Ma’ruza №4 Ochik kon ishlarini mexanizatsiyalash vositalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik qoidalari


Ekskavator kabinasi zaboyni ekskavatorga chegaradosh uchastkasi mashinistga yurib turishini ta’minlashi kerak. 3.4.9


Download 35.58 Kb.
bet4/5
Sana14.03.2023
Hajmi35.58 Kb.
#1267716
1   2   3   4   5
Bog'liq
2S

3.4.8. Ekskavator kabinasi zaboyni ekskavatorga chegaradosh uchastkasi mashinistga yurib turishini ta’minlashi kerak.
3.4.9. Ekskavator ekipaji (brigadasi) a’zolari ishlaydigan joylar ekskavator mashinistini chaqirish vositasi bilan jihozlangan bо‘lishi kerak.


Tashish-uyumlash kо‘priklari va uyumlagichlar
3.5.1. Tashish-uyumlash kо‘priklari va uyumlagichlar shamol tezligi va yо‘nalishini tinimsiz avtomatik о‘lchaydigan uyumlagichlarni harakat mexanizmlarini boshqarish tizimi va avariya signali bilan blokirovkalangan amal qiluvi soz asboblar, shuningdek nazorat о‘lchash vositalari, belgilab о‘chirish, signal va sо‘zlashish qurilmalariga ega bо‘lishi kerak.
3.5.2. Tashish-uyumlash kо‘prigini ta’mirlash paytida bir vaqtda avtomatik va qо‘l tormozi qurilmalarini yechish taqiqlanadi.
3.5.3. Yо‘l yaqinidagi uyumlagichlarni pasangilari harakatlanadigan zona, ularga odamlar yaqinlashmasligi uchun tо‘silishi yoki vertikal signal rejalanishi kо‘rsatilishi kerak.
3.5.4. Tashish-uyumlash kо‘priklari va uyumlagichlar konveyerlari ikki tomonidan tо‘silgan eni kamida 0,7 m bо‘lgan xizmat kо‘rsatish maydonchasiga ega bо‘lishi kerak.
3.5.5. Kuchli yomg’ir, dovul paytida, shuningdek kо‘rinish 25 m gacha (tuman, bо‘ron) bо‘lganda tashish-uyumlash kо‘priklari ishlati va harakatlantirish taqiqlanadi.
3.5.6. Tashish-uyumlash kо‘priklarini qurilma yoki jihozga, shu jumladan ayrilish joylariga 1,0 m dan kam masofoda yaqinlashtirish taqiqlanadi.
Kon-transport jihozlari tepasida tashish-uyumlash kо‘priklarini ishlatish taqiqlanadi.
3.5.7. Uyumlagichlar qadamlagich va qadamlash-relsli harakat bilan siljitishda, uni yuk tushirish konsoli tagidan transport, mashina va mexanizm, shuninglek odamlarning о‘tishi taqiqlanadi.
3.5.8. Tashish-uyumlash kо‘prigini uyum konsoli chekkasi va uyum pushtasi orasidagi masofa kamida 3 m, davriy harakatlanadigan konsolli tasmali uyumlagichlar yonidan uzoqligi kamida 1,5 m bо‘lishi kerak.
3.5.9. Tashish-uyumlash kо‘priklarini uyum tayanchlarini drenaj shtreklari bilan siljitish karyer bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan pasportga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak.

Download 35.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling