Ma’ruza №4 Ochik kon ishlarini mexanizatsiyalash vositalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik qoidalari
Download 35.58 Kb.
|
2S
Ma’ruza №4 Ochik kon ishlarini mexanizatsiyalash vositalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik qoidalari. 3.1.1. Ishda qatnashadigan konchilik, transport va yо‘l-qurilish mashinalari soz holatda bо‘lishlari va tayyorlovchi-zavodni texnik hujjatlariga muvofiq ravishda ishlaydigan signal qurilmalari, xizmat kо‘rsatish maydonchalari, yong’inga qarshi vositalar, yoritgich, soz asboblar va himoya vositalari komplekti, nazorat-о‘lchash apparaturasi, hamda xodimlar va jihozlarni favqulodda himoyalash qurilmalari bilan ta’minlanishi kerak . Mashinalarni (shu jumladan arqonlar holatini) sozligi har bir smena mashinist, har haftada uchastka mexanigi va har oyda karyer bosh mexanigi (uni о‘rinbosari) yoki boshqa tayinlangan shaxs tomonidan tekshirilishi va natijalari smenani qabul qilish-topshirish kitobi va arqonlarni hisobga olish (kо‘rikdan о‘tkazish) jurnaliga qayd etilishi kerak. Ishda qatnashadigan konchilik, transport va yо‘l-qurilish mashinalari soni kо‘p (30 va undan ortiq) bо‘lsa, ular sozligining davriy kо‘rigi «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi organlari bilan kelishilgan holda karyer bosh mexanigi (uni о‘rinbosari) tomonidan har chorakda bir marta о‘tkaziladigan darajagacha uzaytirilishi mumkin. Arqonlarni hisobga olish (kо‘rikdan о‘tkazish) jurnaliga arqonlar almashtirilgani (almashtirish sanasi, arqon tavsifi va sertifikat raqami) haqidagi ma’lumot qayd etilishi kerak. 3.1.2. Nosoz mashina va mexanizmlarda, shu jumladan tormoz qurilmasi, ishchi organlar kо‘tarilishini chegaralagich nosoz, harakatlanuvchi qismlarga (mufta, uzatmalar, shkivlar va shu kabilarga) borish joyi tо‘siqlari buzuq bо‘lsa, ularni ishlatish taqiqlanadi. Agar jihozni harakatlanuvchi qismlari xavf manbai bо‘lsa, funksional vazifalari yо‘l bermaydigan (konchilik, transport va yо‘l-qurilish mashinalarini ishchi organlari, konveyerlarni tasmasi, roligi, tortish zanjiri va shu kabi) qismlardan tashqari hammasi tо‘silgan bо‘lishi kerak. Mashina yoki ijrochi organlari (kо‘chma mashina, konveyer, arqonli yoki monorelsli yо‘l, turtkich, manyovr lebedkasi va shu kabilar) odamlarga xavf tug’dirgan va ularni tо‘sish mumkin bо‘lmagan hollarda, mashinani ishga tushirish haqida ogohlantiruvchi signalizatsiya, hamda tо‘xtatish va elektr manbaidan ajratish vositalari kо‘zda tutilgan bо‘lishi kerak. Isholdi ogohlantiruvchi signal tovushli (nurli) bо‘lishi kerak va konveyerni bor uzunligiga, qolgan mashina, mexanizm jihozlar uchun odamlarga xavfli zonani bor bо‘yiga eshitilishi (kо‘rinishi) ta’minlanishi kerak. О‘rnatilgan ogohlantiruvchi signal mazmuni hamma ishlaydiganlarga ma’lum bо‘lishi kerak. 3.1.3. Konchilik mashinalarida ishlatiladigan arqonlar mashinani chiqargan zavodni texnik hujjatlariga (pasportiga) mos kelishi va arqonni almashtirish yuzasidan uni tanlash bо‘yicha qо‘llanilishi lozim zavod dalolatnoma-sertifikati bо‘lishi kerak. Dalolatnoma-sertifikat nusxalari arqon almashtirishni bajaradigan uchastkada saqlanishi kerak. 3.1.4. Amortizatsiya muddatini о‘tagan konchilik, transport va yо‘l-qurilish mashinalari «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakili ishtirokida (kelishuvga kо‘ra), korxona rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan kо‘rikdan о‘tadi. Amortizatsiya muddatini о‘tagan konchilik, transport va yо‘l-qurilish mashinalarini texnik holatini baholashda, ularni turi va vazifasiga qarab ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan bajariladigan tekshirishni (sinovni) mexanik, elektrik, gidravlik, parchalanmaslik va boshqa usullarini qо‘llash kerak. Mashinalar holati kо‘rigining natijasi ijobiy bо‘lganda va ularni normal ishlatish uchun tо‘siq bо‘luvchi kamchiliklar yо‘q bо‘lsa, komissiya ishlatish muddatini uzaytirishga ruxsat beradi. Zarur bо‘lganda komissiya kо‘rik dalolatnomasida kon-transport mashinalaridagi qanday detal yoxud uzel keyinchalik foydalanishga yaroqsiz va almashtirilishi yoki ta’mirlanishi lozimligini kо‘rsatishi kerak. Dalolatnomada aytilgan talablar bajarilganidan keyin komissiya mashinani takroriy kо‘rikdan о‘tkazadi va uni ishlatish muddatini uzaytirish haqidagi qarorni qabul qiladi. 3.1.5. Konchilik mashinalarini traktor va buldozer bilan tashishga, faqat bikr tirkagichni qо‘llanganda va xavfsizlikni ta’minlaydigan tadbirlarni amalga oshirilishi bilan ruxsat etiladi. О‘ta og’ir mashinalarni tirkagichni boshqa turlarini qо‘llab tashish yoki karyer chegarasidan tashqaridagi boshqa ish joyiga о‘tkazish karyer bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak. 3.1.6. Avtomatika, telemexanika tizimlari va mexanizmlarni distansion boshqarishni qо‘llashga, ushbu tizimlar nosozligida, ularni ishga tushirish uchun energiya uzatishga yо‘l qо‘ymaydigan blokirovkalar mavjud bо‘lsagina ruxsat etiladi. Elektr energiyasini uzatish bexosdan tо‘xtab qolsa, mexanizmlarga xizmat kо‘rsatuvchi xodimlar zudlik bilan boshqaruv richaglarini «stop» (nol) holatga qо‘yishlari shart. Download 35.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling