Ma’ruza №4 Ochik kon ishlarini mexanizatsiyalash vositalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik qoidalari


Ekskavator ishlayotgan paytda, uni chо‘michi harakatlanadigan zonada odamlarni (xizmat kо‘rsatuvchi xodimlarni) turishi taqiqlanadi


Download 35.58 Kb.
bet3/5
Sana14.03.2023
Hajmi35.58 Kb.
#1267716
1   2   3   4   5
Bog'liq
2S

3.3.6. Ekskavator ishlayotgan paytda, uni chо‘michi harakatlanadigan zonada odamlarni (xizmat kо‘rsatuvchi xodimlarni) turishi taqiqlanadi.
3.3.7. Ekskavatorni strela arqonining xizmat muddati korxona bosh mexanigi tomonidan ish sharoitiga kо‘ra, ammo kо‘pi bilan 3 yilga belgilanadi. Strela arqonida uzilgan simlarni soni о‘ram qadami uzunligida umumiy sonining 15 % dan oshmasligi kerak.
Tiklash, bosimli, qaytarish va tortish arqonlarini almashtirish muddati ularni holatiga qarab aniqlanadi.
Kо‘p chо‘michli va rotorli ekskavatorlar
3.4.1.temir yо‘lli, zanjirli va g’ildirakli harakatda kо‘p chо‘michli ekskavatorni yо‘li va relsidagi qiyalik va radiuslar, shuningdek qadamlovchi ekskavatorga ham, ekskavatorni texnik pasportida ruxsat etilgan chegarada belgilanishi kerak.
Relsli yо‘l eni va qiyaligi о‘zgarishini nazorat qiluvchi qurilma har oyida bir marta karyer (korxona) metrologiya xizmati tomonidan tekshirilishi, natijalari maxsus jurnalga yozilishi kerak.
Aytilgan qurilmalar nosoz bо‘lsa yoki mavjud bо‘lmasa, ekskavatorni temir yо‘lda harakatlanib ishlashi taqiqlanadi.
3.4.2. Strelasi chо‘zilmaydigan rotorli ekskavatorlarda rotor strelasini belgilangan harakat tezligi va burilish bо‘rchagini ta’minlaydigan avtomatik qurilma bilan jihozlangan bо‘lishi kerak.
3.4.3. Kо‘p chо‘michli ekskavatorlar chо‘mich ramasi, rotor strelasi va konveyerni kо‘tarish, turish balandligi yoki burilish burchagi ekskavatorni pasportida kо‘zda tutilgandan katta bо‘lishidan saqlaydigan qurilmaga ega bо‘lishi kerak.
Ekskavator mashinisti kabinasida avariya signali shchiti, shuningdek rotor strelasi harakat tezligi va burilish bо‘rchagi, ekskavatorni harakatlanish tezligi, ekskavatorga keladigan kuchlanish va quvvat yuzasidan nazorat qiluvchi asboblar о‘rnatilgan bо‘lishi kerak.
3.4.4. Kо‘p chо‘michli ekskavator ishlayotgan paytda odamlarni yuklanayotgan vagon yonida va ularni orasida, yuklash va tushirish lyuklari, konveyerlar, qayta yuklaydigan qurilmalari ostida va ekskavatorni harakatlanish qurilmasi ramasi tagida turishlari taqiqlanadi.
3.4.5. Kо‘p chо‘michli ekskavator bilan yangi kirishcha qazishdan oldin smena boshlig’i yoki kon ustasi zaboyni kо‘rikdan о‘tkazishi va qulash prizmasini hisobga olgan holda kirishcha enida ekskavatorni ish fronti bо‘ylab begona narsalarni (daraxt tanasi, metall buyumlar va boshqalarni) olib tashlash choralarini kо‘rishi kerak.
3.4.6. Kо‘p chо‘michli ekskavator bilan quyi joyni kavlashga, kavlanadigan qalinlikda qulamaydigan jinslar bо‘lishi sharti, qiyalik va ekskavatorni ishchi maydonchasi barqarorligi ta’minlanganda ruxsat etiladi.
3.4.7. Rotorli ekskavatorlar konveyerlar va uyumlagichlar bilan kompleks bо‘lib ishlayotgan paytda, shuningdek kо‘p chо‘michli ekskavator konveyerlar yuklayotganda boshqaruv blokirovkalash kerak.
Ta’mirlash va sozlash ishlari bajarilayotganda har bir mexanizmni alohida qо‘l bilan boshqarish nazarda tutilishi kerak.

Download 35.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling