Mа’ruzа №3 ta’limda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari rеjа
Download 89.24 Kb.
|
ZAKT 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Computer Science and Education
2.2. LMS MOODLE.
Moodle – inglizcha so‘zlarning abbreviaturasi bo‘lib Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment - modulli obyektga yo‘naltirilgan dinamik o‘qitish muhiti bo‘lib, GNU GPL litsenziyasi bo‘yicha erkin foydalanish mumkin bo‘lgan veb (vebga yo‘naltirilgan) ilova hisoblanadi. Moodle tizimida “ijtimoiy konstruksionizm pedagogikasi” asos qilib olingan. Tizim asosan o‘qituvchi(lar) va talaba(lar) o‘rtasida o‘zaro (bilim olish) munosabatini tashkillashtirishga yo‘natirilgan. Moodle muallifi - Martin Dougiamas. Kursning yakunlashi bilan Computer Science and Education yo‘nalishi bo‘yicha universitetni yakunlab doktorlik dissertatsiyani tayyorlab yoqlagan (Ph.D.). Doktorlik dissertatsiyasining mavzusi: "The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of reflective inquiry" deb nomlangan. Moodle PHP dasturlash tilida yozilgan, SQL-ma’lumotlar bazasi asosida ishlaydi (MySQL, PostgreSQL, Microsoft SQL Server va boshq.). Moodle SCO obyektlari bilan ishlay oladi va SCORM standartini qanoatlantiradi. Moodle arxitekturasi modulli ishlash prinsipida bo‘lganligi sababli, uning imkoniyatlarini qo‘shimcha plaginlar orqali kengaytirish mumkin. Ta’lim (o‘qish)ni boshqarish tizimi – o‘quv faoliyatini boshqarish tizimining asosi (inglizcha Learning Managment System) bo‘lib, umumiy kirish huquqini ta’minlaydigan o‘quv on-line materiallarni shakllantirish, boshqarish va tarqatish uchun qo‘llaniladi. Kurs yaratuvchisi uchun vizual o‘quv muhitida ta’lim berish ketma – ketligi asosida materiallar osonlik bilan yaratiladi. Tizim tarkibiga turli ko‘rinishdagi individual materiallar, kichik guruhlarda ishlash uchun loyihalar va barcha talabalar uchun mazmundor hamda kommunikativ komponentalarga asoslangan o‘quv elementlari kiradi. Moodle – bu o‘qituvchilar (kurs yaratuvchilar) tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) sifatida ishlatish ham mumkin. Uni ko‘pincha e-learning tizimlarni o‘qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems LMS) yoki virtual o‘qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham ataladi. Bu bepul tarqatiladigan dasturiy majmua o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan elektron o‘qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko‘pgina talablarini qanoatlantiradi. Moodle masofaviy o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi – o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazorati alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq. Moodle tizimida 15 turdagi interaktiv o‘quv materiallari mavjud bo‘lib, ularning soni oshib bormoqda. Kurs yaratuvchisi tizimning bunday imkoniyatidan foydalangan holda o‘qitiladigan fanni talabalarga( bilim oluvchilarga) interaktiv ko‘rinishda taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Xususan: Download 89.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling