||| - ferrotsianid ionlari kiradi. Ular nitrat kislotali eritmalarda kumush ioni ta’sirida cho‘kmaga tushadi. CHunki ularning hosil qilgan kumush tuzlari suyultirilgan nitrat kislotada (Ag2S dan tashqari) erimaydi. Ular shu xususiyati bilan birinchi guruh anionlaridan farq qiladi. Demak, ikkinchi guruh anionlarining guruh reagenti - suyultirilgan nitrat kislota ishtirokida kumush nitratdir. S|| ioni nitrat kislota ta’sirida oltingugurtgacha yoki sulfat ionigacha oksidlanadi. SHuning uchun ikkinchi guruh anionlari bor-yo‘qligini bu guruhning umumiy reagenti bilan tekshirishda nitrat kislotani tekshirilayotgan eritmaga emas, balki kumush nitrat eritmasiga qo‘shish kerak. Ikkinchi guruh anionlarining bariyli tuzlari suvda yaxshi eriydi. SHu sababli, ikkinchi guruh anionlari birinchi guruh anionlaridan farq qilib, bariy xlorid ta’sirida cho‘ktiriladi. Suvli eritmalarda ikkinchi guruh anionlari ([Fe(CN)6]|||| va [Fe(CN)6]||| lardan boshqa) rangsiz bo‘ladi. ANIONLARNING UCHINCHI GURUHI. NO3| - nitrat ion CH3COO |- atsetat ion NO2|- nitrit ion Guruh tavsifi. Uchinchi geruh anionlariga NO3| - nitrat ion, CH3COO |- atsetat ion, NO2|- nitrit ion va boshqalar kiradi. Bu guruhlarning xarakterli xususyati shundan iboratki, ana shu anionlarning bariy va kumush bilan beradigan tuzlari eruvchandir. SHu sababli kumush nitrat va bariy xlorid ta’sirida III guruh anionlari cho‘kmaydi. Uchinchi guruh anionlarining guruh cho‘ktirvchisi yo‘q. NO3| - nitrat, CH3COO |- atsetat va NO2|- nitrit ionlari rangsiz. Download 96.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling