Ma’ruza-4 Zamonaviy kompyuter tarmog’ining umumlashgan strukturasi va uning xususiyatlari. Tarmoqning xillari. Korporativ tarmoq. Aloqa operator tarmoqlari. Internet tarmog’i


Download 2.88 Mb.
bet9/11
Sana31.10.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1735519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-маъруза

Odatda uchta protokol turi alohida ta’kidlanadi: transport, tarmoq va amaliy. Protokol steklaridan foydalanishning ijobiy tomoni shun- dan iboratki, quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan beri ishlatiladigan va taniqli Ethernet, FDDI va boshqa tar- moq protokollaridir. Bu protokollarning apparat vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil qurilmalarni turli tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu tufayli qurilmalarning moslashuv imkoni hosil bo‘ladi. Yuqori bosqich protokollari xususida esa har bir stek o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga egadir va «bir protokolga – bir bosqich» tushunchasidek aniq bog‘lanish yo‘qdir, ya’ni bir pro- tokol birdaniga ikki-uch bosqichlarda ham ishlashi mumkin. 

Transport pog'onasi

Transport pog'onasi protokoli transport protokoli deb nomlanadi. U yuboruvchidan qabul qiluvchiga ma'lumotlar trasportirovkasini ta'minlab beradi va tarmoq bo'yicha ma'lumotning transportirovka uslubini aniqlab beradi.

Yuqori pog'onadan keladigan ma'lumotni taqsimlab, manzil va xizmat axborotli sarlavha berish va paket ko'rinishida tarmoqqa uzatish mazkur pog'ona uchun xosdir.

Bu pog'onada oxirgi foydalanuvchiga paketlarning to'g'ri borish tartibi nazorat qilinadi. Asosiy protokollari TCP va UDP.

TCP protokoli.

Transmission Control Protocol (TCP) Internetda ma'lumotlarni uzatishning asosiy protokollaridan biridir. Internet ma'lumotlarini uzatishni boshqarish uchun mo'ljallangan. TCP -dagi paketlar segmentlar deb ataladi.

TCP sarlavhasi

UDP protokoli

UDP (User Datagram Protocol — foydalanuvchi datagrammasi protokoli) — IP-bogʻlanish qilmasdan, tarmoq orqali maʼlumot joʻnatish transport protokoli. OSI modeli bosqichining eng oddiy protokoli hisoblanadi. TCP dan farqli ravishda u joʻnatilgan maʼlumotlarni yetib borishini taʼminlab bermaydi. UDP joʻnatilgan paketlarni yetib borgan yoki yetib bormaganligi haqidagi soʻrovni amalga oshirmaydi. Buni natijasida paketlar yoʻqolishi vujudga kelishi mumkin. UDP protokolining tezligi katta, agar bu protokolga ham TCP protokoliga oʻxshash soʻrovnoma xizmati qoʻshilsa uning tezligi katta hajmdagi maʼlumotlarni yuborish uchun yetarli boʻlmas edi. UDP protokilidagi paketlar yoʻqotilishi deyarli sezilmaydi, chunki katta hajmdagi video axborot ichidan mikro sekundlar yoʻqolganini inson koʻzi ilgʻamaydi. UDP protokoli katta hajmdagi maʼlumotlarni uzatishga moʻljallangan boʻlib , asosan togʻridan-toʻgʻri translyatsiyalarni, jonli efirlarni va katta hajmdagi video maʼlumotlarni yuborish uchun ishlatiladi.


Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling