Maʼruza-3 Texnik ijodkorlik metodikasi


Muhandislik sohasidagi yutuq haqida fikrlar


Download 83.11 Kb.
bet2/4
Sana18.11.2023
Hajmi83.11 Kb.
#1784977
1   2   3   4
Bog'liq
3-ma\'ruza

3. Muhandislik sohasidagi yutuq haqida fikrlar.
 
Mashinalar yaratish tarixidan. Muhandislik sohasining rivojlanishi kishilik jamiyati madaniyati tarixi bilan bogʻlikdir. Kadimgi zamonlardan beri saklanib kelinayotgan ajoyib binolar va arxitektura yodgorliklari oʻsha zamon halklarida mashina va mexanizmlar xakida yetarli tushunchalar boʻlganligidan dalolat beradi. Mexanika soxasida bizga yetib kelgan asarlarda Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) nomi bilan bogʻlik boʻlgan dastak, pona va blok kabilar elementar mexanizmlar va mashinalar nazariyasi asosida yaratilgan. U oddiy mashinalar nazariyasini yaratgan edi.
Shunday oddiy mashinalar bilan Arximed xam shugʻullangan (eramizgacha 287-212 yillar). Eramizdan 287 yil mukaddam Sisiliya orollaridagi Sirakuza shaxrida tugʻilgan Arximed tomonidan 40-ga yakin mashina va mexanizmlar yaratilgan. Polispast, tishli gʻildirakni harakatga keltiruvchi cheksiz vintlar (chervyaklar), Arximed vinti va dastakisi, xar xil mexanizmlar ana shular jumlasidandir. Arximed dastakilar (richaglar) nazariyasini yaratdi.
  • Muhandislik ijodiyoti uslublarining xususiyatlari. Muhandislik ijodiyoti uslublari tasnifi.

  • Yangi texnologik yechimlarni qidirish metodologiyasi qaysiki texnologik tizimlar metodlari holatida koʻrish mumkin:
  • Yangi texnik yechimlarni qidirish usullari va vositalari fikrlash va texnika rivoji (logikasi) harakatlariga asoslanadi.
  • Ijodiy faollikni koʻtarish va boshqarish usul va vositalari aqliy mehnatni ruhiy va fiziologik faolligiga bogʻliq boʻladi.
  • Yangi texnologik yechimlarni maxsus axborot usullari yordamida topishni taʼminlash.
  • Qidiruv strategiyalarini ajratish algoritmlari qidirishning vosita va usullarini garmonik foydalanishga asoslanadi.
  • Qidirish faoliyatlarini samarali tashkil etish holatlari va boshqarish usullari.

5.Texnik ijod evristik usullari.
Evristika (yun. peshtzko — izlayman, topaman) — 1) masalani yechishning maxsus usullari (evristik usullar). Masalani aniq matematik modellarga tayanib va anʼanaviy usullardan foydalanib yechishning aksi. Evristik usullardan foydalanish masalani yechish vaqtini ancha qisqartiradi. Bunday usulda olingan yechim eng toʻgʻri yechim hisoblanmaydi, balki mumkin boʻlgan yechimlardan biri boʻladi. Koʻpincha, Evristika yordamida qoʻyilgan maqsadga erishib boʻlmaydi. Baʼzan psixologik va kibernetik adabiyotda evristik usullarga masalalar yechishning induktiv usullari sifatida tushuniladi;
2) EHM(kompyuter) uchun dasturlar tuzish usuli (evristik dasturlash). Agar oddiy dasturlar tuzish usulida dasturchi masalani yechishning tayyor matyematik usulini EHM ga «tushunarli» shaklga kodlasa, evristik dasturlashda u masalani yechishning intuitiv (his qilib) tushuniladigan usulini shakllantirishga intiladi. Bu usul ham oldinga qoʻyilgan vazifani mutloq hal qilishga imkon bermaydi;

Download 83.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling