Ma’ruza №5 Mavzu: Frezerlash dasgoxning elektr yuritmalariga qoʻyiladigan talablar va quvvat xisobi
-rasm Vertikal frezerlash stanogining elektr yuritmalarini
Download 254.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma 5
5.6-rasm Vertikal frezerlash stanogining elektr yuritmalarini
boshqarish sxemasi. Magnit kuchaytirgichning W u boshqarish cho‘lg‘amiga uzatilayotgan boshqarish U u kuchlanishi ishchi diapazonda dvigatelni burchak tezligini belgilaydi va quyidagilarni algebraik summasiga teng bo‘ladi: 1) R s – potensiometr rostlagichdan olinadigan belgilovchi kuchlanish Uz 2) YAkor zajimidagi kuchlanish bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanishning signali U o.s . 3) Tok transformatori TT va to‘g‘rilagich V p2 yordamida olinadigan tok bo‘yicha teskari musbat bog‘lanishning signali U p.t Uzatish dvigatelidagi yurituvchi tokni cheklash maqsadida RM relesi ishlatiladi. K p kontaktori ulanganda boshqarish cho‘lg‘amlaridan W u boshqarish I u toki o‘tadi va uning qiymati nominal boshqarish I nom tokidan katta bo‘ladi. Magnit kuchaytirgich “ochiladi” va dvigatelni yurituvchi toki I n =2 I nom qiymatigacha ortadi. Rele RM ishga tushadi va uzadigan kontakti bilan obmotkalardan belgilangan kuchlanishni uzadi. Natijada magnit kuchaytirgichning kirishida kuchlanish pachayadi, yakor toki esa pasayadi va RM relesi uziladi va o‘z kontaktini ulaydi. Boshqarish W u cho‘lg‘ami yangitdan U z kuchlanishiga ortadi, RM yana ishga tushadi va xokazo. Shunday qilib RM relesi siltanish rejimida dvigatel to‘la yuritilishiga qadar I n =I c gacha ishlaydi. Stolni zudlik bilan kerakli pozitsiyada o‘rnatish yoki stankoni shpindelning babkasini pozitsiyasini belgilash uchun K n “Bыstro” tugmasini ezish kerak. SHunda RP 2 relesi ulanadi va wu cho‘lg‘amiga maksimal kuchlanish I z .max beriladi. Dvigatel yuradi va burchak tezligi nominal qiymatiga yaqinlashganda RN 1 relesi ulanadi. Oqibatda qo‘zg‘atuv zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritiladi. Qo‘zg‘atuv toki pasayadi va dvigatel maksimal tezligigacha (300 rad/s) tezlashadi. YUritmani tez yurishini muddati K n “Быстро” tugmachani ushlab turish muddati bilan belgilanadi. Bosh DSH va uzatish DP dvigatellardan tashqari stanok yana kichik quvvatli qisqa tutashgan dvigatellarga ega. Ushbu dvigatellar moylash va sovitish nasoslari hamda stoni uzatish mexanizmini elektr magnit muftasini va shpindel babkasini qayta ulash uchun foydalaniladi. SHpindel babkasi, moylash va sovitish nasoslari dvigatellarini davomli o‘ta yuklanishlardan saqlash uchun taaluqli RT 1 , RTS, RTO – issiqlik relelari ishlatiladi. Nazorat savollari 1. 654 modeldagi vertikal – frezerlash stanokning shpindeli qanday quvvatli dvigatel bilan jixozlangan? 2. Stolni bo‘ylama va ko‘ndalang harakatining tezligi qanday diapazonda o‘zgaradi? 3. Harakat yo‘nalishini o‘zgartirishda qanday moslamadan foydalaniladi? 4. Stanok yuritmasining tarkibidagi o‘zgarmas tok dvigatelini vazifasi nimada? 5. Stanokning ishchi va sozlash rejimlari qaysi ketma-ketlikda va qanday elektr jixozlash ishtirokida bajariladi? 6. Boshqarish kuchlanish qaysi kuchlanishlar yig‘indisiga teng? 7. K n “Tolchok” tugmachasi yordamida qanday rejim tashkil qilinadi? Download 254.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling